«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

BIR XURMACHA SHAVLA
Aka-yka Grimmlar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qizcha yashar 
ekan. Qizcha bir kuni o‘rmonga maymunjon olib kelish 
uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va 
unga salom beribdi.
— Vaalaykum assalom, — debdi kampir qizchaga. — 
Menga maymunjoningdan bersang-chi! 
— Marhamat, — debdi qizcha. 
Kampir maymunjonni yeb bo‘lib:
— Sen menga maymunjon berding, men ham sen
-
ga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xur
-
macha, sen faqat shuni aytishing kerak: «Bir, ikki, 
uch, xurmachada shavla pish». Shunda u shirin, ma
-
zali shav la pishira boshlaydi. Shundan so‘ng aytasanki: 
«Bir, ikki, uch, pishirishdan kech». Shundan so‘ng xur
-
macha shavla pishirishdan to‘xtaydi.
http://eduportal.uz


126
— Rahmat, buvi, — debdi qizcha va xurmachani 
olib, uyiga — onasining oldiga ketibdi.
Onasi bu xurmachani ko‘rib juda suyunibdi. Bir kuni 
qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bo‘lsa xurmacha
-
ni o‘z oldiga qo‘yib: «Bir, ikki, uch, xurmachada shav
-
la pish», — debdi. Xurmacha shavla pishira boshlab
-
di. Ko‘p shavla pishiribdi. Onasi to‘yib-to‘yib yebdi. 
Ammo u xurmachani shavla pishirishdan to‘xtatadigan 
sehrli so‘zni unutib qo‘yibdi. Xurmacha esa shavla
-
ni hadeb pishiraveribdi. Uy ham shavlaga to‘libdi, uy
-
ning tomi, hovli, hatto ko‘chalar ham shavlaga to‘lib 
ketibdi, u hamon to‘xtamay shavla pishiraveribdi. Ona
-
si juda ham qo‘rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib 
ketibdi. Lekin yo‘lda issiq shavla daryo bo‘lib oqqani 
uchun o‘tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam qizchasi uy
-
dan uzoq da emas ekan. Qizcha ko‘chadagi voqeadan 
xabardor bo‘lib, darrov uyga yuguribdi. Juda qiyinchilik 
bilan kelib, eshikni ochibdi va: «Bir, ikki, uch, pishirish
-
dan kech», — deb qichqiribdi. 
Shunda xurmacha shavla pishirishdan to‘xtabdi. 
Ammo xurmacha shunday shavla pishiribdiki, kim ning 
qishloqdan shaharga borishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 
unga shaharga yetguncha bu shavla kifoya qilar ekan. 
Hech kim bundan shikoyat qilmabdi. Chunki shavla 
juda shirin va mazali ekan.
1. Kampir nima uchun qizchaga xurmacha sovg‘a qildi?
2. Qizning onasi sehrli so‘zlarni unutib qo‘yishi qanday oqi
-
batlarga olib keldi?
3. Hamma joyni shavla bosib ketsa-da, nega hech 
kim shikoyat qilmabdi?
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish