Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.11.2020 y. kuchga kiritilgan.
(11.11.2020 yil №0711/20/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«Kun» va «Kun+», «Hafta» va «Hafta+» internet - paketlari
Paketlarning nomi
Kun
Kun+
Hafta
Hafta+
Bepul trafik, Mb
30
150
100
400
Tas-ix, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun mo’ljallangan trafik*
30
150
-
-
Ulanish narxi, so’m:
1 900
4 900
6 900
11 900
Ulanish kodi
*110*0*16#
*110*0*17#
*110*0*18#
*110*0*10#
*110*0*19#
O’chirish kodi
*110*0*31#
Ulanish uchun hisobdagi minimal miqdor, so’m:
2 000
5 000
7 000
12 000
Mb qoldig’ini tekshirish kodi
*103#
Tas-ix, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun Mb qoldig’ini tekshirish kodi
*101#
* Facebook, Odnoklassniki, Tas-ix va Telegram, Viber, Whatsapp uchun MB.
Izoh:
- «Kun» paketi bo'yicha taqdim etilgan trafik joriy kunning oxirigacha amal qiladi. Paket ulangandan so’ng har kuni (abonent «Kun» paketini o'chirish kodini termagungacha) abonentga trafik taqdim etiladi va abonent
to'lovi yechiladi;
- «Kun» paketi bo'yicha taqdim etiladigan trafik avvalgi trafik bilan jamlanmaydi va paket bo'yicha yangi trafik taqdim etilganda avvalgi trafik bekor bo’ladi;
- «Kun» internet-paketi bo'yicha abonent to'lovining yechilishi va internet-trafikning taqdim etilishi har kuni 00.00 dan 06.00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi;
- Raqamning faol bo'lmagan holatida yoki blok holatida oxirgi xarid qilingan «Kun» paketining muddati o'zgarmaydi, paket uchun abonent to'lovi yechilmaydi, megabaytlar taqdim etilmaydi;
- Abonent raqamni blok holatidan chiqarganda «Kun» paketi uchun to'lov yechib olinadi va trafik taqdim etiladi.
- «Kun» internet-paketi o’chirilganda, undagi trafik qoldig'i bekor bo’lmaydi va trafik taqdim etilganda belgilangan muddatgacha amal qiladi. Agar abonent balansida «Yangi Oy», «Oy», «Kun+», «Hafta», «Hafta+» internet-
paketlari bo’yicha internet trafik borligida «Kun» internet-paketi o'chirilsa unda «Kun» paketidan ishlatilmay qolgan trafik ushbu paketlarning qoldig’i bilan jamlanadi. Qaysi paketda amal qilish muddati ko’proq bo’lsa
o’sha muddat qoladi;
- «Kun» paketiga ulangan holda qaytadan «Kun» paketini ulash imkoniyati mavjud emas;
- «Kun» paketi ulangan vaqtda «Kun+», «Hafta», «Hafta+», «Yangi Oy», «Oy» va «Oy+» («Oy+» paketlarini 31.07.2020 y. sanasigacha ulanish mumkin) va «Super Oy» internet-paketlarini ulash imkoniyati mavjud.
«Kun» internet paketining trafiki boshqa paketlarning trafiki bilan jamlanmaydi va trafikning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, teskari variantda ham amalga oshmaydi. Mblar sarflanishi birinchi navbatda «Kun» paketidan,
keyin esa boshqa paketlardan bo’ladi;
- «Kun+» paketining amal qilish muddati, ulangan kundan boshlab 1 kun ni tashkil etadi. Paket faollashtirilgan kundan boshlab 1 kun o’tmasdan yangisini faollashtirish amalga oshirilmasa, ishlatilmasdan qolgan trafik
bekor bo’ladi;
- «Hafta» va «Hafta+» paketining amal qilish muddat, ulangan kundan boshlab 7 kun ni tashkil etadi. Paket faollashtirilgan kundan boshlab 7 kun o’tmasdan yangisini faollashtirish amalga oshirilmasa, ishlatilmagan trafik
bekor bo’ladi;
- agar paketlardan foydalanilmagan trafik mavjud bo'lsa va «Kun+», «Hafta», «Hafta+» internet-paketlari ulangan bo'lsa, ulangan Mbning amal qilish muddati oxirgi yoqilgan paket shartlariga muvofiq 1 kun yoki 7 kun
belgilanadi;
- taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, internet trafikning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq baholanadi;
- sarflanmagan trafikni tekshirishda ma’lumot kilobaytlarda aks etadi. Tarif rejani yoki raqamni o’zgartirganda ham internet paket saqlanib qoladi;
- TAS-IX uchun megabaytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ma'lum bir IP-manzillar paketi doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi). Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar egalari tomonidan
IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kiritilmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-
serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi.
- Paketlar «Shifokor», «Bolajon» va «ProInternet» tarif rejalari turkumida amal qilmaydi.
- Barcha paketlar faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |