Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to’lovchida tuzatish kiritiladi:
- tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
- bitim shartlari o’zgartirilganda;
- baholar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Soliq solinadigan bazaga Soliq Kodeksining 233-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish Soliq Kodeksining
233-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura yoki Soliq Kodeksining 233-moddasi birinchi qismida ko’rsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |