E’tiborga molik jihati: ishni bajarishda
tartib va aniqlikka e’tibor berish.
San’at markazi
«Quvnoq qo’g’irchoqlar»
Maqsad: bolalarda ranglarni bilish malakasi
tarbiyalanadi, tayyor namunalarni belgilangan
chiziq, nuqtalar va boshqa naqsh elementlarini
qo’llab mustaqil holda bezash malakasi
shakllanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: qo’g’irchoqning qog’ozdan tayyorlangan andozasi, qora rangli qalam, bo’yoq, mo’yqalam, har bir bolaga sochiqchalar.
Faoliyatning borishi:
1. «Sening sevimli o’yinchog’ing» mavzusida
suhbat tashkil etish.
2. Turli qo’g’irchoqlarni tomosha qilish.
3. «Tana qismlarini ayt» ta’limiy o’yini.
4. Bolalarning mustaqil faoliyati.
5. Ish yakuni va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: qo’g’irchoqlar haqidagi she’r va
qo’shiqlarni aytish taklifini berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |