Kotib: Abduxalilov B.
Yig’ilishda 7 nafar o’qituvchi qatnashdi.
Kun tartibidagi masalalar: 1.Metodbirlashmaning 2019-2020 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobotlarni va yangi o’quv yilidagi vazifalarni belgilash.
2.O’zbekiston Respublikasi XTVning “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish
ishlarini yanada rivojlantirish” to’risidagi 2020 -yil 13-avgustdagi 183-son buyrui va buyruqi asosidagi ilovani o’rganib chiqish.
3. O’zbekiston Respublikasi XTV ning 2020-yil 25-fevraldagi 52-sonli buyrug’iga muvofiq 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja bilan tanishib va tasdiqlash.
4. O’qituvchilar o’rtasida 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan 5-11 sinflar uchun tayanch o’quv rejani ishlab chiqish, taqvim-mavzu rejalari, dars soatlarini taqsimoti va sinf xonalarini tavsiya asosida jihozlanganligi to’risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash
5. Metodbirlashmada “Ustoz-shogird” yo’nalishidagi ishlarning tashkil etilishi va bu borada olib borilgan ishlar to’risida
6. Maktabda fan to’garaklar faoliyatini rivojlantirish hamda fan olimpiyadalarga tayyorgarlik ko’rish.
7. Yangi darslikdagi o’zgarishlar bilan tanishib chiqish.
Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala: Aniq fanlar metod birlashma a’zosi Aziza Abduxalilova so’zi:
Hurmatli o’qituvchilar, o’tgan 2019-2020 – o’quv yilida Aniq fanlar metod birlashmasida belgilangan reja asosida bir qancha ishlarni amalga oshirdik. Jumladan fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, darslarda AKT dan samarali foydalanish bo’yicha ishlar olib borildi. O’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish maqsadida fanlardan turli tanlovlar va kechalar tashkil qildik.O’quvchilar o’rtasida kichik fan olimpiadalarini o’tkazdik. Tajriba almashish va metod o’rganish maqsadida ochiq darslar uyushtirdik. Fan oyliklari doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirdik.
Shu masala yuzasidan Sh.Abdutolipov muzokaraga chiqib, o’tgan o’quv yilida metod birlashma tomonidan amalga oshirgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar bo’yicha A.Abduxalilova so’zini maqulladi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Aniq fanlar metod birlashmasi rahbari Dilorom Bekturganova so’zi:
2020-2021 o’quv yili bilan tabriklab,Aniq fanlar metod birlashmasi a’zolarini tanishtirib o’tdi: