Rost-da, bu talabalar erishgan ilmga nahotki u
erisha olmasa? Ular hayotni kitob orqali o‘rga-
nishgan, holbuki, Martin bevosita shu hayot-
ning ichida yashaydi. Uning boshi ham ilm bilan
limmo-lim, ammo bu ilm boshqa ilm edi. Bular
ning qaysi biri elkan tortishni, rul boshqarishni,
vaxtada turishni biladi? Hayotining xavf-xatar,
mardlik, muhtojlik va mehnat bilan tolgan sahi-
falari ko‘z oldidan bir-bir o‘ta boshladi. U hayot
maktabida imtihon berayotganida, boshidan ke-
chirgan barcha mashaqqatlarni esladi. Ha, har
holda, u yutqazgani yo‘q. Vaqti kelib, bu talaba
lar hayot bilan to‘qnashib, Martinning boshidan
kechirganlarini ко‘rs alar, ajab emas. Juda soz.
Do'stlaringiz bilan baham: |