Янги солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар белгиланишини, имтиёзлар тўлиқ ёки қисман бекор қилинишини, солиқ солинадиган база оширилишини назарда тутувчи солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатлари улар расмий эълон қилинган пайтдан эътиборан камида уч ой



Download 1,33 Mb.
bet84/130
Sana14.07.2021
Hajmi1,33 Mb.
#119119
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

Soliq davri uchun yer solig’ini to’lash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga ikki marta teng ulushlarda amalga oshiriladi:

- hisobot yilining 15 iyuniga qadar;

- hisobot yilining 15 dekabriga qadar.
3. Yagona yer soligi va uning xisoblash xususiyatlari

Yagona yer solig’ini to’lovchilar quyidagilardir:

- qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;

- qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo’jaliklari va ta‘lim muassasalarining o’quv-tajriba xo’jaliklari.

Bir vaqtning o’zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:



- er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar;

- qishloq xo’jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o’zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar;

- qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo’jaligi mahsulotini o’z ichiga oluvchi qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.

Yangi tashkil etilgan qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e‘tiboran yagona yer solig’ini to’lovchilar bo’ladi.

Quyidagilar yagona yer solig’ini to’lovchilar sifatida qaralmaydi:

- o’rmon va ovchilik xo’jaliklari;

- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari.

Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llash uchun soliq to’lovchi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o’tgan soliq davrida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotining o’zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko’rsatilgan ma‘lumotnomani taqdim etadi.

Yagona yer solig’ini to’lashdan umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tgan soliq to’lovchi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha u umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadi.

Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to’lovini to’lashga o’tgan yagona yer solig’ini to’lovchi faqat navbatdagi soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer solig’ini to’lashga o’tishga haqlidir.

Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo’jaliklari va ta‘lim muassasalarining o’quv-tajriba xo’jaliklari faoliyatning yagona yer solig’ini to’lash tatbiq etiladigan qismi bo’yicha soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.

Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig’i to’lovchi mazkur faoliyat turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.

Soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning boshqa turlari bo’yicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona soliq to’lovi to’lashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan soliq to’lovchi umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tishi kerak.

Yagona yer solig’ini to’lovchilarining boshqa daromadlari qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog’liq daromadlar sifatida qaraladi hamda ularga soliq solinmaydi, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno.

Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig’i to’lovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo’yicha soliq solinadi.

Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo’jalik pudratiga) berilganida yagona yer solig’ini to’lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo’jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish ob‘ektidir.

Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir.

Yer uchastkalarining normativ qiymati belgilanmagan qishloq xo’jaligi tovari ishlab chiqaruvchilari uchun soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni soliq solinadigan bazadir.

Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo’lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.

Yuridik shaxslarda yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko’paytiriladi.

Yagona yer solig’ini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:



- yangi tashkil etilgan qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xo’jaliklari bazasida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga tatbiq etilmaydi;

- ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlari - yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e‘tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.

Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar - yagona yer solig’i to’lovchilarga Soliq kodeksida e‘tirof etilgan soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradigan yerlardan imtiyozlar tatbiq etiladi.




Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish