Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
1
AXBOROT SOATI MATERIALLARI
8 Oktabr 2019 yil
YANGILIKLAR VA VOQEALAR
SHAVKAT MIRZIYOYEV VALENTINA MATVIYENKONI QABUL
QILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni
mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi
Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Valentina
Matviyenkoni Rossiya Federatsiyasi parlamentining yuqori palatasi raisi lavozimiga
qayta saylangani bilan tabrikladi hamda ushbu masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat
tiladi.
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik
munosaba
tlari bugun yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi samarali muloqotlar, Rossiya Prezidentining
oʻtgan yil oktyabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimizning keng
koʻlamli hamkorligini kengaytirishga kuchli surʼat bagʻishlab, uni aniq mazmun bilan
boyitdi.
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
2
Valentina Matviyenko, oʻz navbatida, samimiy qabul uchun Prezidentimizga
minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning
salomi
va
ezgu
tilaklarini
yetkazdi.
Rossiya
parlamenti
delegatsiyasining ushbu tashrifi
mamlakatlarimiz
koʻp
qirrali
hamkorlikni
yanada
mustahkamlashga
qatʼiy
intilayotganining
navbatdagi
tasdigʻi ekani taʼkidlandi.
Uchrashuvda ikki tomonlama
munosabatlar, shuningdek, oliy
darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hamda savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy, innovatsion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda
istiqbolli
loyihalarni
ilgari
surishda, taʼlim va madaniy-
gumanitar
almashinuvlarni
kengaytirishda ikki mamlakat
parlamentlarining faol ishtirokiga
oid dolzarb masalalar koʻrib
chiqildi
Xalqaro
parlamentlararo
tashkilotlar doirasida hamkorlikni
mustahkamlash
muhimligi
alohida qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr
almashildi.
Federatsiya Kengashi Raisi koʻp qirrali Oʻzbekiston – Rossiya munosabatlarini har
tomonlama
mustahkamlash
maqsadida
parlamentlararo
aloqalarni
izchil
rivojlantirish
borasidagi intilishi qatʼiy ekanini
taʼkidladi.
Valentina Matviyenko joriy yilda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va
mahalliy
vakillik
hokimiyati
organlariga
saylovlar
muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
3
OʻZBEKISTON PREZIDENTI TURKIYA SAVDO PALATALARI VA
TOVAR BIRJALARI ITTIFOQI RAISINI QABUL QILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktyabr kuni
mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Turkiya savdo palatalari va
tovar birjalari
raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli oʻgʻlini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya
oʻrtasidagi doʻstlik, sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan
yangi darajaga koʻtarilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
2017-
yilning kuzida Turkiyada va oʻtgan yilning bahorida Oʻzbekistonda davlat
tashriflari doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar konstruktiv
siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam a
sos boʻlib
xizmat qilgani alohida qayd etildi.
Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish,
savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm,
toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni faol
ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Uchrashuvda Rifat Hisorjiqli oʻgʻli samimiy qabul uchun Oʻzbekiston rahbariga chuqur
minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip
Erdoʻgʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
4
Keyingi yillarda 750 dan ziyod qoʻshma korxona tashkil etilgani, shuningdek, oʻzaro
savdo hajmi ikki barobar ortgani Turkiya biznesining Oʻzbekiston bozoriga chiqishdan
manfaatdorligi ortib, ishbilarmonlik aloqalari mustahkamlanib borayotganidan dalolat
beradi.
Rifat Hisorjiqli oʻgʻli Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari - Savdo palatalari va tovar
birjalari ittifoqi aʼzolari ustuvor loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga
tayyor ekanliklari hamda bu masalalarni
oʻzbekistonlik sheriklar bilan Toshkentda
boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlarning birinchi Investitsiya forumi va Ishbilarmonlar
kengashi majlisida muhokama qilishni rejalashtirganini taʼkidladi.
Uchrashuv soʻngida mehmon Oʻzbekiston-Turkiya doʻstlik va strategik sheriklik
munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli ishbilarmonlik
aloqalarini yoʻlga qoʻyish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish
borasida qatʼiy ekinini tasdiqladi.
O'zA
OʻZBEKISTON PREZIDENTI TURKIY TILLI DAVLATLAR
HAMKORLIK KENGASHI BOSH KOTIBINI QABUL QILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktyabr kuni
Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya
forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy
tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bagʻdat Amreyevni qabul
qildi.
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
5
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston va Turkiy
kengash oʻrtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan
qayd etdi.
Mamlakatimiz joriy yil 14-sentyabr kuni 2009-yil 3-oktyabrda imzolangan Turkiy
tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini
ratifikatsiya qildi hamda tashkilotning joriy yil 15-oktyabr kuni Boku shahrida
boʻlib oʻtadigan yettinchi sammitida toʻla huquqli aʼzo sifatida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston va Turkiy kengash mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til,
maʼnaviyat mushtarakligi, balki anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro manfaatli
hamkorlikka asosla
ngan munosabatlar bogʻlab turishi taʼkidlandi.
Uchrashuvda Turkiy kengashning birinchi navbatda savdo, investitsiyalar,
innovatsiyalar, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashinuvlar kabi
dolzarb yoʻnalishlarda amaliy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi
samarali mintaqaviy tuzilma sifatidagi salohiyatiga yuksak baho berildi.
Turkiy kengash bosh kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy
qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz Kengashga toʻla
huquqli aʼzo sifatida kirishi bilan tabrikladi.
Oʻzbekistonning aʼzo boʻlishi tashkilot doirasida koʻp tomonlama samarali
hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Bagʻdat Amreyev Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida,
iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash
borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Oʻzbekiston xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalarni
rivojlantirishda, avvalo, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstlik va yaxshi
qoʻshnichilik
munosabatlarini
mustahkamlash
borasida
ulkan
muvaffaqiyatlarga erishayotganini alohida qayd etdi.
Oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiy kengashning boʻlajak
sammitiga tayyorgarlikning boris
hi toʻgʻrisida maʼlumot berdi hamda Kengash
bilan Oʻzbekiston oʻrtasida samarali munosabatlarni rivojlantirishga har
tomonlama koʻmaklashishga tayyor ekanini taʼkidladi.
O'zA
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
6
OʻZBEKISTON VA TOJIKISTON PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI
MULOQOT QILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali
muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Prezident Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni
bilan samimiy
muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va
muvaffaqiyat tiladi.
Tojikiston rahbari mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
taʼminlash, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligini
oshirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.
Siyosiy iroda va qabul qilingan amaliy qadamlar tufayli Oʻzbekiston-Tojikiston
koʻp qirrali munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak darajaga - strategik sheriklik
darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.
Oʻtgan yilgi oliy darajadagi oʻzaro tashriflar natijasida muhim kelishuvlarga
erishildi va ikki tomonlama hamkorlikning eng oʻtkir masalalari boʻyicha oʻzaro
maqbul yechimlar topildi.
Soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo hajmi ikki barobar ortdi,
havo, avtomobil,
temir yoʻl transporti qatnovi salmoqli darajada kengaydi.
Chegaradosh hududlar oʻrtasida yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Madaniy-
gumanitar almashinuv faollashdi.
Axborot soati materialini
www.mtm.buxdu.uz
veb-saytidan
va tellegramdagi
https://t.me/MANAVIYATLIINSONLAR
manzilidan olish mumkin
7
Davlat rahbarlari hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro
va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida
doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini
yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida intil
ishlari qatʼiy ekanini
taʼkidladilar.
OʻzA
Do'stlaringiz bilan baham: |