Kerakli jihoz va materiallar: turli shakl-
dagi guldon, gubka, guash, mo’yqalam, ishlardan
namuna, guldonlar tasvirlangan turli rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida rasmlarni ko’rib chiqish.
Kerakli jihozlar haqida suhbat.
2. «Topchi, qanday guldon» ta’limiy o’yini.
Tarbiyachi guldon yasash mumkin bo’lgan turli
materiallarni nomini aytadi. Bolalar esa
qanday guldon ekanligini nomlaydilar (shishadan yasalgan guldon - shisha guldon). «Guldonni yig’» ta’limiy o’yini (kesma rasmlardan).
3. Gubka yordamida rasm chizish.
4. Berilgan vazifalarni bajarish.
5. Bolalar ishlari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha: lug’at ustida ish: shisha, loyli, chinni.
Do'stlaringiz bilan baham: |