556
Jek London
Martin uning gaplariga deyarli quloq solmas
edi, «Ilgari» so'zi hamon uning qulog'i ostida ja-
ranglardi. Bu so‘z uning es-hushini olib qolgan
edi, Martin undan albatta qutulishi kerak.
- Bunga qancha ketadi deding? - birdan so^ab
qoldi Martin.
Pochchasi kvartaldagi savdo ishlarining kel-
gusidagi rejalari haqidagi valdirashini to'xtatib,
Martinga baqrayib qarab qoldi. Bu narsaning
qanchaga tushishi haqida churq etib ham og‘iz
ochgani yo‘q edi, lekin agar Martin qiziqayotgan
bolsa, aytishi mumkin. U hammasini hisoblab
qo“ygan.
- Hozirgi narx-navoda, - dedi u, - to‘rt mingga
tushadi.
- Peshlavh ham ichidami?
- Peshlavhni hisoblaganim yo‘q. Uy bolsa
boldi, peshlavh topiladi.
- Maydon-chi?
- Yana uch ming kerak boladi.
Shundan keyin, Bernard Xigginbotam qov-
jiragan lablari bilan tamshanib, asabiy holatda
barmoqlarini oynatib, Martinning chek yozishi-
ga tikilib o^tirdi. Martin chekni yozib bolib, uni
Xigginbotamga uzatdi. Chek yetti ming dollarga
yozilgan edi.
- Men... men olti foizdan ortiq foyda berolmay-
man, - deb g‘oldiradi Xigginbotam hayajondan
hirqirab qolgan ovoz bilan.
Martinning' kulgisi keldi, lekin buning o'miga
so‘radi:
- Bu qancha boladi?
Martin Iden
557
-
Hozir hisoblab ko'ramiz. Olti foiz... olti
yetti - to'rt yuz yigirma dollar.
- Demak, oyiga o'ttiz besh dollardan tushar-
kan... Shundaymi?
Xigginbotam tasdiq ma’nosida bosh irg'adi.
- Durust, agar qarshilik qilmasang, biz bunday
qilamiz. - Martin shu so‘zlami aytib, Gertrudaga
qarab qo'ydi. - Asosiy pul o'zingga siylov, lekin
bir shartim bor: har oy o‘ttiz besh dollarga uying-
ga oshpaz bilan kir yuvuvchi yollaysan. Xullas,
agar sen uydagi og'ir ishlarni Gertruda qilmasli-
giga kafil bolsang, yetti ming dollar seniki bola
di. Rozimisan?
Mister Xigginbotam pishqirib nafas oldi. Xo-
tinini qora ish bilan shug4illanmasligi haqidagi
talab unga haqoratdek botdi. Bu ajoyib sovg'a
xuddi usti zarhallangan achchiq hab doriga
o'xshar edi. Xotini ish qilmasmish-a! Bundan
uning fig‘oni chiqib ketdi.
- Ixtiyoring, - dedi Martin. - Bolmasa, har
oyda o‘ttiz besh dollardan men tolab turaman,
lekin...
U chekka qolini cho'zgan edi, Bernard Xiggin
botam shosha-pisha uni qoli bilan qopladi va.
- Men roziman! Roziman! - deb yubordi.
Martin tramvayga chiqarkan, charchaganini
va ko'ngli ag'darilayotganini his qildi. U orqasi-
ga o‘girilib qarab, ko‘zi dolconning serhasham
peshlavhiga tushdi. «To‘ng‘iz, —
deb g oldiradi u,
- shunaqayam to'ng'iz boladimi kishi?»
«Makintosh jurnali»da eng zo r rassomlar-
ning rasmlari bilan bezatilgan «Folbin qiz»
she’ri bosilib chiqqanda, German Shmidt bu
karra
558
Jek London
she’rni bir vaqtlar adabsiz deb aytganini birdan
unutib qo*ydi. Bu she’rni u o‘z xotini sha’niga
yozilgani haqida duch kelgan odamga gapi-
rar va bu ovoza gazeta muxbirining qulog'iga
borib yetishi uchun astoydil urinardi. Muxbir
ham birpasda fotograf bilan rassomni boshlab
kelib qoldi. Natijada, gazetaning yakshanbalik
soniga ilova qilingan sahifalaridan birida Meri-
yenning juda ham bezak berib ishlangan port-
reti, Martin Idenning va uning oilasi hayotiga
doir sirli voqealar tafsiloti «Folbin qiz»ning tola
matni bilan birga bosilib chiqdi, she’r jumal-
ning roziligi bilan ko'chirilib bosilgan edi. Bu
hoi hammayoqqa ovoza boldi, yon-atrofdagi
qo'shni xotinlar mashhur yozuvchining opasi
bilan tanish bolganlaridan g4irurlanishar, ha-
nuzgacha u bilan tanishish sharafiga muyassar
bolmaganlar esa bu kamchilikka xotima be-
rishga oshiqardilar. German Shmidt mamnuni-
yat bilan qollarini ishqalar edi, u hatto ustaxo-
nasi uchun yangi dastgoh ham buyurtirdi.
- Bu har qanday reklamadan ham yaxshi, -
derdi u, - pul ham sarflanmaydi.
- Uni mehmonga chaqirsak bolardi, - deb tak
lif kiritdi Meriyen.
Martin mehmon bolib keldi, ко‘tar a savdo qi
luvchi semiz go'shtfurush bilan hamda uning
o‘zi singari baqaloq rafiqasi bilan odob saqlab
suhbatlashib o'tirdi, bular juda boobro' odamlar
bolib, chunonchi, German Shmidt singari hayot-
da o‘ziga o‘zi yol ochayotgan yoshlarga foydalari
tegishi mumkin edi. Albatta, agar ovqatga mash
hur yozuvchi ham keladi, deb va’da qilishmagan-
Martin Iden
559
da, ular ikki dunyoda ham German
kiga oyoq qo'ymagan bolar edilar. Tinch okeani
velosiped shirkati agentligining bosh mudiri
aynan shu xo'rakka ilinib kelgan edi. German
Shmidt unga hadeb xushomad qilar, chunki
undan shirkatning Oklenddagi vakili lavozimini
olish niyatida edi. Xullas, German
o ‘z
turmush
tarzini yaxshilash maqsadida Martin Iden bi
lan qarindoshlikni tiklashga tayyor edi-yu, lekin
ko'nglida bu ishlaming qanday sodir bolganiga
hech tushuna olmasdi. Ko‘pincha yarim kecha-
da uyg'onib ketar va xotinini uyg'otib yubormas-
likka urinib, Martinning asarlarini o‘qir, ammo
har gal, bu kitoblarga faqat ahmoq odamlar pul
tolaydi, degan fikrga kelardi.
Martin pochchasining o‘zi haqida nimalar
oyiayotganini juda yaxshi tushunardi: u kursiga
yastanib, German Shmidtni kuzatib oiirarkan,
xayolan uning gardaniga musht tushirardi, eh,
o'ziga bino qo ‘ygan badbashara nemis, deb о “ylar-
di u ichida. Shunga qaramay, uning ba’zi bir ji-
hatlari Martinga yoqqan edi. U qanchalik kam-
bag‘al bolmasin, qanchalik tezroq boyishga urin-
masin, har holda, Meriyenning uy-ro zg or ishla-
rini yengillashtirish uchun uy xodimasi yollagan
edi. Martin ovqatdan so'ng velosiped shirkati
mudiri bilan gaplashib olib, Germanni bir chek-
kaga chaqirdi va unga Oklenddagi velosiped va
uning qismlarini sotuvchi eng yaxshi do Tconning
jihozlariga mablag' ajratmoqchi bolganini ayt-
di. Martin shu qadar saxiy bolib ketdiki, Ger-
manga, o'zingga yana bitta garaj bilan avtomobil
ustaxonasi ham qidirib top, dedi, chunki u ikkita
Shmidtni-
korxonani ham juda yaxshi boshqara olishi tur
gan gap edi.
Meriyen Martinni quchoqlab turib xayrlashar-
kan, ukasigajiqqayosh ko‘zlarini tikib, uni yaxshi
ko'rishini, uni doimo yaxshi ko‘rganini pichirlab
aytdi. Lekin oxirgi so'zlami aytayotganida biroz
duduqlanib qoldi va ko‘z yoshlari selday quyilib,
ukasini ustma-ust o‘pa boshladi. Martin opasi
bir vaqtlar undan shubhalangani va uni ishga
kirishga undagani uchun uzr so‘rayotganini tu-
shundi.
-
Bunaqada ukangning puli ko'pga chidamay-
di, - dedi German Shmidt kechqurun xotiniga. -
Foiz haqida gapirgan edim, chunonam achchigl
chiqib ketdiki! Nima deydi degin? Menga foiz u
yoqda tursin, kapitalning o‘zi ham kerakmas,
deydi. Bu haqda yana bir marta oglz ochsang,
shu malla boshingni pachaqlab tashlayman,
deydi. Ha, xuddi shunday: «Malla boshingni»
deb aytdi. Lekiniga u ishbilarmon bolmasa ham,
baribir, azamat yigit. Eng muhimi - juda katta
yordami tegdi menga!
Mehmonga chaqiruvchi taklifnomalar dolday
yogllardi, taklifnomalar ko‘paygan sari Martin
shuncha ko‘proq hayron bolardi. U eng eski
klublardan birining banketiga faxriy mehmon
bolib bordi, umrbod faqat eshitgan va kitob-
lardagina o‘qigan odamlar davrasida o‘tirdi. Bu
odamlar unga, «Transkontinental oylik jurnali»-
da «Qo‘ng‘iroq sadosi»ni, «Qovoq ari»da esa «Pari-
zod bilan marvarid»ni o'qib, buyuk adib dunyoga
kelganini darhol tushundik, deb aytardilar. «Tav-
ba, - deb o'ylardi Martin, - men bolsam, och-
560
Do'stlaringiz bilan baham: |