«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

ASKAR QAYTGAN KUN
 Safar Barnoyev
Sarvi  xolaning  o‘g‘li  urushdan  keldi-yu,  biz  u  bilan 
o‘ralashib  qoldik.  Xolaning  o‘g‘li  Qurbon  aka  urushdan 
ikki  oyoqsiz  qaytdi.  Kelgan  kuni  xolaning  uyida  tantana 
bo‘ldi.  Mahalladagilar  topgan-tutganlarini  xolanikiga  olib 
chiqishdi.  Biz  uch-to‘rt  kungacha  Qurbon  akaga  yaqin-
http://eduportal.uz


141
lasha  olmadik.  Uzoqdan  ko‘rib  yurdik.  Kelib-ketguvchi-
larning  oyog‘i  tingach,  bizga  navbat  keldi.
Xola  o‘g‘lini  qo‘ygani  joy  topolmasdi.  Qurbon  aka 
oyog‘i  yo‘qligini  sezdirmaslik  uchun  kelgan-ketganlar  ol-
dida  qornigacha  ko‘rpacha  tortib  o‘tirardi.  Uning  ikki 
oyog‘i  yo‘q  edi.  Bomba  ostida  qolibdi.
Qurbon  aka  bilan  til  topishdik.  U  bizga  o‘z 
o‘rtog‘iday  muomala  qilar,  bizni  birpas  ko‘rmasa,  xola 
orqali  chaqirtirardi.
Qurbon  akani  ba’zida  savolga  tutamiz.
—  Urushda  bizdaqa  bolalar  ham  bo‘ldimi?
—  Siz  nechta  dushmanni  o‘ldirdingiz?
—  O‘q  tegmaydigan  kiyim  berishmadimi?
—  Siz  o‘qdan  qo‘rqmadingizmi?
—  O‘q  tegsa  odam  o‘ladimi?
Har  kim  istagan  savolini  beradi.  Javobini  kutadi. 
Ammo  qancha  so‘ramaylik,  savol  bermaylik  Qurbon 
aka  «so‘ramanglar»  deydi. 
Qurbon  aka  bizlarning  o‘qishimiz  bilan  qiziqadi.  Yomon 
baho  olganimizni  eshitsa:  «Chakki  bo‘libdi,  chakki  bo‘lib-
di»,  —  deydi.  Biz  bahomizni  tuzatishga  harakat  qilamiz.
Imtihonlar  bilan  bo‘lib,  Qurbon  akadan  xabar  ololma-
dik.  Birinchi  imtihondan  muvaffaqiyatli  o‘tib,  uyga  qay-
tarkanman,  esimga  Qurbon  aka  keldi.
—  Xolaning  uyiga  boryapsizlarmi?  Qurbon  aka  meni 
so‘ramadilarmi?  —  so‘radim  Muhammaddan.
—  Borganim  yo‘q,  —  dedi  Muhammad,  —  uyda 
ishlarim  ko‘payib  ketdi.
—  Sen-chi?  —  dedim  Sa’dullaga.
—  Buvim  kasal  bo‘lib  qoldilar,  shuning  uchun  borol-
madim.  Sizlar...
http://eduportal.uz


142
Uchalamiz  bir-birimizga  qarab  qoldik.
Terga  botib  xolaning  uyiga  ketma-ket  kirib  keldik. 
Qurbon  aka  xolaning  qo‘llari,  peshonasini  silab  ho‘ng-
ho‘ng  yig‘lardi.  Uchovimiz  baravariga  undan  uzr  so‘radik.
—  Kechirasiz  aka,  biz-la-r,  biz...
Qurbon  aka  ko‘zidagi  yoshini  artdi.
—  Kim  keldi?  —  xola  yotgan  joyida  o‘g‘lidan  so‘radi.
—  Ukalarim,  —  dedi  Qurbon  aka.  —  Bizdan  xabar 
olgani  kelishibdi.
Xola  yotgan  joyida  duo  qildi: 
—  Sendan  xabar  olgani  kelishgan  bo‘lsa,  u  dunyo, 
bu  dunyo  kam  bo‘lishmasin.
Biz  qanday  qilib  Qurbon  akaning  ko‘nglini  olishni 
bilmasdik.  Xatomizni  yuvishga  tayyor  edik.  Ammo  qan-
day  qilib?  Hozir  nima  qilsak,  Qurbon  akaning  ko‘nglini 
ko‘taramiz?
—  Ukalar,  yolg‘izlik  yomon,  —  deydi  Qurbon  aka. 
—  Odam  hovurini  odam  oladi.  Yo‘qsa,  yashashdan 
mazmun  ham  yo‘q.
1. Qurbon  aka  bolalarning  urush  to‘g‘risidagi  savollariga 
nima  uchun  «so‘ramanglar»  deb  qo‘yadi?
2. Qurbon  akaning  Sarvi  xola  bilan  yolg‘iz  qolishganida 
yig‘lashining  sababi  nimada  deb  o‘ylaysiz?

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish