DORI MODDALARINING TASIRI VA DAVOLASH TURLARI
1. Mahalliy tasir-dorining shifobaxsh tasiri qoyilgan, ishlatilgan joyda yuzaga chiqadi. Masalan, mikroblarga qarshi malhamlar, primochkalar, chayish, tomchilar kabi moddalarning kopchiligi toqimalarda yuzasiga mahalliy tasir korsatadi. Mahalliy tasir degan tushuncha nisbiy bolishi mumkin, chunki mahalliy tasir kuchi qollaniladigan dorilar kop bolsa ham shikastlangan teri (bazan esa shikastlanmagan teri), shiliq pardalar orqali qonga sorilishi mumkin.
2. Rezorbtiv tasir-dori moddalarninig qonga sorilgandan keyingi (resorbtion-sorilish) tasiri.
Mahalliy hamda rezorbtiv tasir orqali dori moddalar bevosita, bilvosita hamda reflektor tasir korsatishi mumkin.
3. Dori moddalar togridan-togri xasta azoga shifobaxsh tasir korsatadigan bolsa, bevosita tasir deb ataladi. Dori moddaning biror azoga bevosita tasiri tufayli boshqa azolarning faoliyati yaxshilansa, bilvosita tasir deyiladi. Masalan, yurak glikozidlari bilan davo qilishda bevosita tasir tufayli yurak faoliyati yaxshilanadi, natijada ularning bilvosita tasiri kelib chiqadi, buyraklarning siydik xaydash faoliyati oshadi.
4. Reflektor tasir-dori moddalar teri, shiliq qavat hamda, boshqa yollar bilan qollanilganda toqimalardagi nerv retseptorlari (sezuvchan nerv oxirlari)ni qozgatishi natijasi paydo boladi. Qozgalish tegishli nerv markazlariga yoki ichki azolarga otib, ularnig holatini ozgartiradi. Masalan, ogizga achchiq moda solinganda tamni sezish retseptorlari tasirlanadi. Tasirlanish markaziy nerv sistemasiga, songra reflektor yoyining pastga tushuvchi qismi boyicha medaga otkaziladi. Achchiq moddalarning reflektor tasiri natijasida meda bezlarining faoliyati ortadi va ajralib chiqadigan meda shirasining miqdori kopayadi. Masalan, ammiak (novshadil spirti) bugi yuqori nafas yollari shiliq qavatidagi sezuvchan nerv oxirlarini tasirlaydi va refleks orqali uzunchoq miyadagi nafas va qon-tomir markazini qozgatib, ushbu azolar faoliyatini oshiradi.
5. Asosiy tasir deyilganda biror moddani qollaganda birinchi navbatda royobga chiqadigan tasir tushuniladi.
6. Tanlab tasir korsatish-dori moddalar bir erda joylashgan retseptorlarga tanlab tasir qilinadi. Masalan, yurak glikozidlari miokardga, gipofizning oksitotsin gormoni bachadonga, adrenalin adronoretseptorlarga tanlab tasir korsatadi.
7. Asliga qaytuvchi va asliga qaytmas tasir. Agar dori moddalrai qisqa muddat tasir etsa, tasiri kuchli bolmasa, azo va toqimalarda deyarli katta ozgarishlar roy bermagan bolsa, oradan birmuncha vaqt otgach, azolar yoki toqimalar holati tiklana boshlaydi, dori moddalarning tasiri yoqoladi, bu asliga qaytar tasir deb ataladi. Farmokologik tasirning kop dori moddalarining juda muhim xususiyatidir. Bazi dorilar bemorlarga yuqori miqdorda qollanilganda toqimalar holati jiddiy ozgarishlarga uchraydi, yani ularning bundan keyingi faoliyati toxtab qoladi-qaytmas tasir korsatadi. Masalan, ogir metal tuzlarining kuchsiz eritmalari asosan burishtiruvchi tasir korsatadi-bu qaytar tasirdir, shu moddalarning yuqori konsentratsiyasi odatda kuydiruvchi, qaytmas tasir korsatadi, natijada toqimada qaytmaydigan ozgarishlar sodir boladi.
8. Nojoya tasir. Dori moda asosiy tasir korsatishi bilan birga boshqa azo va toqimalarda nojoya tasir korsatadi. Masalan, alkoid atropinning asosiy tasiridan biri oshqozonda yara bolganda sekretsiyani kamaytiradi, shu bilan birga atropin qollanilganda ogiz quriydi, yurak urishi tezlashadi va hokazo, bular osha moddani nojoya tasiri hisoblanadi. Kongil aynishi, qusish holatlaribazi sulfanilamid moddalarning nojoya tasiri oqibatidankelib chiqadi. Ayrim hollarda dorilarning nojoya, yani asta-seken zaharlovchi tasiri juda kuchli boladi, hatto bularni qollashdan voz kechishga, boshqa turdagi moddalarni qollashga togri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |