«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

42
II
O‘sha  kuni  tushimda  rasm  daftarimdagi  jiyronga 
jon  kirib,  daftardan  tushgan  emish.  Men  juda  suyu-
nib  ketibman-da,  singlimning  arqonchasi  bilan  jiyronni 
bo‘ynidan  bog‘lab  olibman.  Jiyron  tipirchilab,  gijinglab 
kishnar,  burnidan  qaynab  turgan  samovar  bug‘idek  is-
siq  nafas  chiqardi. 
Jiyronga  minmoqchi  bo‘ldim.  Yoniga  kelsam,  tish-
lamoqchi  bo‘ladi.  Yana  bir  tirmashgan  edim,  bo‘yim 
yetmadi.  Uni  yetaklab  hovuz  bo‘yiga  olib  bordim-da, 
yog‘och  karavotda  turib,  qashqaga  sakrab  minib  oldim. 
U  shataloq  otganday  depsindi.
—  Qashqa,  chu!  —  degandim  osmonga  irg‘ib  meni 
ustidan  qulatmoqchi  bo‘ldi.  Shunday  bo‘lsa  ham  arqon-
ni  qo‘yib  yubormadim.
—  Qashqa,  chu!  —  dedim  yana.  Ot  yurmadi.  Nima 
qilish  kerak?  Shunda  buvamdan  eshitganlarim  esimga 
tushdi.  «Jonivor  tilga  tushunadi,  faqat  unga  odamdek 
mehr  qo‘yish  kerak»,  —  degan  edilar. 
Men  buvam  aytganlaridek,  silab-siypab  qashqaga:
—  Qashqajon,  nega  unday  qilasan?  —  deb  bo‘yni-
dan  quchdim.  —  Qishloqni  bir  aylanib  kelaylik,  keyin 
beda,  suv,  yem  beraman…
Qashqa  bir  kishnadi-da,  tilga  kirib:
—  Sen  bergan  ovqatni  yemayman,  —  dedi.
—  Nega?  —  deb  so‘radim  hayron  bo‘lib.
—  Ustimga  seni  mindirib  bir  qadam  ham  yurmay-
man,  —  dedi  yana.  —  Hozir  tush,  bo‘lmasa,  itqitib 
tashlayman!
—  Nega  endi,  seni  xafa  qilganim  yo‘q-ku?!
http://eduportal.uz


43
—  Men  sening  jiyroning  emasman.  Meni  adang 
chizgan,  —  deb  jiyron  yana  rasm  daftarimda  bo‘lib 
qoldi.  Men  muzdek  bo‘lib  ketdim.  Jiyron  bo‘lsa  oldingi 
oyoqlari  bilan  Munira  opa  qo‘ygan  «5»  bahoni  depsab, 
daftardan  o‘chira  boshladi.  U  taqasi  bilan  «5»  bahoni 
o‘chirib  bo‘lgach:
—  «5»  bahoni  qo‘yib  olsang  yoki  yonimga  yaqin-
lashsang,  endi  ayamay  tepaman,  —  dedi-da,  jonsiz 
bo‘lib  qoldi.  Men  ot  tepgandek  yig‘lab  yubordim. 
Ko‘zimni  ochganimda:
—  Sobirjon,  ho  Sobirjon,  nega  yig‘layapsan?  Yo-
mon  tush  ko‘rdingmi?  —  dedi  oyim.  O‘rnimdan  tu-
rib  qarasam  quyosh  chiqib,  hamma  yoq  yorishib  ke-
tibdi.  O‘pkam  to‘lgan,  yuragim  tipirchilar,  allaqayerim 
achishayotgandek  tuyulardi.  Nonushtaga  oyim  qo‘yar-
da  qo‘ymay  bir  piyola  oq  choy  qilib  berdilar.  Bir  burda 
non  bilan  o‘sha  choyni  ichib,  maktabga  jo‘nadim.
Kechga  qolibman.  Sinf  eshigini  ochib: 
—  Mumkinmi?  —  degan  edim,  hamma  o‘rtoqlarim 
menga  bir  qarashdi-yu,  yana  kitoblarini  o‘qiyverishdi. 
Ular  qo‘llarini  bigiz  qilib:  «Ana,  Sobir  maqtanchoq  kel-
di»,  —  deb  ko‘rsatisha yotgandek  tuyuldi  menga.
O‘qituvchimiz:
—  Nega  kechga  qolding?  —  deb  so‘ragan  edi, 
men  yig‘lab  yubordim. 
—  Nega  yig‘layapsan?  —  deb  hayron  bo‘lib  so‘radi 
Munira  opa.
—  Opa,  men  maqtanchoq  emasman,  meni  kechi-
ring.  Hm…  Kecha  men  sizni  aldadim. 
—  Nega  meni  aldaysan,  qachon,  nima  gap  o‘zi?  — 
dedi  Munira  opa  yana. 
http://eduportal.uz


44
—  Kechagi  jiyron  toy  rasmini  o‘zim  emas,  dadam  chiz-
gan  edilar.  Menga  qo‘ygan  «5»ni  o‘chirib  qo‘ying.  Innay-
keyin,  Avazga  ayting,  meni  «Sobir  maqtanchoq»  demasin.
Bolalar  hayron  bo‘lib  menga  qarab  turishardi.
—  Ha…  endi  tushundim.  «Besh  oldim»,  deb  o‘rtoqla-
ringga  maqtanganmiding?  Shuni  bilib  qoy,  Sobirjon:  sen  ke-
chagi  ishing  bilan  meni  emas,  o‘rtoqlaringni  emas,  o‘zingni 
aldading.  Bizni  esa,  hurmat  qilmading.  Men  «5»ni  o‘chirib 
qo‘yaman.  Keyin  seni  hech  kim  maqtanchoq  demaydi.
Men  boshimni  liqillatdim.  O‘rtoqlarim  menga  qarab 
jilmayib  qo‘yishdi. 
1. Darsga  kechikkan  Sobirning  yig‘lab  yuborishiga  nima  sa-
bab  bo‘ldi?
2. O‘qituvchi  unga:  «Sen  kechagi  ishing  bilan  meni  emas, 
o‘rtoqlaringni  emas,  o‘zingni  aldading»  deganida  nimani 
nazarda  tutadi?
3. Hikoya  mazmuni  asosida  uyda  «Maqtanchoqlikning  oqiba-
ti»  mavzusida  insho  yozing.

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish