Ijodiy rivojlanish
|
San’atga doyr ayrim kasblarni bilish. Ayrim san’at janrlarini bilish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Paxta chanog’i
|
Kubiklar bilan o’yin:
Rasmlarni jamla
|
Namuna, karton,
qaychi, paxta, yelim.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Oq oltin o’stiramiz
|
Mavzu bo’yicha rasm,
AKT, paxtakor
uchun kiyim, etak,
paxta egati (yelim
tuvaklarda).
|
Nutq va til
|
Hikoya: Paxtadan
nimalar olinadi?
|
Suhbat: Paxtakorlar
mehnati
|
Mavzuga oid rasmlar,
paxta mahsulotlari
(sovun, yog’, mato, ip).
|
Fan va tabiat
|
«Paxtadan nimalar olinadi?» tailimiy o’yin
|
Paxta novdasi,
paxtadan olinadigan
mahsulotlar rasmi.
|
San’at markazi
|
|
Yasash: Hosilni
teramiz
|
Applikatsiya:
Paxta chanog’i
|
Namuna va kantselyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
TO’RTINCHI HAFTA
«O’ZBEKISTONNING OQ OLTINI»
Maqsad: bolalar namuna asosida quradilar,
Matoning shakli va bo’laklar sonini biladilar, yil fasllari va ulardagi o’zgarishlarni tahlil qila oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mato, karton, qaychi, paxta, yelim, namuna, rangli qog’oz, yil fasllari aks yettirilgan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Paxta chanog’i rasmini tomosha qilish.
2. «Qachon bo’ladi?» ta’limiy o’yin.
3. Namuna va ko’rgazmalarni ko’rish.
4. Amaliy ish.
5. Ishlar tahlili, rag’batlantirish.
Qo’shimcha: «Paxta» she’rini o’kish.
E’tiborga molik jihati: mustaqil ravishda
vazifani bajara olish qobiliyatlarini shakllantirish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Rasmlarni jamla
Maqsad: bolalar kubiklardan rasmlar yig’adilar, fazoda mo’ljal oladilar: o’ngga, chapga, oldiga, orqaga tushunchalarini farqlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: kubik,
qirqilgan rasm, o’yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Kubiklardan qaysi rasmni yig’ishni
tushuntirish.
3. Mustaqil ish.
4. «Qayerga borasan, nima topasan»
ta’limiy o’yin (bolalarga komanda berish: chap
tomonga bor va u yerda ... topasan, o’ngga, oldinga, orqaga....).
Qo’shimcha: pazllar bilan o’yinlar, qirqilgan
rasmlar.
E’tiborga molik jihati: bolalar idroki,
aqliy faoliyat va qo’lmayda motorikasini
rivojlantirish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Oq oltin o’stiramiz»
Maqsad: bolalar paxta qanday o’stirilishi,
paxtadan nimalar olinishi haqida tasavvurga ega bo’ladilar, paxtakorlar kasbi haqida aytib bera oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga oid
rasm, AKT, «Paxtakorlar dalada» mavzusida rasm.
Faoliyatning borishi:
1. Suhbat: Paxta - Uzbekistonimiz oq
oltini.
2. Rasmlarni tomosha qilish.
3. «Paxtadan nimalar olinadi?» ta’limiy
o’yin.
4. Q.Hikmatning «Paxta» she’rini o’qish.
5. Rollar taqsimoti.
6. Ijro, rag’batlantirish.
Qo’shimcha: mavzu asosida rasmlar ko’rish. Bolalar uchun mustaqil o’yin: «Paxta hosilini teramiz».
E’tiborga molik jihati: jamoada o’ynash,
rolni to’g’ri ijro etish.
Til va nutq markazi
Hikoya: Paxtadan nimalar olinadi?
Maqsad: bolalar paxtaning qanday o’sishi, uning xususiyatlari va paxtadan nimalar tayyorlanishini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga oid
rasmlar, paxtadan olinadigan mahsulotlar paxta, yog’, mato, v.h.
Faoliyatning borishi:
1. K.Hikmatning «Paxta» she’rini o’qish.
2. Paxtakorlar mehnati haqida suhbat.
3. Rasmni tomosha qilish: Paxtadan nimalar
olinadi?
4. Tajribalar: Paxta matolarining sifat
va xususiyatlari.
Qo’shimcha: «Nima nimadan olinadi?» ta’limiy o’yin, mavzuga oid adabiyotlardan namunalar o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: