SHAXSNING ASOSIY TIPLARI
Ayzenk insonlar haqida ma‟lumotlar olish uchun o„z-o„zini
kuzatish, ekspert baholash, biografik ma‟lumotlar analizi, fizik
va fiziologik parametrlar, shuningdek, ob‟ektiv psixologik testlar
singari ko„plab metodlardan foydalangan. Olingan
ma‟lumotlar shaxs strukturasini aniqlash uchun faktorli analizda
qo„llanilgan. O„zining dastlabki tadqiqotlarida Ayzenk ikki
asosiy tipni ajratgan – introversiya/ekstraversiya va
neyrotizm/barqarorlik (ba‟zi holatlarda bu faktor
beqarorlik/barqarorlik deb ham ataladi). SHaxsning bu ikki
o„lchovi ortogonal bo„lib, ular statistik jihatdan bir-biriga
bog„liq emas. SHunga muvofiq, insonlarni to„rt guruhga
ajratish mumkin. Bunda shaxs o„zida yuqori yo quyi
diapazondagi bir tip bilan yuqori yo quyi diapazondagi
ikkinchi bir tip kombinatsiyasini namoyon etadi. Jadvalda
ko„rsatilishicha, har qaysi tip bilan shaxs belgilarini izohlaydigan
nomlar birlashtiriladi.
Bu 4 guruhni ko„rib chiqishda 2 ta narsani inobatga olish kerak.
Birinchidan, ikkala masofa (diapazon) tiplari me‟yoriy
taqsimotga ega, uzluksiz hisoblanadi va keng individual farqlar
spektrini ko„rib chiqadi.Boeree C. G. G. Hans Eysenck
/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg
University. 1997. – Р.6
Barqaror
Nevrotizm
Introvert
Xotirjam, muvozanatlashgan,
ishonchli, nazorat qiluvchan,
tinchliksevar,
e‟tiborli,
g„amxo„r, passiv
Kayfiyati tez o„zgaruvchan,
xavotirlanuvchan,
rigid,
mulohazali,
pessimist,
mahdud, muloqotchan emas,
indamas
Ekstravert
Lider,
beg„am,
quvnoq,
ko„ngilchan,
hozirjavob,
muloqotchan,
do„stliksevar,
kirishimli
Jizzaki, xalovatsiz, agressiv,
qo„zg„aluvchan,
o„zgaruvchan,
impulsiv,
optimist, aktiv
Jadvaldan shuni ko„rish mumkin-ki, introvert va barqaror
shaxslar, qonun-qoidalarga amal qiladigan, g„amxo„r va
e‟tiborli insonlardir. Va aksincha, introvert va neyrotizm
kombinatsiyasi individ xadda-harakatlarida xavotirlanish,
pessimistik kayfiyat va mahdudlikka sabab bo„ladi.
Ekstravert va barqaror shaxsning xulq-atvorida mehribonlik,
ko„ngilchanlik va kirishimlilik ko„zga tashlanadi. Va nihoyat,
ekstravert va neyrotizmga moyil shaxslarda agressiv xulq-
atvor, impulsivlik hamda tez qo„zg„aluvchanlik singari
xususiyatlar namoyon bo„ladi. SHuni alohida ta‟kidlash
kerak-ki, Ayzenk asosiy e‟tiborini individual farqlarga
qaratgan. Demak, bu kombinatsiyalar ichida birini
ikkinchisidan afzallik tarafi yo„q. Ularning har birini ijobiy va
salbiy jihatlari mavjuddir.
Keyinchalik Ayzenk o„z nazariyasiga shaxsni o„lchashdagi
uchinchi tipni, ya‟ni
psixotizm – Super-ego kuchi
ni kiritgan.
Bu xususiyatga ega shaxslar egotsentrik, impulsiv,
boshqalarga nisbatan befarq, jamiyat normalariga qarshilik
qilishga moyil bo„ladi. Ular ko„pincha xavotirda bo„lishadi,
insonlar bilan muloqotga kirishishga qiynalishadi va
boshqalarga ko„ngilsizliklar olib kelishadi. Ayzenkning
fikricha, psixotizm genetik xususiyatga ega bo„lib, bu holat
ayollarga nisbatan erkaklarda ko„proq uchraydi.
Boeree C. G. G. Hans Eysenck /Personality Theories.
PsychologyDepartment Shippensburg University. 1997. – Р.7
Do'stlaringiz bilan baham: |