Ijodiy rivojlanish
|
Ba’zi musiqa asboblarining sadosini ajrata olish, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tusha olish, syujetga oid rasm, personajlar va predmetlar tasvirini chizish malakalarini yanada rivojlantirish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Geometrik
figuralar. Fazoda
mo’ljal olish. 5 gacha
sanash
|
Onam uchun mebel
|
Geometrik shakl, raqamli
kartochka, lego, kubiklar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Mening oilam
|
O’yinchoq, qo’g’irchoq, mebel,
idish-tovoqlar.
|
Nutq va til
|
«Bahor keldi»
syujetli rasmi
asosida hikoya tuzish
|
L. Kasimovaning «Ona
haqida» hikoyasini tinglash
|
AKT, syujetli rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Tomchining sayohati
|
Suv, suv uchun idish, tosh,
rangli qog’ozlar.
|
San’at markazi
|
Loy ishi:
|
Applikatsiya: Onam
uchun yozuv kitobchasi
|
Rasm: Chiroyli
salfetkalar
|
Namuna, kantselyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
MART. BIRINCHI HAFTA
«ONAJONLAR KUNI»
Qurish, yasash va matematika markazi
Geometrik shakllar. Fazoda mo’ljal olish.
5 gacha sanash.
Maqsad: bolalar geometrik shakllarning nom-
lari: aylana, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, oval,
uchburchakni biladilar , chap, o’ng, oldinga, orqada yo’nalishlarida mo’ljal oladilar, og’zaki 5 gacha sanaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: geometrik
shakllar: uchburchak, aylana, to’g’ri to’rtburchak, oval, kvadrat, tarkatma material, sonli kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Geometrik shakllar haqida topishmoqlar.
2. Diqqatga oid ta’limiy o’yin: o’ng qo’l
bilan burunga tegish, chap qo’l bilan chap quloqni ushlash, o’ng (chap) oyoq bilan topillatish, qo’llarni (avval o’ng, so’ng chap qo’lni tepaga ko’tarish
3. Tarqatma material bilan ishlash.
4. 5 sonini namoyish etgan holda 5 sonigacha
og’zaki sanash.
Qo’shimcha: turli yo’nalishlarda mustaqil
harakatlanish.
E’tiborga molik jihati: harakatlarni aniq
bajarish.
Qurish, yasash va matematika markazi
Yasash: Onam uchun mebel
Maqsad: bolalar atrofda o’rab turgan predmetlar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularning qo’llanilishi, o’ziga xosligini biladilar, asosiy qismlarini ajratadilar, konstruktor detallarini nomlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qurilish
to’plami, konstruktor.
Faoliyatning borishi:
1. «Nima etishmayapti?» ta’limiy o’yini.
2. Mebel namunalarini ko’zdan kechirish
(kreslo, divan), detallarni aniqlash.
3. Mustaqil ish.
4. Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: «Mebel do’konida» syujetli-rolli
o’yini.
E’tiborga molik jihati: harakatlar
koordinatsiyasini rivojlantirish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Mening oilam» syujetli-rolli o’yini
Maqsad: bolalar uy ishlarini jamoaviy tarzda
yuritish, o’zaro oilaviy munosabatlar, birgalikda hordiq chiqarishga bo’lgan qiziqishni namoyon etadilar, oila a’zolariga mehribonlik bilan munosabatda bo’ladilar, ularning faoliyatlarini qizikishni namoyon eta oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: oila a’zolarining turli yumushlari bilan shug’ullanayotganligi tasvirlangan rasm, o’yinchoq, qo’g’irchoq, mebel, idish-tovoq, anjomlar.
Faoliyatning borishi:
1. Oila haqida suhbat.
2. Ixtiyoriy tarzda rollarni taqsimlash.
3. «Oila» mavzusiga doyr she’r yodlash.
4. Syujet o’zgarganda ko’maklashish.
Qo’shimcha: oilaviy fotoalbomni ko’zdan
kechirish.
Do'stlaringiz bilan baham: