E’tiborga molik jihati: yelimni ehtiyot
bo’lib ishlatish ko’nikmasi, barmoqlar mayda
motorikasini rivojlantirish, tasavvurni
boyitish, mustaqillik, faollikni tarbiyalash.
San’at markazi
Rasm: «Gullayotgan daraxt»
Maqsad: bolalar gullayotgan daraxt haqida
biladilar, daraxt rasmini chizadilar, paxta
tayoqchalari yordamida gullarni tasvirlaydilar,
ranglarni biladilar, mustaqil ishlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog’oz varag’i,
bo’yoqlar, paxta tayoqchalari, suvli bankalar,
salfetkalar, illyustratsiya - gullayotgan daraxt.
Faoliyatning borishi:
1. Gullayotgan daraxtni tomosha qilish.
2. She’rni o’qish:
Olcha gullashi bilan
Bol ari etib keldi.
Uning niyati bitta -
Ko’proq asal yig’ishda.
3. Rasm chizishning yangi usullari bilan
tanishish.
4. Amaliy ish faoliyati.
5. Bolalar ijod namunalari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha: bahorda tabiatda sodir bo’ladigan
o’zgarishlarni kuzatish. Gullagan mevali
daraxtlar nomini bilish, gullarining rangi,
isiga ko’ra farqlashga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |