ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ТАРАҚҚИЁТИДА ДИНИЙ-МАЪРИФИЙ СОҲА ИСТИҚБОЛЛАРИ
1-БОБ. Мустақиллик арафасида диний-маърифий соҳада: тараққиёт муаммолар ва ечимлар.
1.1. Мустақиллик арафасида диний-маърифий соҳадаги ҳолат ва унинг сабаблари.
1.2. Диний–маърифий соҳа ҳуқуқий базасининг яратилиши ва бу бўйича амалга оширилган дастлабки ишлар.
1.3. Ўзбекистон ҳудудидан етишиб чиққан Буюк алломаларнинг диний-фалсафий ва маънавий-маърифий тафаккури соҳада қолдирган меросини ўрганиш.
1.4. Муқаддас қадамжоларни тиклаш уларни янада ривожлантириш бўйича амалга оширилган тадбирлар.
II-БОБ. Ўзбекистон тараққиётининг янги босқичида диний-маърифий соҳанинг ривожланиши, хусусиятлари ва кўринишлари.
2.1. Диний-маърифий соҳа ҳуқуқий базасининг янада такомиллаштирилиши.
2.2. Соҳа моддий-техника базасини ривожлантириш тадбирлари.
2.3. Ислом дини таълимотини ўрганиш ва тарғиб этишга ихтисослаштирилган Илмий Марказларнинг ташкил этилиши ва уларнинг фаолияти.
2.4. “Жаҳолатга қарши – маърифат”
III-БОБ. Диний маърифий соҳада амалга оширилган халқаро ҳамкорлик.
3.1. Ислом ҳамкорлик ташкилоти билан ҳамкорликнинг йўлга қўйилиши.
3.2. Халқаро илмий марказларлар билан ҳамкорлик.
3.3. Ислом динини ўрганиш ва уни тадқиқ этиш бўйича Ўзбекистонда ўтказилган халқаро анжуманлар ва уларнинг натижалаp
Kirish
«Jamiyatni maʼnaviy yangilashdan koʻzlangan bosh maqsad yurt tinchligi Vatan ravnaqi xalq erkinligi va farovonligiga erishish komil insonni tarbiyalash ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik diniy bagʻrikenglik kabi koʻp-koʻp muhim masalalardan iborat…Endigi eng dolzarb vazifamiz bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish oʻquvchilarimiz talabalarimizga keng jamoatchilikka sodda loʻnda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va joʻshqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat>>
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ,,Iftixor‘‘ nashrining muhbiri bergan savollarga quydagicha javob bergan edi.Darhaqiqat, jadal bilan rivojlanib borayotgan axborot davrida,insonlarning moddiy ehtiyojilari qondirilib ammo, manaviyatida va ruhiyatda bo‘shliq paydo bo‘lgan bir bir davrda yashamoqdamiz. Chuqur o‘ylab qaralsa Prezidentimizning yuqoridagi fikrlari naqadar dolzarbligini tushunishimiz mumkin. Istiqlolning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar diniy-ma‘naviy sohada bosqichma-bosqich islohotlar davom etib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham diniy-ma‘naviy sohani rivojlantirish orqali yoshlarda turli dinlarning kelib chiqishi taraqqiyoti tarixi taʼlimoti asosiy manbalari hamda hozirgi davrdagi holati ,maʼlum xalq hayotida tutgan oʻrni haqida umumiy- ilmiy tushunchalar berib ,ularda mazkur din vakillarini har tomonlama chuqurroq tushunib yetish va ular bilan muloqot qilishda oʻzlarining buyuk maʼnaviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun yetarli bilim bilan boyitishdan iborat.
Oʻzbekistonning ilgʻor madaniy va maʼnaviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish ayni vaqtda bu hududdagi ilk zamondan hozirgi kunga qadar mavjud boʻlib kelgan dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi,tadrijiy taraqqiyotini oʻrganish yoshlarda va keng jamoatchilikda Vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish ,uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuygʻularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi qilinayotgan ishlar yoshlarda( talabalarda,o‘quvchilarda v.b) din uning turli shakllari,taʼlimotlari yoʻnalishlari mazhablari haqida toʻgʻri ilmiy xulosalar chiqara oladigan diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan toʻgʻri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik,Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi koʻrsatmalar, qoidalar dasturulamal boʻlib xizmat qilishi lozim. Din va qonun oʻzaro munosabatlarini yaxshi bilish Respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.Shuning uchun ham mamlakatimizda talabalarga dinshunoslik fanini oʻqitish muhim masalalardan biriga aylandi.Ushbu fan boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish buning uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish chet ellik mutaxassislar bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mazkur ishni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda fuqarolarda jumladan, yoshlarda din,uning mohiyati, inson hayotidagi o‘rni xossatan, islom dini, uning kelib chiqishi,payg‘ambarlar,sahobalar, tobeinlar,tabatobienlar hayotini o‘rgatish,ularga tanishtirish ularda milliy g‘urur, milliy ongni shakillantirish, xar xil bitat,xurofotlardan xoli bo‘lgan dunyoqarashni shakillantirish juda muhimdir. Yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘zga dinlarga va ularning vakillariga nisbatan xurmat tuyg‘usini shakillantirish ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |