Martin Iden
351
ridagi po'rtanani eslatganidek, hozir professor
Kolduell ko‘z oldida botib borayotgan quyosh
nurlaridan qirmizi rangga boyalgan dengiz man-
zarasini va shimoli-sharqiy tropik shamol qu-
vayotgan oq ko'pikli tolqinlami keltirardi. Uning
ko'zi oldida har daqiqa sayin shu tarzda har turli
manzaralar paydo bolar, ammo ular Martinning
fikr yuritishiga xalal berish u yoqda tursin, ak-
sincha, uning mulohazalarini ravonlashtirardi.
Ana shu manzaralar, ilgari Martin boshidan ke-
chirgan hamma sarguzashtlaming, o‘z ko‘zi bi
lan ko'rgan va kitoblardan o'qib bilganlarining
aks sadosi edi hamda ular muttasil - hushyorlik
chog'ida ham, uyqusida ham miyasida g4ijg‘on
Cynashardi.
Mana endi Martin oqil va o'qimishli professor
Kolduellning ravon nutqini eshitarkan, beixtiyor
o'zining o‘tmishini esladi. U o'zining ilk yoshlik
davrini, Stetson fabrikasidan chiqqan shlyapani
boshiga yarimta qilib qo‘ndirib, egniga tugma-
si ikki yoqlama qadaladigan kurtka kiygan, yi-
rik-yirik qadam tashlab jnamvchi o^inqaroq yi
git qiyofasida ko‘rdi; bu yigitchaning birdan-bir
orzusi politsiya ruxsat etgan doiradan chetga
chiqmay, beboshlik, sho'xlik qilish edi. Martin
bu lavhalarni xotirlarkan, uning biron yerini
yumshatish yoki yoddan chiqarishni o^lamasdi
ham. Ha, u o‘z hayotining malum bir davrida
eng oddiy urishqoq, doimo politsiya bilan olishib
kelgan va ishchi mahallasining nomusli aholi-
siga dahshat solgan shaykaning boshligl edi.
Lekin endi uning orzulari o'zgardi. U atrofiga
qarab yaxshi tarbiya ko'rgan va bashang kiyin-
352
Jek London
Ш 5>
gan erkaklaru xonimlarga ko‘z yugurtirar, nafis
madaniyat havosidan nafas olarkan, shu choq
uning yoshlik davrini eslatuvchi sharpa, ikki
yoqlama tugmalanadigan kurtka kiyib, meh-
monxonaga yozilgan gilam ustidan alpang-tal-
pang yurib kelaverdi. Ana shu ko'cha bolalari
shaykasining bebosh boshlig‘i endi mana bu
Martin Idenga aylanib, hozir yumshoq kursida
universitet professori bilan bamaylixotir suhbat
qurib o'tiribdi.
Ochig'ini aytganda, Martin haligacha hayot-
da o'zining chinakam о‘mini topa olgani уоЪ. U
hamma yerda ham osonlik bilan odamlarga dar-
rov el bolib ketardi, doimo hammaning hurmati-
ni qozonar, negaki ishda ham, oyinda ham orqa-
da qolmas, o‘zini himoya qila olar, shu bilan bir
ga o‘ziga nisbatan hurmat uyg'ota olardi. Lekin
u hech hachon, hech qayerda ildiz ota olmasdi.
U o‘z o‘rtoqlarini xursand qila olar, lekin o‘zining
hech qachon ko'ngli tinchimasdi. Uni doimo al-
laqanday tashvish bezovta qilar, qulog‘iga doimo
uni allaqayoqlarga chorlovchi sado eshitilardi,
shuning uchun u to kitoblar, san’at va muhab
batga erishguncha orom topolmay butun umrini
darbadarlikda o‘tkazdi. Mana endi, kiborlar meh-
monxonasida o‘tiribdi —
о‘z in mg ilgarigi ulfatlari
orasida faqat u Morzlardek asilzodalar uyiga ba-
huzur kela bilardi.
Bu haqdagi mulohazalaming hech biri Martin
ning diqqat bilan quloq solishiga xalai bermasdi.
U hamsuhbatining tushuncha doirasi naqadar
keng ekanligini ко rdi. U, har holda, Spenser
tufayli bilimning umumiy asoslaridan boxabar