«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

YAXSHI NIYAT
Habib Rahmat
Bir  kun  oʻgʻlim  soʻrab  qoldi:
—  Bobolarim  boʻlganmi?
Bor  boʻlsalar  qani  ular,
Elga  xizmat  qilganmi?
Nе  dеyishga  qoldim  hayron,
Boʻlmasdi  shu  turishda:
—  Katta  bobong  shahid  boʻlgan 
Tengsiz  jangda,  urushda!
«Urush»  soʻzin  eshitdi-yu,
Oʻgʻlim  birdan  oʻzgardi.
Koʻzlarida  gʻazab  chaqnab
Bir  nimalar  soʻzlardi.
—  Urush  muncha  yomon  ekan,
Oʻylab  topgan  kim  buni? 
Yalmogʻizdan  battar  ekan 
Odam,  olam  dushmani.
Mеhr  bilan  tikildim  shod 
Shu  murgʻak  polaponga. 
Hayajondan  oʻgʻilchamni
Dast  koʻtardim  osmonga.
http://eduportal.uz


145
—  Sеning  jajji  yuragingda
Olam  orzu  ovozi. 
Yaxshi  niyat  oʻlmaydi  hеch
Yuksak  boʻlur  parvozi.
Oʻgʻlim  xursand  soʻzlar  shodon: 
—  Yaxshi  niyat  oʻlmaydi!
Yashasin-ay, 
Yashasin-ay, 
Endi  urush  boʻlmaydi!
1. Shoir  «yaxshi  niyat»  deganida  nimani  nazarda  tutadi?
2. Jahon  xalqlarining  ezgu  niyati  nima  deb  o‘ylaysiz?
SHOIRA
Hakim Nazir
Shoiraning  darsxonasida...  chetlariga  alvon  hoshiya 
tortig‘liq  sariq  qog‘ozlar  osib  qo‘yilgan.  Bular  maqtov 
yorliqlari.
Nima  bo‘ldi-yu,  keyingi  paytda  Shoiraning  bahosi  sal 
pasaydi.  Oyi si  Habiba  opa  bundan  tashvishga  tushdi. 
Oldinlari  ham  u  qizi ning  o‘qishini  ko‘p  o‘ylar,  maktab-
dan  tez-tez  xabar  olar,  qizim  darsiga  qaray  qolsin  deb, 
uy  yumushlariga  ko‘pda  alahsitmasdi.  Shoira  ikki  fandan 
uch,  to‘rt  baho  olib  kelgan  kuni  Habiba  opa  unga  dedi:
—  Endi,  qizim,  hamma  ishdan  butkul  ozodsan. 
Maktabdan  tashqari  vaqtlar  u  yoq-bu  yoqqa  borishni 
ham  qo‘y.  Faqat  dar singga  qara. 
Shoiraning  dami  ichiga  tushdi.  Qutbinikiga  qandoq 
qilib  borishni  o‘yladi.  «Ha,  bo‘ldi,  oyim  yo‘g‘ida  bora-
man»,  —  dedi  ichida.  Ertasiga  o‘qishdan  keyin,  oyisi 
ishdaligida  Qutbinikiga  borib  keldi.  Indiniga  ham  shun-
day  qildi.  Ammo  tezda  bu  sir  ochildi.
http://eduportal.uz


146
Habiba  opa  bir  kuni  nima  ham  bo‘lib  fabrikadan  erta 
qaytdi.  Qarasa,  eshik  qulf.  Yon  qo‘shnilardan  so‘rasa,  bi-
lishmadi.  Balki  Qutbinikiga  ketdimikin?  Qutbiniki  qayerda?
Habiba  opa  aniq  bilmasdi.  Avval  maktabga  borib, 
Qutbilar  turadigan  yangi  uy  manzilini  aniqlab  oldi-da, 
qo‘shni  binoga  qarab  ketdi.  Qutbilarning  uyini  top-
di.  Eshikdan  kirarkan,  hang-u  mang  bo‘lib  qoldi:  egni-
da  fartuk  tutgan  Shoira  terlab-pishib  kir  chayib  turib-
di.  Qutbi  kirlarni  ayvondagi  arg‘amchiga  yoyyapti,  bir 
to‘da  bolalar  esa  katta  xonada  chug‘urchiqday  g‘ujg‘on 
o‘ynayapti...
Habiba  opa  birpas  baqraygancha  qarab  qolgach:
—  Voy,  uyni  yolg‘iz  tashlab  bu  yoqda...  nima 
qilyap san?  —  dedi  Shoiraga.
Shoira  bir  zum  dong  qotib  turdi,  keyin  oyisiga  yer 
tagidan  qarab:
—  Siz...  ishdan  qaytguncha...  —  dedi-yu,  u  yog‘ini 
aytolmadi.
Shu  chog‘  Habiba  opaning  ko‘zi  ro‘paradagi  xonada 
cho‘zilib  yotgan  kampirga  tushdi,  unga  yaqinlashib  sa-
lomlashdi.  Afti  burishgan-qurishgan  kampir  arang  qaddi-
ni  ko‘tarib  o‘tirdi-da,  inqillagan  ovozda:
—  Iloyo  baraka  topsin,  qizingiz.  Chaqqongina-lochin-
gina  ekan.  O‘rtog‘iga  mehribonlik  qilib,  og‘irimizni  yen-
gillatyapti.  Umri  uzoq  bo‘lsin.  Siz  ham  maqsadingizga 
ye ting,  bolalaringizning  rohatini  ko‘ring,  —  deb  qaltira-
gan  qo‘llarini  yuziga  surtdi.
Habiba  opa  hech  narsa  tushunolmasayam  hayronli-
gini  yashirdi,  kampirdan  hol-ahvol  so‘radi.  Kampir  ko‘ngli 
bo‘shashib,  hasratga  tushdi:  u  yaqinda  kelinidan  ajralib, 
beshta  go‘dak  nevaralar  bilan  qolibdi,  g‘amdan  o‘zini  ol-
dirib  qo‘yibdi.  O‘g‘li  esa  ko‘proq  safarda  yurarkan. 
http://eduportal.uz


147
Habiba  opa  ahvolni  tushungandan  keyin  kampirni 
yupatgan  bo‘ldi:
—  Ko‘p  g‘am  yemang,  buvijon.  Birovning  boshiga 
tashvish  tushganda  qarab  turib  bo‘ladimi?!
Kutilmaganda  u  qizining  yelkasini  silab,  dedi:
—  Xafa  bo‘lma,  jon  qizim.  O‘rtog‘ingga  qarashsang 
qarashgin-u,  faqat  darslardan  orqada  qolasanmi,  deb 
qo‘rqaman-da!
—  Sira  qo‘rqmang,  oyijon!  —  dedi  chehrasi  ochilib 
Shoira  va  oyisini  quchoqlab  o‘pdi.
1. Shoira  nima  uchun  o‘rtog‘inikiga  borib,  uy  ishlariga  yor-
dam  berishini  oyisidan  yashirdi?
2. Shoiraning  qaysi  fazilati  sizga  yoqdi?  Hikoyadan  Shoiraning 
fazilatlari  tasvirlangan  o‘rinlarni  topib  o‘qing.

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish