Yapon sivilizatsiyasi Reja: Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi



Download 5,61 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi5,61 Mb.
#362334
Bog'liq
Yapon sivilizatsiyasi


Yapon sivilizatsiyasi

Reja:

1. Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi.

1. Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi.

Yaponiya orollarida mezolit va neolit davrida (m.a. VIII-I ming yilliklar) Dzyomon madaniyati tarqalgan. Bu davrda Yaponiyada yashagan ilk xalqlar protoayn xalqlari, shuningdek kelib chiqishi bo’lgan malayya-polineziyalik qabilalar bo’lgan deb taxmin qilinadi.

M.a. I ming yillikning o’rtalarida Koreyaning janubiy qismidan protoyapon qabilalarining kirib kelishi kuchaygan. Xitoy tilidagi yodgorliklarda protoyaponlar «Va odamlari» deb tilga olinadi. Ular Yaponiya janubidagi xalqlarni assimilyatsilashtirishga muvaffaq bo’lgan.

Yaponlar dunyoqarashining yetakchi belgilardan biri bo’lgan boshqa xalqlar bilan aloqalar tufayli kirib kelgan ko’nikma va bilimlarni o’zlashtirish qobiliyati juda erta shakllangan. Buni aynan shu assimilyatsilashish jarayonidan so’ng, m.a. IV-III asrlar chegarasida sug’orma sholichilik va metallga ishlov berish yuzaga kelishida ham ko’rish mumkin.

M.a. III asrdan milodiy III asrgacha bo’lgan olti asrlik davr yapon tarixshunosligida “Yayoy” (ushbu madaniyatning birinchi yodgorligi topilgan Tokiodagi kvartal nomidan olingan ) davri deb ataladi. Yayoy madaniyati sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan barqaror jamoalarning yaratilishi bilan xarakterlanadi. Temir va bronza

Yaponiyaga deyarli bir vaqtda kirib kelgan.

Davlatchilik Yaponiyada milodiy III-IV asrlarda yuzaga kelgan. Bu davrda Janubiy Kyusyu qabilalari ittifoqining markaziy Yaponiyaga bosqinchilik yurishlari sodir bo’ladi. Natijada markaziy Xonsyuda Yamato davlati shakllana boshlaydi.

Yapon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi Yamato davrining IV asrdan VI asrgacha bo’lgan davri tuzilishi va buyumlarida Koreya va Xitoyning kuchli ta’siri sezilib turadigan dafn qo’rg’onlari tufayli “qo’rg’onlar davri” (“kofun dziday”) deb ham ataladi.

Bugungi kungacha 10 mingdan ortiq qo’rg’onlar topilgan bo’lib, ehtimol ular genetik jihatdan Kyusyu orolidagi dolmenlar bilan bog’liq bo’lgan.

Shu bilan birga IV-VIII asrlar madaniyatini o’tgan davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir xususiyat mavjud.

Bu davrda suvoriylik, otda yurish san’ati bilan bog’liq o’ziga xos an’analar yapon orollariga kirib keladi.

Qo’rg’ondan topilgan buyumlar orasida qadimgi ritual san’at namunasi – xaniva sopol haykalchalar alohida ahamiyatga ega.

Qo’rg’on tipidagi inshootlarni barpo etish ajdodlarga sig’inish va Quyoshga topinish bilan bog’liq bo’lgan, bu bizgacha yetib kelgan ilk yapon yozuvi yodgorliklarida (“Kodziki”, “Nixon syoki”) ham o’z aksini topgan.

Ajdodlarga sig’inish haqiqiy yapon dini – sintoizm uchun ham,demakki, butun Yaponiya madaniyati uchun katta ahamiyatga ega.

Ajdodlarga sig’inish yapon sivilizatsiyasining tarixiy evolyutsiyajarayonida merosiylikni ta’minlaydigan yana bir qudratli harakatlantiruvchi kuchini tashkil etadi.

Davlat miqyosida ajdodlarga sig’inish hukmdor urug’ning ajdodi sanalgan Quyosh ilohasi Amaterasuga e’tiqod qilishda o’z aksini topgan.

Ilk sintoizm panteoniga o’sha davrda yapon jamiyatining ijtimoiy tuzilmasida yetakchi o’rin egallagan urug’lar ajdodlari ham kirgan.

Ulardan tashqari yaponlar mahalliy ahamiyatga ega turli tabiat ilohalariga sig’inishgan.

VI asrda “tenno”imperator hokimiyati rasmiylashtirila boshlangan Yamato davlatida mustaqillikka intiluvchi kuchlar mavjudligiga 96 qaramasdan birmuncha siyosiy barqarorlikka erishilgan. Mafkuraviy tarqoqlikka barham berish uchun Yapon hukmdorlari buddizmga murojaat etganlar. Umumdavlat mafkurasining yaratilishiga qo’shgan hissasidan tashqari buddizm ta’limoti urug’ an’analariga bog’lanmagan va shu tufayli davlat munosabatlari tizimida faoliyat ko’rsatish uchun munosibroq bo’lgan shaxsning yangi tipini shakllantirdi. Buddizmning ijobiy ahloq me’yorlarining kuchayishida ham roli katta.

Buddizmning ashaddiy muxlisi bo’lgan imperator Setoku (474-622 yy.) davrida Xitoy ta’siridan chiqishga harakat boshlangan.

Yaponiyaning yaponcha Nixon (Nippon) - “quyosh chiqadigan mamlakat” degan nomi aynan Setoku nomi bilan bog’liq. 604 yilda konfutsiylik davlatning mafkuraviy asosi qilib olinadi.

Setoku


710 yilga kelib doimiy poytaxt Naraning qurilishi yakunlangan. Taxminan 200 ming kishi istiqomat qilgan Nara o’sha vaqtda yagona shahar bo’lgan. Qishloq xo’jaligi, hunurmandchilik va ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyot darajasi shaharlarning yuzaga kelishini talab qiluvchi bosqichda emas edi. VIII asrga kelib Yaponiyada tanga zarb qilina boshlangan.

Yaponiya davlat tuzimining yana bir o’ziga xos xususiyati X asrda shakllangan harbiy-xizmatchilar tabaqasi - samuraylar edi.

Samuraylarning alohida or-nomus kodeksi mavjud edi. Samuray jangchi (busido) yo’lidan borishi kerak bo’lgan. Maxsus mashqlar yordamida u o’zini to’liq boshqarishga erishgan.

Samuray uch narsaga 97 ont ichgan: uy haqida, rafiqasi haqida va o’z hayoti haqida unutish.



Uning yagona jinoyati xo’jayiniga xiyonat bo’lgan va bunday holatda samuray o’z joniga qasd qilishi (xarakiri) lozim bo’lgan. Samuraylarning tepasida syogun turgan. XII asrdan Yaponiyani rasman imperator boshqarsa-da, haqiqiy hokimiyat syogun qo’lida bo’lgan. Yapon sivilizatsiyasining ajralgan (yakka)lik xususiyati tufayli Meydzi inqilobiga qadar deyarli o’zgarmasdan qolaverdi.
Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish