Shoshmay turing hali!
- Ana xolos, - dedi Martin, - bu yigitcha toyg‘oq
у о Id an ketayotganini hali ham tushunmabdi-ku.
Hali bu o‘z birodari haqida yolg'on-yashiq gaplar-
ni yozishga yozibdi-yu, bu ishining vijdonsizlik,
adabsizlik ekanini, erkak kishiga nomunosib ish
ekanligini negadir tushunmabdi.
- Nachora, menga tushuntirib qo'ying deb o‘z
oyog'i bilan kelibdi-yu, - deb gapga aralashdi
Brissenden.
- Ha, kelishga keldi-yu, lekin meni badnom
va sharm anda qilib bolib, keyin keldi. Endi
baqqolning menga nasiyaga mol berishdan bosh
tortishi turgan gap. Hammadan yomoni shuki,
bu bolapaqir to juda o‘tkir muxbir va g'oyat zo‘r
muttaham bolguncha shu yoldan ketaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |