22
QOVUN SAYLI
Shukur Sa’dulla
I
Tog‘am har safar:
— Qovun poliziga boringlar, handalak so‘yib bera -
man! — derdi. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib
kelardi. Biram hidi yaxshi bo‘lardiki, kun bo‘yi qo‘yni-
mizga solib, hidlab yurardik. Koptokka o‘xshash bejirim,
serto‘r edi.
Bir kuni u mashinada keldi-da:
— Bo‘linglar, qovun polizga boramiz! — dedi.
Men, Hasan, Husan, Fotima, Zuhralar mashinaga
chi qib oldik. Paxtazorlarni yoqalab o‘tib, cho‘lga chiq-
dik. Shunday cho‘lga chiqishimiz bilan qovun poliziga
kirdik. Biram katta dalaki, u yog‘ini ko‘rib bo‘lmaydi.
Uzun-uzun pushtalarda katta-katta olachipor tarvuzlar
dumalab yotibdi. Ko‘m-ko‘k palaklar ichida sarg‘ayib
qovunlar ko‘rinadi. Biram ko‘pki!
Poliz oralab bejirim chaylaga kirdik. Ichi salqin
ekan. Tog‘am dasturxon yozdilar. Hasan choydishga o‘t
yoqqani o‘choq boshiga chiqdi.
Chaylada yangi uzilgan umrboqi, ko‘kalapish, do-
niyor qovunlar, qo‘zivoy tarvuzlar dumalab yotibdi.
Tog‘am qovunlarni chertib ko‘rdi-da, sarasini tanlab
so‘ydi. Birpasda katta «kosa» qilib, oldimizga qo‘ydi.
Bir karjini olib og‘zimga solsam bormi — shundoq-
qina eridi-ketdi, biram shirin ekanki, tilni yoray deydi.
Bir kosasini paqqos tushirdim-da, bir burda non bilan
shirin sharbat suvini qirib ichdim. Kech bo‘ldi. Oy chiq-
di. Cho‘l osmonini tomosha qilib yotdik.
http://eduportal.uz
23
— Quloq solinglar! — dedi tog‘am. «Chirt-chirt» et-
gan allaqanday ovoz eshitildi. Bo‘y cho‘zib qaradim, bi-
rov qovunlarni uzayotganga o‘xshadi...
— Qovunlar dum beryapti, — dedi tog‘am turib.
Keyin dum bergan qovunlarni ko‘tarib chiqdi. Bora-bora
tun salqini tushdi. Chirillagan ovoz polizni tutdi.
— Ertaga qovun uzamiz, yordamlashasizlar! — dedi
tog‘am. Qachon tong otar ekan, deb osmonga tikilib
yotdik...
— Qani, tura qolinglar, choy sovib qoldi, — dedi
tog‘am.
Ko‘zimizni ochsak, tong otib qolibdi. Tog‘am choy-
non qo‘yibdi. Tez yuvindig-u choy ichdik, non yedik.
— Qani, azamatlar, qovunlarni yig‘inglar! — dedi
tog‘am.
1. Qovunlar dum berayotganda nima uchun tovush chiqaradi?
2. Matnda tilga olingan qovun navlarini daftaringizga
yozing.
II
Bir vaqt yo‘lni changitib, qatoriga uch mashina kel-
di. Ularda ancha amakilar bor ekan.
— Hosilga baraka! — deb qichqirishdi ular bizlar-
ni ko‘rib. Keyin yaqin kelib, hayron qolishdi. Yengimni
shimarib — men, paykalda Hasan, Husan, uchalamiz
zaptiga olib, atayin katta-katta qovunlarni inqillab poliz-
dan ko‘tarib chiqdik.
— E-ha, qaysi ilg‘orlar desam, azamat bolalarimiz
ekan-ku, hormanglar! — dedi kelganlarning eng kattasi.
— Bor bo‘linglar! — dedik.
http://eduportal.uz
24
Qarasak, rais bobo. O‘zini katta olmay, kelib qo‘li-
mizni siqib ko‘rishdi.
— Qovun sayliga keldik. Qani, mehmon qilinglar! —
dedi u.
— O‘zingiz tanlang, rais bobo! Qovun saylida har
kim o‘zi tanlab yeydi, — dedim tog‘amdan eshitgan
gapni takrorlab. Rais va sheriklari ma’noli kuldi:
— Xo‘p-xo‘p. Ma’qul gap. Qani, yigitlar, qovun tan-
lang!
Rais va sheriklari bittadan serto‘r, og‘ir qovun
tanlab, chaylaga kirishdi. Yonlaridan pichoq olib, qo-
vunlarni birma-bir so‘yib yeya boshlashdi.
— Mening qovunim shirin, — dedi rais.
— Garov o‘ynaymiz, — dedi Ali polvon bir tilim qo-
vunni bir tishlashda simirib yeb.
Rais unga bir tilim qovun tutdi.
— Xo‘sh, qalay ekan, — dedi rais uning qovunini
tatigan Ali polvonga.
http://eduportal.uz
25
— Meniki shirin, — dedi Ali polvon.
— Tushingizni suvga ayting, — dedi rais o‘zining
qovunini maqtab.
— Qovun emas, asal-ku bu!
Boshqalar qo‘shilib, bahs qizib ketdi.
— Qani, bolam, beri kel, — dedi rais, — tatib ko‘r-
chi, kimniki shirin ekan. Sen nima desang — shu!
Hasan tatib ko‘rdi, Husan tatib ko‘rdi, men tatib
ko‘rdim:
— Ikkovingizniki ham bir-biridan qolishmaydi.
— Ah, — dedi rais tizzasiga urib va qah-qah urib
kulib yubordi. — Obbo sizlar-ey...
Raisga qo‘shilib boshqalar ham kulishdi, maqtashdi.
— Hoy, toshkentlik bola, bizda qolaqol, shu polizga
seni katta qilib qo‘yaman! — dedi rais hazillashib.
— Katta bo‘lay, sizning o‘rningizni olaman! — deb
men ham hazillashdim.
Hamma qotib-qotib kuldi.
— Obbo azamatlar-ey... Xo‘p, xo‘p. Biz qarib qol-
yapmiz. Tezroq ulg‘ay, jiyan, — dedi rais. Keyin ilova
qildi: — Qani, qovunlarni ortinglar!
Qovun-tarvuzlarni mashinalarga ortdik.
1. Hikoya nima uchun «Qovun sayli» deb nomlangan?
2. Qovun sayli qachon bo‘ladi?
3. Qovunlarning qanday turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |