Yangiyo`l shahar
3- umumta’lim maktabi
Texnologiya fani o`qituvchisi
Xoldarova G. S. ning tayyorlagan ishlanmasi
Mavzu: Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha
Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha
Maqsad:
Ta'limiy - o'quvchilarga ishlab chiqarish texhologiyasi zaminda texnologik jarayon haqida umumiy bilimlar berish
Tarbiyaviy - o'quvchilarga ishlab chiqarish texnologiyasi zaminda texnologik jarayon haqida umumiy bilimlar shakllantirish
Rivojlantiruvchi - o'quvchilarini turli ishchi kasblarga yo'naltirish.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustaxkamlash, amaliy mashg'ulot,
Texnologiya - deganda mahsulot olish jarayonida qoTlaniladigan, hom-oshyo, material yoki yarim fabrikatlarni qayta ishlash, tayyorlash, ularning holatini, xossalarini va shakllini o'zgartirish usullarining majmuasi tushuniladi.
Juda ko'p texnologik jarayonlar boTib, ularning xar biri oz yo'nalish va xususiyatga ega. Lekin bir qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy boTgan qatorlar usullami xam ajratish mumkin. Ana shunday umumiy ba'zan asosiy deb ataladigan usullar mexanik, kimyoviy, biologik, energetik usullar kiradi.
Mexanik usul mehnat predmetiga mexanik ta'sir, chunonchi materiallarni kesish, qirqish, detallarni vintlari, mix parchalarini biriktirish, preslash orqali amalga oshiriladi.
Kimyoviy usul bilan mehnat priemetlari kimyoviy reaksiyalar hisobiga o'zgaradigan texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Biologik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda ro'y beradigan biokimyoviy jarayonlar ta'sirida o'zgarishi bilan xarakaterlanadi.
Energetik usullar energiyaning elektr turidan bevosita foydalanish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlami o'z ichiga oladi. Qator materiallarni qayta ishlash texnologiyasi yuqorida ko'rib chiqilgan asosiy usullar kombinatsiyasiga tayanadi. Kombinatsiyalashgan usulning misol sifatida metallga himoyalovchi va dekorativ qoplamalarni elektro kimyoviy metod bilan surtishni ko'rsatish mumkin.
Texnologik jarayon - texnologik usullardan tashkil topgan. Texnologik usul texnologik jarayonning tugallangan qismi boTib uni ishchilar guruh uzliksiz bitta ish o'rnida bitta buyumni tayyorlash bo'yicha bajaradi. Biz mehnat ta'lim jarayonida yog'ochga, metallaga, gazlamaga ishlov berish bo'yicha ayrim texnologik usullami bajaramiz.
Gazlamalarga ishlov berish jarayoni quyidagi texnologik jarayon orqali bajariladi.
Gazlamaning tukilishi
Gazlama va uning xossasi
Gazlamaning tuzilishi
Gazalmalarning pardozlash
Gazlamalarni buyash va gul bostirish.
Gazlama to'qish uchun asosan iplarni ikki sistemasi - tanda va arqoq iplar sistemalari kerak boTadi. Ularning xossalari va to'quvchilikka tayyorlash usullari bir-biridan farq qiladi.
Gazlama yoki to'qilgan buyum to'qimachilik buyumlari deb ataladigan tovarlaming katta guruhiga kiradi.
Gazlamalaming tuzilishi - chiziqli, zichligi, gazlamaning uzunligi, eni bo'yicha zichligiga qalab iplar gazlama to'quvchanligi o'rish bilan belgilanadi. Kalava ipning parometri va gazlamaning zichligi berilgan darajada boTgan har xil o'rilishlar darajada boTgan hisobiga tashqi ko'rinishi, fizik-mexanik va eksplatatsion gazlamalar to'qish mumkin.
To'qish fabrikalarida ishlab chiqariladigan gazlamalaming asosiy qismi pardozlanadi. Pardozlashdan maqsad gazlamaning tashqi ko'rinishini va sifatini yaxshilashdir. Pardozlash ishlab chiqarishning texnologik prossesi bir necha ishni o'z ichiga oladi. Guldor va melanj gazlamalar xam pardozlanadi.
Gazlamalarga gul bosish uchun har xil bo'yoqlar va qo'shimcha pereporatlar ishlatiladi. Gazlamaga gul bosishdan maqsad gazlamaga bo'yovchi moddani naqshlar tarzlda surqash ya'ni gazlamaning ayrim qismlarni koxp rangli qilib bo'yash. Gazlamaga gul bostirishning bir necha usullari mavjud.
-qo`lda gul bosish
-turli andozalar yordamida gul bosish -mashinada gul bosish
O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol: Mehnat ta'limi jarayonida qanday materiallarga ishlov beriladi?
Javob: Yogoyaga, metallga va gazlamaga ishlov beramiz.
Savol: Gazlamalarga ishlov berishda qanday XTQ roiya qilinadi?
Javob:
Savol: Gazlamaning fundamental o'rilishiga nimalar kiradi?
Javob: Polotno, sarja va jemi o'rilishlar kiradi.
Savol: Murakkab o'rilishlarga nimalar kiradi?
Javob: Murakkab o'rilishlar jumlasiga ikki arqoqli ikki tandali, ko'p qatlamli, tukli, yarama kashtasimon o'rilishlar kiradi.
|
Izonitda ishlatiladigan ish qurollari: Rangli karton qog`oz, ignalar, muline iplar, gubka
|
Do'stlaringiz bilan baham: |