Tukdan parda yuzida,
Pishar o‘lkam kuzida.
Xushbo‘y hidi, tillarang,
Ko‘ngil uchun bir qarang.
http://eduportal.uz
21
KUZ KO‘RINISHLARI
Habib Rahmat
Saratonning tafti yo‘q,
Quyosh botar olisdan.
Ajib bir is taralar
Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,
Mevalardan tomar bol.
Dalalarga bir qarang,
Oq gullardan chamanzor.
Sumbulaning suvlari
Shishadan ham tiniqroq.
Uchib borar turnalar,
Ko‘kda solib arg‘imchoq.
Yig‘im-terim avjida,
Bir dam qolmas to‘xtalib.
Hademay qish yo‘rg‘alar
Oq ko‘rpasin ko‘tarib.
Kuzning qozoni quyuq qaynaydi.
1. She’rni o‘qing. Matndan kuz manzaralariga oid sifatlash-
larni toping.
2. She’rdagi «Hademay qish yo‘rg‘alar, oq ko‘rpasin
ko‘tarib» misralarida nimaga ishora qilingan?
http://eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |