«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

DONISHMAND USTOZ
Abu  Ali  ibn  Sinoning  qo‘lida  ta’lim  olish,  unga  shogird 
bo‘lish  benazir  sharaf  sanalardi.  Kunlardan  bir  kun  ikki 
ota  —  biri  katta  boy,  ikkinchisi  kambag‘al  odam  o‘g‘illa-
rini  Abu  Ali  ibn  Sinoga  shogirdlikka  bermoqchi  bo‘lishdi.
—  Ey,  ulug‘  tabib,  huzuringizga  bolalarimizni  olib 
keldik.  Ularni  tarbiyangizga  olib,  shogirdlikka  qabul  qil-
sangiz.  Zora,  sizga  o‘xshab  tabib  bo‘lib  yetishsalar,  — 
deyishibdi.
Ibn  Sino  rozilik  bildirib,  ularni  sinab  ко‘rib,  shogird-
likka  olishini  aytibdi.  Ibn  Sino,  odatda,  kim  shogird 
tushmoqchi  bo‘lsa,  oldin  sinovdan  o‘tkazar,  so‘ng  tabib-
lik  ilmini  o‘rgatar  edi.
—  Bolalarim,  —  dedi  ulug‘  hakim  kelgan  yigitchalarga 
qarab.  —  Tog‘-u  toshlarni  kezing,  cho‘l-u  biyobonlar  ora-
lang.  Har  biringiz  ming  donadan  o‘t-giyoh  terib  kelingiz...
http://eduportal.uz


51
Ibn  Sino  shunday  dedi-da,  har  birining  qo‘liga  xal-
ta  tutqazdi.  Oradan  bir  necha  kun  o‘tdi.  Bolalardan  biri 
kelib,  yig‘gan  giyohlarini  Abu  Ali  ibn  Sinoning  oldiga 
to‘kdi.  Hammasi  shifobaxsh  giyohlar  edi.  Buni  ko‘rgan 
Abu  Ali  ibn  Sino  quvonib  so‘radi:
—  Barakalla,  o‘g‘lim,  eng  sara  giyohlarni  teribsan. 
Endi  bir  savolimga  javob  bersang.  Qani,  ayt-chi,  oyoq 
qabarishiga  nima  davo  bo‘ladi?
—  Mening  tabiblikdan  xabarim  yo‘q,  —  debdi  bola. 
—  Sizga  endi  shogird  tushdim-ku.
Ibn  Sino:  «Shu  o‘n  kun  orasida  nabotot  ichida  yu-
rib,  tabiblikdan  alifni  o‘rganmabsanmi,  sendan  tabib 
emas,  olibsotar  chiqadi»,  debdi  ko‘nglida.  So‘ng  ovozini 
chiqarib:
—  Senga  javob,  o‘g‘lim,  ketaver.  Borib  olibsotarga 
shogird  bo‘l,  —  dedi.
http://eduportal.uz


52
Oradan  bir  kun  o‘tgach,  kambag‘al  kishining  o‘g‘li 
kelib,  to‘plagan  o‘tlarini  hakimning  oyog‘i  ostiga  to‘kdi. 
Ibn  Sino  juda  xursand  bo‘lib:
—  Barakalla,  bo‘tam,  qani,  menga  ayt-chi,  oyoq  qa-
barganiga  nima  davo  bo‘ladi?  —  deb  so‘radi.
—  Yovvoyi  rayhon  yoxud  yalpizni  suvda  ivitib,  ozgina 
toshtuzdan  qo‘shib,  yuvish  kerak,  —  javob  qildi  bola.
—  Cho‘l-u  biyobonda  qolding-u,  suv  topolmading 
deylik,  chanqoqlikni  nima  bilan  qondirish  mumkin?  — 
yana  savolga  tutdi  Abu  Ali  ibn  Sino  bolani.
—  Yantoqning  suvi  chanqoqni  qondiradi  ham  dar-
mon  bo‘ladi,  —  dadil  javob  berdi  bola.
—  Rahmat,  o‘g‘lim,  sen  endi  menga  shogirdgina 
emas,  farzand  ham  bo‘lding!
1. Ibn  Sino  shogirdlarini  qanday  sinab  ko‘radi?
2. U  kambag‘al  kishining  o‘g‘lini  nima  uchun  shogirdlik-
ka  oladi?

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish