YANGI TURDAGI MUQOBIL ENERGIYA MANBAI (ELEKTROGENERATOR)
N.Y. Yunusaliyev, B.M. Ergashev, M.I. O’rinboyev,
A.K. Tojimuhammadov, U.X. Pazliddinov
Andijon davlat universiteti. 170100 Andijon, O’zbekiston.
e-mail: ergashev_b1997@mail.ru
Jamiyat va davlat hayotining juda tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan sohalari elektr energiyasini isteʼmol qilish hajmining ortishi bilan chambarchas bogʻliq. Aholi farovonligining oshishi, maishiy turmushda tobora koʻp elektr uskunalaridan foydalanish munosabati bilan elektr energiya isteʼmoli ham ortib bormoqda. 1990 - yildan 2018 - yilgacha bo‘lgan davr mobaynida elektr quvvati bilan ta’minlangan aholi soni 2,4 milliardga ko‘paydi, biroq dunyo aholisining oshishi bilan birga arzon energiyaga bo‘lgan ehtiyoj va talab ham oshib boradi. Dunyo iqtisodiyotining qazib olinadigan yoqilg‘ilarga bog‘liqligi va atmosferaga chiqib ketuvchi issiqxona gazlari hajmining ko‘payishi tufayli yer sharimizning iqlim tizimida bir qator tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur o‘zgarishlar dunyoning barcha qit’alariga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelyapti. Shuningdek, hanuzgacha har bir beshta insonning bittasi to‘laqonli va ishonchli elektr ta’minotidan mahrumdir. Elektr quvvatiga bo‘lgan talab butun dunyo bo‘ylab o‘sib borayotganini inobatga olgan holda, muqobil energiya manbalarini qidirish, topish mavjudlarini samaradorligini oshirish talab qilinmoqda. Shuning uchun, bu maqolada elektromagnit induksiyasini hodisasi orqali harakat davomidagi kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi optimal generator qurilmasi keltirilgan.
Bu generator ekologik sof, iqsodiy jihatdan anchagina arzon, qurilmasi sodda va ishonchli hisoblanadi. Bu qurilma eloktromagnit maydon energiyasidan oqilona foydalanishga mo’ljallangan. Induksion tok generatori inson harakati davomidagi kinetik energiyani elektr energiyaga aylantiriladi. Yo’lak generatorlari aholi gavjum yo’lkalarga o’rnatiladi. Generatorning qo’zg’almas qismiga mis simlar o’rami joylashtiriladi, harakatlanuvchi qismiga doimiy magnit o’rnatilib, u inson har bir qadami davomida harakatga keladi va magnit oqimi o’zgarishini ta’minlaydi. Bu esa induksion tok oqimini hosil qiladi. Harakat takroriyligini taminlash uchun prujinalardan foydalaniladi. Hisoblashlarga ko’ra yo’laklarga o’rnatilgan qurilmada har bir qadamda 0,5 J energiya yig’iladi [1]. Yo’lak generatorlarining foydali ish keoffitsientini oshirish maqsadida ko’p qavatli binolar zinalariga o’rnatish maqsadga muvofiq. Zinalar chap qismi (devor bilan himoyalanmagan qismi)da harakat takroriyligini ta’minlash uchun prujinalardan emas, balki richagdan foydalaniladi, richakning yelkalari bir-birlaridan farq qilishi zarur. Yelkalar farqi orqali magnit oqim o’zgarishini yanada ortirishga erishamiz. Zamonaviy inshoatlar parallel zinalari oraliq masofasini hisobga olgan holda, katta yelka parallel zinalar orarasiga, kichik yelka zinaning chap qismi chetida joylashtiriladi. Bunda bir harakat bilan oyoq ostidagi va parallel zinalar orarasigi magnitni ham harakatga keltiradi. Bu bilan yo’laklarlarga o’rnatilgan induksion tok generatorli yo’lak generatorlariga qaraganda 2 barobar ko’proq elektr energiyasini olish imkonini beradi. Bu qurilmadan foydalanib yo`lak generatorlariga qaragabda 2 barobar ko`prok elektr energiya olish maqsadida ketma-ket zinalar holati biroz o’zgartiriladi,ya’ni ketma-ket zinalar orasidan elektrogeneratorlardan foydalanish uchun maxsus joylar ajratiladi. Bu orqali zinaning ixtiyoriy qismida yo’lak generatorlariga qaraganda 2 barobar ko’p elektr energiyasi yig’iladi va qurilmaning qo’llanilish ko’lami ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
http://www.altenenergiya.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |