va tam-tamlaming do‘pir-do‘piri ostida raqqos-
lar «gulu» raqsiga oyinga tushardi. Kishini lohas
qiluvchi tun har yoqni chulg‘ab olgan. Uzoqda,
yulduzlar charaqlagan osmon ostida, vulqon
kolankasi gavdalanardi. Solg'in oy odamlar
boshi uzra asta-sekin suzib borar, ufqda zamin
va samo qariyb tutashgan joyda esa tarozi yul-
duzi charaqlardi.
Martin go у о Eol arfasiga5 aylangandek boldi.
U o‘z hayotida ко‘rib, boshidan kechirgan narsa-
lar arfaning torlari, musiqa esa - shu torlarni teb-
ratayotgan shamol edikim, bu torlar titrarkan,
xotiralami uyg'otib, yangi orzulami tug'dirardi.
U shunchaki his qilibgina qolmasdi. Uning har
bir tuyg'usi muayyan bir shakl va rang kasb etar
Do'stlaringiz bilan baham: |