Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
468
motorika va aniq arifmetik harakatlar yordamida chap yarimsharni rivojlantirishga
ko‘mak‖ beradi.‖ O‘ng‖ yarimshar‖ o‘ng‖ va‖ chap‖ qo‘llarni‖ ishlatish,‖ ‚xayol‛‖
(tasavvur)dagi ish davomida harakatga‖ keladi.‖ Mashg‘ulotlar‖ samarasi‖ o‘laroq‖
bolada‖ faollik‖ va‖ tashabbuskorlik‖ jihatlari‖ o‘sadi.‖ Bola‖ charchashdan‖ to‘xtaydi,‖
maktabdagi‖darslarni‖oson‖o‘zlashtiradi,‖ijodiy‖va‖texnik‖to‘garaklarga‖qiziqish‖bilan‖
qatnaydi,‖ xorijiy‖ tillarni‖ tez‖ o‘rganadi.‖ Bundan‖ tashqari,‖ bolada‖ mustaqillik,‖ o‘ziga‖
ishonch va yetakchilik sifatlari shakllanadi. Ayniqsa, biz o`qituvchilar o`quvchilarga
boshlang`ich‖ ta’limni‖ berar‖ ekanmiz,‖ o`quvchilarda‖ hisoblash‖ malakalarini‖
shakllantirish uchun bolaga eng qulay usullarni tanlab olishimiz va ularni darslarda
tadbiq etib borishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Matematika bolalarda tafakkur,
diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi.
Shuningdek, matematika o`quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi,
ularning o`z fikrlarini aniq, to`g`ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin
hozirlaydi. Matamatika kursining dastlabki savodxonlik davridayoq hisoblashda
barmoqlardan foydalanishni o`rgatib boramiz. O`quvchilar uchun barmoqlari
doimiy yordamchiga aylanib boradi. Keyinroq hisoblashning og`zaki va yozma
usullarini, sonlarning tarkibini mukammal organib bo`lishgach, hisoblash malaklari
avtomatizm darajasiga yetadi. Bunda o`z-ozidan‖o’quvchi‖hisoblashda‖barmoqlariga‖
ehtiyoj sezmay qoladi. Boshlang`ich‖ sinfda‖ ko`paytirish‖ jadvali‖ barchaga‖ ma’lum‖
bo`lgan‖an’anaviy‖usul‖-yodlatish orqali amalga oshiriladi. Lekin biz ikkinchi sinfda
ko`paytirish haqidagi bilimlarni berish jarayonida yana barmoqlarga murojaat
etishni lozim topdik. Bunda barmoqlar ishtirok etib, o`quvchilarning tez yod olishiga
va yodlarida uzoqroq saqlanishiga yordam beradi. Ko`paytirish jadvalini mukammal
yodlagan o`quvchi misol va masalalarni qiynalmasdan bemalol yecha oladi. Yodlash
qobiliyati barcha bolada bir xil emasligini biz yaxshi bilamiz. Bu usulni har bir
o`quvchi hech bir qiyinchiliksiz, oson o`rganib olishi mumkin. Bunga barmoqlarimiz
yaqindan‖yordam‖beradi.‖Kichik‖barmog’imizdan‖yuqoriga‖qarab‖6,7,8,9‖deb‖nomlab‖
olamiz.‖ Bizga‖ 7×8‖ kerak‖ bo’lsa,‖ bitta‖ qo’limdan‖ 7,‖ ikkinchi‖ qo’limdan‖ 8‖ ni‖
birlashtiraman.‖Birlashgan‖barmoqlarimdan‖o’zi‖va‖pastki‖barmoqlarni‖sanayman,‖5‖
ta‖ barmoq,‖ ‖ 5×10=50,‖ yuqoridagi‖ barmoqlar‖ bir‖ tomondagi‖ 3ni‖ ikkinchi‖ tomondagi‖
2ga‖ ko’paytiramiz,‖ 2×3=6,50+6=56,7×8=56‖ ‖ ‖ ‖ Yana,‖ 9×7ni‖ topish‖ kerak‖ bo’lsa,‖ bir‖
kaftdan 9ni, ikkinchi kaftdan 7ni birlashtiramiz. Birlashgan barmoqlardan pastki
qismini‖sanaymiz,‖6‖ta.‖6×10=60,‖Yuqori‖qismi‖1ni‖3ga‖ko’paytiramiz.‖1×3=3,‖60+3=63.‖
Demak,9×7=63.
Sinf‖xonasida‖o‘tishga‖mo‘ljallangan‖bu‖kabi‖mashg‘ulotlar‖hamma vaqt ham
mental hisob-kitobga asoslanmaydi. Bunda bolalar bir-biri‖ bilan‖ o‘zaro‖ muloqot‖
qilish,‖raqs‖tushish‖va‖qo‘shiq‖aytishga‖o‘rgatiladi.‖Bir‖so‘z‖bilan‖aytganda,‖bu‖turdagi‖
barcha‖ mashg‘ulotlar‖ asosida‖ miyaning‖ har‖ ikkala‖ yarim‖ sharlarini‖ doimiy‖
rivojlanishi‖ kuzatiladi.‖ Bolalar‖ uchun‖ aqliy‖ arifmetikaning‖ asoslarini‖ o‘rgatish‖
ularning‖fikrlashlariga‖o‘zining‖ijobiy‖samarasini‖ko‘rsatadi.‖Biroq,‖shuni‖unutmaslik‖
kerakki,‖bu‖kabi‖mashg‘ulotlar‖mutaxassis‖tomonidan‖amalga‖oshirilishi‖lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |