Sux tuman 3-sonli IDUM-ning 10-sinf o’quvchisi “Yaponiya” mavzusida yozgan
REFERATI
M.O.T
Yaponiya
Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km. kv. Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning katta va kchik bir-birig yaqin orollarda joylashganligidir. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xansu, Xokkaydo, Kyuysu va Sikoku orollari kiradi. U yunitar davlat bo’lib, 47 prefekturaga bo’linadi.
Yaponiya, asosan, tog’li mamlakat. Hududining 75 % tog’lar egallaydi. Eng baland tog’I Fudziyama (3776m)-yapon xalqining ommaviy topinadigan – sig’inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Tekisliklari, asosan, Tinch okean sohillari bo’ylab joylashgan. Ayniqsa,Tokio qo’ltiq-bo’yidagi Kanto pasttekisligida mashhurdir. Mamlakat Mineral boyliklarga ancha kambag’al Yapniya biron-br yerosti boyliklari blan o’zini o’zi ta’minlay olmaydi. Shu bilan birga, boy dengiz, geometral, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega.
Iqlimi musson xareakterda. Qish oylari nisbatan qurg’ochil va sovuq, ammo shimoldan janubga qarabisib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o’tadi. Yog’in miqdori o’rtacha 1700 mm. dan 4000 mm. gacha tebranadi.
Yaponiyaning tabiiy sharoiti o’ziga xosdir. U kuchli tropic dovullar yo’lida joylashgani uchun bahorning erta oylarida har yili kuchli to’fon – tayfunlar bo’lib turadi. Unda tez-tez silkinishlari bo’lib turadi. Ba’zan u juda kuchli halokatli tarzda ro’y beradi.
Yaponiyaning aholisi 127,3 mln. Kishi Aholisining soni bo’yicha jahon mamlakatlari orasida skkizinchi o’rinda turadi.
Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo’lishiga qaramasdan, Osyoda birinchi bo’lib, demografik ko’rsatkichlarga ko’ra 11 tipdan 1 tipga o’ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug’ilish 10 kishiga, o’lim esa 7 kishiga to’g’ri kelmoqda yoki mamlakat aholisi yiliga o’rtacha 275 ming kishiga ko’paymoqda. Unda bolalar o’limi ko’rsatkichlari jahonda eng pstdir. Shu bilan birga aholisi o’rtacha 80 yoshdan ortiqroq umr ko’radilar. Ko’rsatkichlarga erishishda mamlakatda olib borilayotgan optimal, demografik siyosat, aholining yetuk ijtimoiy hayot tarsi. Oilani rivojlantirish yo’nalishlari, qo’lga kiritilgan yutuqlar muhim ro’y oynamoqda.
Yaponiya bir millatli davlatdir. Uning aholisining 99 % yapon millatiga mansubdir.
Yaponiyada aholining o’rtacha zichligi 1km2 maydonga 338 kishi to’g’ri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonning 10 % yashashini hisobga olsak, amalda aholiyashaydigan hududlarda bu ko’rsatkich ming kishini tashkil qiladi
Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 76 % ko’prog’I shaxarlarda yashaydi
Mamlakatda yirik shaxarlar soni 200 dan ortiq. Eng yirik shaxri mamlakatning poytaxti Tokio bo’lib, unda 30,2 mln. dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1mln. dan ortiq bo’lgan yana 6 ta shaxri bor. Mamlakatda yirik shaxarlar aglomeratsiyalari saqlanmoqda Tokio-Nagoya-Osaka yo’nalishi bo’ylab 600 km. dan ortiq masofaga cho’zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. Yirik shaxarlari, bu jumladan, 1869-yildan mamlakt poytaxti hisoblanadigan Tokio (Sharqiy poytaxt demakdir) shaxri, asosan, yangidan qurilgan. Seysmiklikdarajasi nihoyatda yuqori bo’lgan 50-60 qavatli bino-imoratlar shaxarning asosiy ko’rinishlarini tashkil qiladi.
Foydalanadigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo’lganligi sababli Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni “osmono’par” qilib qurish bilan birga, ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis-ilmiy-injenerik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo’ltiq va ko’rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to’ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda.
Yaponiya Avtobilsozlikda ulkan yutuqlarga ega.
Bundan tashqari, Yaponiya o’zining inshoatlari bilan hammani lol qoldiradi.
Ishlatilgan manbaalar
Kitob; 9-sinf geografiya kitobi
Kitob; 10-sinf geografiya kitobi
Iternet; refet.uz saytidan ayrim joylari olingan
Iternet; Telegram kanal ; Globus_MAXX
suratlari olinga
Referat yozuvchi;
Masudjonov Ozodbek Turobjon O’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |