- Men maktabda o‘qiganman, - deb javob qildi
qiz.
- Bolaligimda men ham maktabga borgan-
man, - deb e’tiroz bildirdi ylgit.
- To‘g‘ri, lekin men o‘rta maktabni bitirgan-
man, keyin universitetga qatnaganman, leksi-
yalar eshitganman.
- Siz universitetda o'qiganmisiz? - deb Martin
oshkora taajjub bilan takror so'radi. Shu zahoti-
yoq ular bir-biridan million mil masofaga uzoq-
lashib ketdi.
- Men hozir ham o‘sha yerda o‘qiyman. Men
ingliz filologiyasidan maxsus kurs tinglayman.
Martin «filologiya» nimaligini bilmasdi, shunga
ko‘ra o‘z nodonligini tan olib so‘radi:
- Universitetga kirish uchun qancha vaqt
o'qisam boladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |