«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

140
MANGU OLOV
Ravshan Isoqov
Mangu olov — yoniq xotira,
Yuraklardan o‘chmaydi sira.
O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
Goho tiniq, gohida xira.
Qadr nima, xotira nima?
Xotirasiz qadr bor, dema.
Shahidlarga el-yurt hurmati,
Ehtiromi, cheksiz himmati.
Jasorating abadiy, o‘g‘lon —
Sof oltinning baland qimmati.
Noming bugun zar varaqlarda,
Har bir yurak, qalb charoqlarda.
Mangu olov so‘nmagay toki,
Qalbimizda sen, ardoqlarda.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling. 
2. Mangu olov nimaning ramzi ekanligini ayting.
3. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o‘chmaydi sira» 
deb ta’riflaydi?
ASKAR QAYTGAN KUN
 Safar Barnoyev
Sarvi xolaning o‘g‘li urushdan keldi-yu, biz u bilan 
o‘ralashib qoldik. Xolaning o‘g‘li Qurbon aka urushdan 
ikki oyoqsiz qaytdi. Kelgan kuni xolaning uyida tantana 
bo‘ldi. Mahalladagilar topgan-tutganlarini xolanikiga olib 
chiqishdi. Biz uch-to‘rt kungacha Qurbon akaga yaqin
-
http://eduportal.uz


141
lasha olmadik. Uzoqdan ko‘rib yurdik. Kelib-ketguvchi
-
larning oyog‘i tingach, bizga navbat keldi.
Xola o‘g‘lini qo‘ygani joy topolmasdi. Qurbon aka 
oyog‘i yo‘qligini sezdirmaslik uchun kelgan-ketganlar ol
-
dida qornigacha ko‘rpacha tortib o‘tirardi. Uning ikki 
oyog‘i yo‘q edi. Bomba ostida qolibdi.
Qurbon aka bilan til topishdik. U bizga o‘z 
o‘rtog‘iday muomala qilar, bizni birpas ko‘rmasa, xola 
orqali chaqirtirardi.
Qurbon akani ba’zida savolga tutamiz.
— Urushda bizdaqa bolalar ham bo‘ldimi?
— Siz nechta dushmanni o‘ldirdingiz?
— O‘q tegmaydigan kiyim berishmadimi?
— Siz o‘qdan qo‘rqmadingizmi?
— O‘q tegsa odam o‘ladimi?
Har kim istagan savolini beradi. Javobini kutadi. 
Ammo qancha so‘ramaylik, savol bermaylik Qurbon 
aka «so‘ramanglar» deydi. 
Qurbon aka bizlarning o‘qishimiz bilan qiziqadi. Yomon 
baho olganimizni eshitsa: «Chakki bo‘libdi, chakki bo‘lib
-
di», — deydi. Biz bahomizni tuzatishga harakat qilamiz.
Imtihonlar bilan bo‘lib, Qurbon akadan xabar ololma
-
dik. Birinchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, uyga qay
-
tarkanman, esimga Qurbon aka keldi.
— Xolaning uyiga boryapsizlarmi? Qurbon aka meni 
so‘ramadilarmi? — so‘radim Muhammaddan.
— Borganim yo‘q, — dedi Muhammad, — uyda 
ishlarim ko‘payib ketdi.
— Sen-chi? — dedim Sa’dullaga.
— Buvim kasal bo‘lib qoldilar, shuning uchun borol
-
madim. Sizlar...
http://eduportal.uz


142
Uchalamiz bir-birimizga qarab qoldik.
Terga botib xolaning uyiga ketma-ket kirib keldik. 
Qurbon aka xolaning qo‘llari, peshonasini silab ho‘ng-
ho‘ng yig‘lardi. Uchovimiz baravariga undan uzr so‘radik.
— Kechirasiz aka, biz-la-r, biz...
Qurbon aka ko‘zidagi yoshini artdi.
— Kim keldi? — xola yotgan joyida o‘g‘lidan so‘radi.
Ukalarim, — dedi Qurbon aka. — Bizdan xabar 
olgani kelishibdi.
Xola yotgan joyida duo qildi: 
— Sendan xabar olgani kelishgan bo‘lsa, u dunyo, 
bu dunyo kam bo‘lishmasin.
Biz qanday qilib Qurbon akaning ko‘nglini olishni 
bilmasdik. Xatomizni yuvishga tayyor edik. Ammo qan
-
day qilib? Hozir nima qilsak, Qurbon akaning ko‘nglini 
ko‘taramiz?
— Ukalar, yolg‘izlik yomon, — deydi Qurbon aka. 
— Odam hovurini odam oladi. Yo‘qsa, yashashdan 
mazmun ham yo‘q.
1. Qurbon aka bolalarning urush to‘g‘risidagi savollariga 
nima uchun «so‘ramanglar» deb qo‘yadi?
2. Qurbon akaning Sarvi xola bilan yolg‘iz qolishganida 
yig‘lashining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish