Yangilanayotgan O`zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari



Download 473,92 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi473,92 Kb.
#212789
1   2   3
Bog'liq
Maruza-2

Tayanch so’z va iboralar:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, strategiya, davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizim, elektron hukumat, iqtisodiyotni rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, modernizasiya, diversifikasiya, liberalizm, debitor.

1. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda o`z xalqi va kelajagi uchun qayg`uradigan har bir davlat yuksak mas`uliyatni anglagan holda o`z taraqqiyot yo`lini qat`iy belgilan oladi. O`zbekiston ham o`z taraqqiyot yo`lini “Harakatlar strategiyasi”ga namoyon qildi.

Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?

Strategiya – bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.

XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.

Strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.

Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni toʻliq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja boʻlsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili boʻlib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy boʻgʻinlardagi bogʻlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni oʻzgartiradi.

Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, qo`yilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur.

Ushbu strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millarlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo`nalishlari sifatida belgilab olindi.

1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya

qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi

siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

Qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;

Siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

– mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalgam oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

– Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

– «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

– xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

– jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

– fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

– mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

– ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

Davlat dasturining birinchi bo`limida 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek konsepsiya va “Yo`l xaritalari” ishlab chiqish bilan bog`liq 53 ta bandni o`z ichiga olgan. 2017 yilni o`zida 3 ta qonun, 12 ta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 22 ta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, 1 ta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi va 43 ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.

O`zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar ham aynan, oliy vakillik tarmog`i bo`lmish, Parlamentni isloh qilishdan boshlandi.

Birinchi navbatda, milliy Parlament va siyosiy partiyalarning roli yanada kuchaytirildi. Oliy Majlis palatalari faoliyatida eng muhim o`zgarish – bu Parlament, shuningdek deputat va senatorlarning faqat kiritilgan qonun loyihalarini ko`rib chiqish bilan cheklanmasdan, bevosita joylarga borib, xalqning turmush darajasidan xabar olish, uni qiynayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda ishtirok etishlari bo`ldi.

Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari kengashlari ta`sis etildi. Natijada, Toshkent shahri aholisi ham o`z vakillari – deputatlar orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Davlat xizmatlaridan aholi hamda tadbirkorlar foydalanishining eng qulay imkoniyatlarini yaratish maqsadida electron davlat xizmatlarining soni oshirildi. Davlat xizmatlari ko`rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik sub`ektlari ehtiyojlarini to`liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o`tishi ayrim tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari ko`rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni va “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan oshirish bo`yicha komplekt tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug`vor g`oya xizmatlar ko`rsatish sohasida “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni joriy etish imkonini beradi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo`linmalari tashkil etildi. Shu farmon bilan 2018-2020 yillarda bosqichma bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo`yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko`rsatiladigan 58 ta davlat xizmatlari tasdiqlandi.

Ularning qatorida uy-joylarning suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti va boshqa bir necha xizmatlar mavjud.

Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq mahalla xodimlari soni 2 barobarga ko`paytirildi, 400 dan ortiq mahalla binolari qurildi, rekonstruksiya qilindi va ta`mirlandi.

Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarida tegishli vazifalarni amalgam oshirishda munosib hissa qo`shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini rag`batlantirish maqsadida “Mahalla iftixori” ko`krak nishoni ta`sis etildi.

Aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tizimli ravishda tahlil qilinib, mavjud muammolarni hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko`rib kelinmoqda.

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;

sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud prosessida tomonlarining tortishuvi va tenghuquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;

«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;

sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;

sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:

fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda

sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;

fuqarolarning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:

jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;

odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat,

fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining prosessual asoslarini takomillashtirish;

jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi

faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshikurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini

takomillashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:

davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;

advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;

notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.

“Sud xalqparvar bo`lmaguncha tizim takomillashaveradi. Bundan buyon sudyalarga xalqning o`zi baho beradi. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat organlarida faoliyat ko`rsatayotgan barcha insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi bo`lib qolish zarur” – deb ta`kidlagan Sh. M. Mirziyoyev.

Davlat dasturining II bo`limida 60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek konsepsiyalar va “yo`l haritalari”ni ishlab chiqishni o`z ichiga olgan 71 ta chora-tadbirdan iborat 63 ta bandni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Sud tizimini isloh qilish doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudi birlashtirildi, zamon talablariga mos bo`lgan sud korpusini shakllantirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Sudyalar vakolat muddatining ilk besh va o`n yillik davri o`tganidan so`ng lavozimda muddatsiz bo`lish amaliyoti joriy qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay`ati tugatilib, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tashkil etildi.

Sud-tergov amaliyotida dalillarni to`plash va baholashda qonuniylik va xolislikni ta`minlashga to`sqinlik qiladigan holatlarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Farmoni qabul qilindi.

Qonun ustuvorligini ta`minlash maqsadida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek huquqbuzarlikni oldini olish masalalarini samarali yechish davlatimizning ustuvor vazifalarimizdan biri bo`lib qoldi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organlarining vazifasi, balki har bir fuqaroning asosiy kundalik vazifasiga aylanmog`i lozim” degan vazifadan kelib chiqib bu sohada aholining huquqiy ongini oshirish ishlari tizimli ravishda tashkil qilinib kelmoqda.

Davlat rahbari tomonidan “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorning qabul qilinishi ham huquqbuzarlikni oldini olish va unga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Unga muvofiq, jinoyatni aniqlab, shaxsni jazolash emas, balki har qanday qonun buzilishlarini barvaqt oldini olish – barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Jamiyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” deb belgilandi.

Ichki ishlar organlari tizimi tubdan isloh qilindi. Sohani takomillashtirish hamda ichki ishlar organlari foliyatida to`planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida 30 dan ortiq normativ-huquqqiy hujjatlar qabul qilindi.

Huquqbuzarlikga qarshi kurashish borasida uchaska profilaktika inspektorlarining masuliyatini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda, asosiy e`tibor xalq ichida yurgan huquq posbonlarining, ya`ni uchastka profilaktika inspektorlarining moddiy-ijtimoiy ta`minotiga qaratilib, bugungi kungacha 1 600 dan ortiq inspektorlar avtomabil va turar joy bilan ta`minlandi.

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy

o’sish sur’atlarini saqlab qolish:

makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.

3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;

ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalgam oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;

yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish;

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;

iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish;

turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;

eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

3.3. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:

tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;

kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.

3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,

qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;

sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;

sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shartsharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandiskommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.

Davlat dasturining III bo`limiga ko`ra 70 dan ortiq normativ-huquqqiy hujjatlarni, shuningdek konsepsiyalar va “yo`l xaritalari”ni ishlab chiqishni o`z ichiga olgan 105 ta chora-tadbirdan iborat 77 ta bandni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiy rivojlanish, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan yangi bosqichga o`tdi. Amalga oshirilgan barcha islohotlar “Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslanadi.

Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makraiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat`iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta`minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga e`tibor qaratildi.

Valyuta bozorini liberallashtirish bo`yicha aniq maqsadga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va 2017 yil 5 sentyabrdan milliy valyutamiz – so`mning erkin ayirboshlanishi ta`minlandi.

Fuqarolarga chet elda ta`lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablag`larini hech qanday to`siqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish imkoni yaratildi.

Inflyatsiya darajasi hamda ichki bozorda iste`mol tovarlar narxlarining barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda resurs bazasi 100 million dollorga teng ichki iste`mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamg`armasi tashkil etildi.

Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to`lovlari stavkalari ikki barobar pasaytirildi.

Ichki bozor uchun zarur bo`lgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari uchun bojxona to`lovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bo`yicha 3 550 ta va aksiz solig`i bo`yicha 1 122 ta maxsulotlarga nisbatan nol darajali stavkalar belgilandi.

Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o`ziga ustuvor yo`nalishi, bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning o`rni va ahamiyatini oshirishdir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keng rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va ishbilarmonlik mihitini yanada yaxshilash borasida hammaga yaxshi ma`lum bo`lgan “Agar xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va kuchli bo`ladi” tamoyiliga asoslanildi.

Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, texnoparklar, kichik sanoat hududlarining tashkil qilinishi to`g`ridan-to`g`ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning omili bo`ldi. 11 tadan ortiq iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Milliy valyutaning tezkor o`zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga moliyaviy yordam berish bo`yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft, gaz, kimyo va energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida to`planib qolgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari kamaytirildi, neft mahsulotlari bo`yicha hisoblangan aksiz solig`i neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi.

Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalarida yetti mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, yuzdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o`zlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami soatdagi ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga oshdi.

Agrar sektorni modernizatsiya va intensiv rivojlantirish, qishloq xo`jaligini yanada isloh qilish va mamalakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

O`zbekiston 2017-2020 yillarda yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo`jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalar aniq belgilanib, ularni izchil amalga oshirib borilayotgan sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo`lib xizmat qilmoqda.

2017 yilning o`zida qishloq xo`jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi. 2 ta yangi qo`mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi.

Lalmi yerlarda tomchilab sug`orishni tashkil etish orqali grek yong`og`i va pista yetishtirish bo`yicha ilg`or texnologiyalar o`zlashtirildi. 570 gektar maydonda 7, 4 mingta issiqxona tashkil etildi.

Chorvachilik tarmog`ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko`plab xo`jaliklar faoliyati yo`lga qo`yildi. Zotdor qorabayir otlarini ko`paytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi.

Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish bo`yicha 3 mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi. Baliqchilik sohasini tiklash uchun “O`zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo`jaligi kiritildi.

Pillachilikda yuqori hosil olish muhim ahamiyatga ega bo`lgan, ammo deyarli yo`qolib borayotgan an`analar qayta tiklanmoqda. Ipak yetishtirishni yangi tizimi yo`lga qo`yildi va “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etildi. Ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 dan ortiq korxonalar ishga tushirildi.

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;

yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:

aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;

oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

pensionerlar, nogiron, yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish:

aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg’i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash.

4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:

uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;

ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga

chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Davlat dasturining IV bo`limiga ko`ra 100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, konsepsiyalar va “yo`l xaritalari”ni ishkab chiqishni o`z ichiga olgan 126 ta chora-tadbirdan iborat 99 ta bandni amalga oshirish nazarda tutilgan.

“Hamma narsa inson manfaatlari uchun” tamoyilidan kelib chiqib, ijtimoy sohada aholi turmush sifatini o`stirish bo`yicha bir qator ustuvor yo`nalishlar belgilan olindi.

Shahar va qishloqlarda aholining haqiqiy ehtiyoji va milliy an`analarni to`la hisobga olingan turar joy qurilishi va tegishli infratuzilma tarmoqlarini kengaytitishga alohida e`tibor qaratildi.

Jumladan, qishloqlarda yangi ikki tipdagi yosh oilalar uchun maqbullashtirilgan yer uchastkasiga ega bo`lgan 2 va 3 xonali turar joy binolari loyihasi ishlab chiqildi. Bu esa, ularning narxini qishloq aholisining barcha qatlamlari uchun maqbul tarzda arzonlashtirish imkonini berdi.

Shaharlarda yuzlab besh va yetti qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

2017 yilda mamlakatning bir qator shaharlarida davlat-xususiy sektor sherikchiligi asosida maishiy chiqindilarni kompleks qayda ishlash klasterlari tashkil etildi. Har bir tuman va shaharda “Toza hudud” korxonalari tashkil etilishi aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.

Sog`liqni saqlash sohasiga e`tibor qaratildi. Tibbiy xizmatlar ko`lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 dan ortiq farmon va qarorlar qqbul qilindi.

Qishloqlarda qishloq vrachlik punktlari qisqartirilib, ularning o`rniga tunu-kun faoliyat ko`rsatadigan 793 dan ortiq qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, ularda tez tibbiy yordam shahobchasi hamda kunduzgi statsionar ochildi.

Sil bilan kasallanish kamaydi. Qishloqlarda faoliyat yuritayotgan 700 dan ortiq shifokorlar xizmat uy-joylari bilan ta`minlandi.

Tez tibbiy yordam bo`limlari ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari, asbob-uskuna va jihozlar bilan ta`minlandi hamda ularga ajratilgan dori vositalari hajmi 2 baravarga ko`paytirildi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini uzkluksiz va arzon narxlarda ta`minlash maqsadida yangi tizim joriy etilib, ularni xarid qilish uchun Sog`liqni saqlash vazirligiga 500 milliard so`mdan ziyod qo`shimcha byudjet mablag`lari ajratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta`lim tizimining takomillashishiga qaratilgan 70 dan ortiq farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilindi.

Avvalo, maktabgacha ta`lim sohasini isloh qilish maqsadida 5 yilllik alohida dastur qabul qilindi. Hozirga qadar bir necha maktabgacha ta`lim muassasalari qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta`mitdan chiqarildi. Davlat byudjeti va xalqaro grant mablag`lari hisobiga mingdan ortiq bolalar bog`chasi zamonaviy mebel, rivojlantiruvchi o`yinlar va jihozlar bilan ta`minlandi.

Bolalarimizni yetuk va barkamol shaxs bo`lib voyaga yetishida bog`cha tarbiyasi katta ahamiyatga ega ekani inobatga olinib, alohida vazirlik tashkil etildi va uning zimmasiga maktabgacha ta`lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish yuklatildi.

Maktab tizimi qayta ko`rib childi. Tajribali pedagog, ota-onalat va o`quvchilar bilan o`tkazilgan muhokamalar natijasida 9-sinfni tamomlagan o`quvchilar uchun o`qishni ixtiyoriy ravishda kollej va litseyda yoki 10-11 sinflarda davom ettirish imkoniyati yaratildi. 70 foiz o`quvchi maktabda ta`lim olishni tanladi.

Oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos mutaxasislar tayyorlash maqsadida, tizimli kompleks rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik dastur qabul qilindi va unga joriy yilda bir qator oliygohlarda qurilish va ta`mirlash ishlari amalga oshirildi hamda zamonaviy komyuter, o`quv labaratoriyalari bilan jihozlandi.

O`zbekiston Fanlar akademiyasi a`zolari hamda yetakchi olimlar bilan bo`lib o`tgan yig`ilishda bildirilgan takliflardan kelib chiqib, respublika ilm-fan nufuzini yuksaltirish va rivojlantirish bo`yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Hamda zamonaviy labaratoriya jihozlari bilan ta`minlash uchun 450 milliard so`m ajratildi.

O`zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlantirish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etildi.

Xalqaro amaliyotga muvofiq oliy o`quv yurtidan keyingi ta`limning ikki pog`onali tayanch doktarantura va doktarantura tizimi joriy etildi.

O`zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati Astronomiya va aeronavtika bog`i tashkil etildi.

Madaniyat va sport sohasida ham bir necha ishlar amalga oshirildi, yutuqlarga erishildi.

Sport deganda ko`z oldimizga Shahram G`iyosov, Rustam Jangaboyev va boshqa ko`plab hamyurtlarimiz keladi. Ularni g`urur bilan tilga olishimiz mumkin.

Aholining ehtiyojmand qatlamlari va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va keksalarni e`zozlashga e`tibor yanada kuchaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi qarori bilan “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat jamg`armasi tuzildi, uning faoliyati aholining ijtimoiy nochor qatlamlari sog`lig`ini himoyalash, yetim bolalar “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashovchilarga yordam ko`rsatishga yo`naltirildi.

Bu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida”gi qarori muhim voqea bo`ldi. Ushbu mukofot bilan ko`p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurdoshlarimiz, shuningdek hayotini oilalar mustahkamligini ta`minlash ishlariga bag`ishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaromanfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar

5.1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish;

fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish.

Davlat dasturining V bo`limiga ko`ra 13 ta normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, konsepsiyalar va “yo`l xaritalari”ni ishlab chiqishni o`z ichiga olgan 29 ta chora-tadbirdan iborat 28 ta bandni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

O`zbekistonning ko`p millatli xalq ekanligi, uning hayotiy ehtiyojlari va intilishlarini hisobga olgan holda yangi istiqbolli yo`nalishlar belgilab olindi.

“Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib yangi qurolli kuchlar armiyasi shakllantirildi. Ayrim litsey va kollejlarda yigitlarni oliy harbiy ta`lim muassasalariga tayyorlash bo`yicha ixtisoslik joriy qilindi.

Harbiylar, ularning oila a`zolari va Qurolli Kuchlar pensionerlarining ijtimoiy himoyasiga alohida e`tibor qaratildi. Uy-joy qurilishi dasturi doirasida 1200 dan ortiq harbiy xizmatchi oilalari uchun 56 dan ortiq uylar bunyod etildi.

Ekologik muammolarning oldini olish hamda aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan himoya qilish masalalari Hukumatning e`tibor markazida bo`ldi.

Mintaqa aholisi yashash sharoitlari va turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan 2017 – 2021 yillarda Orolbo`yi hududini rivojlantirish bo`yicha davlat dasturi ishlab chiqildi va ijrosini ta`minlash uchun 8,4 trillion so`m mablag` jalb etish rejalashtirildi.

Yer usti raqamli televideniyesi tarmog`ini kengaytirish ishlari yakunlandi. Tunu kun uzluksiz ishlaydigan “O`zbekiston 24” yangiliklar teleradiokanali, shuningdek Xalqaro press-klub faoliyati yo`lga qo`yildi.

“Markaziy Osiyo – tashqi siyosatining bosh ustuvor yo`nalishi” tamoyi amalda qo`llanildi. Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Janubiy Koreya rahbarlari bilan o`tkazilgan uchrashuv va muzokaralar xalqaro hamkorlik aloqalarino yanada yaxshiladi.

Xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ziyod kelishuvlar tuzildi, 53 milliard dollordan ziyod bitimlar imzolandi.

O`zbekistonning BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi, SHHT,IHT,MDH va Xitoyda bo`lib o`tgan “Bir makon – bir yo`l” forumida xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surilgan yangicha yondashuv hamda tashabbuslari halqaro miqyosda keng qo`llab-quvvatlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub islohotlar va tadbirlar kishilarda ishchanlik kayfiyatini yanada kuchaytirdi va fuqarolik pozitsiyasini qat`iy mustahkamladi, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir kishining ishtirokini kengaytirdi, mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda odamlarning manfaati yanada kengroq e`tirof etila boshlandi.


Download 473,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish