bilan ko'rishishni o'ylamang ham, - deb yozgan
edi u maktubning oxirida, - bu uchrashuv ik~
kovimizga ham, oyimga ham ju d a og'ir botadi.
Oyimni qattiq xafa qilib qo'yganimni shundoq
ham sezib turibman va hali-beri b u gunohimni
yuva olmasam kerak».
Martin maktubni oxirigacha o'qib chiqib, yana
bir sidra diqqat bilan o'qidi. Keyin o'tirib javob
yoza boshladi. U sotsialistlar namoyishida nima
deb gapirgan bolsa, hammasini batafsil yozdi va
gazetani eng vijdonsiz tuhmatchilikda aybladi.
O'zining aybsizligini isbotlash, izohlash, mak-
tub oxirida yolvoruvchi oshiq yigitning jo'shqin
nutqiga aylanib ketdi. «Menga albatta javob qi-
ling, - deb yozdi u, - faqat bir og'iz so'z - meni
Do'stlaringiz bilan baham: |