77
AJDODLAR XITOBI
Zikrilla Ne’mat
Ochsak tarix kitobin,
Yashnatib dil oftobin,
Eshitgandek bo‘lurmiz
Ajdodlarning xitobin.
Go‘yo To‘maris momom:
— Yurtni yovdan asrang, — der.
Temur bobom: — Vatanni
Tinch-u omon saqlang! — der.
Mardlarning yodi har dam
Jodir yuragimizda.
Yurtni asrash bizning ham
Orzu-tilagimizda.
Yurt mehridan yurakda
Yonar otash — alanga.
Himoyachi bo‘lurmiz
Aziz ona-Vatanga!
Yurt ishqi qalbga payvand
Quvvat bo‘lsin, kuch bo‘lsin.
Baxtimizga hur Vatan –
O‘zbekiston tinch bo‘lsin!
1. «Ajdodlar xitobi» deganda nimani tushunasiz?
2. Ajdodlarimiz Vatanimiz tinchligi yo‘lida qanday xizmatlar
qilishgan?
3. Yurtning tinchligi uchun faqat qo‘lga qurol olish
shartmi?
http://eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |