sini xayolidan quvib, qizning chehrasiga boqardi.
Bunday qizni u hech qachon ko'rmagan edi. U
bilgan ayollar... «и» ayollar darhol qizning yoni-
da saf tortib turdilar. U bamisoli abadiyatdek
tuyulgan bir lahza ichida, o'zini portretlar gale-
reyasiga kirib qolgandek his qildiki, bu yerda qiz
markaziy o'rinni egallagan, atrofida esa son-sa-
noqsiz ayollar uymalanardi, darhol ularning har
birini baholab, qiz bilan taqqoslash lozim edi.
Uning ko‘z oldida fabrikada ishlovchi ozgln va
rangi bo'zargan ayollar va shahar ko'chalarida
uchratgan sho“x qizlar, ulkan chorvachilik ran-
cholarida ishlovchi batrak ayollar va og'zidan
sigaretasi tushmaydigan meksikalik bug'doyrang
Do'stlaringiz bilan baham: |