2.2. Pedagogik texnologiyada samaradorlikni ta’minlash, darsni to‘g‘ri rejalashtirish va
oldindan loyihalashning o`ziga xosligi
O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni shunday
rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va
boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga
chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining
guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni
quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.
1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani
o`rganishlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.
3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.
4.O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini
ta'minlamaydi.
5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning
samarali vositasi bo`la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida
ishlanishi lozim.
29
Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos
bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga
o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni
eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi.
Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha
elementlarni o`z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin.
1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi,
ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v)
darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi.
2. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan
o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks
ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida
ko`rsatiladi.
Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi
bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.
Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
1.Mo`ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma
materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo.
2.Maqsad - talabalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara
oladi(malaka). Ular o`qituvchiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to`rini
bajarib ko`rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi.
3.Kirish - o`qituvchi talabalar o`rganishi lozim bo`lgan materialni belgilaydi,
kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini ko`rsatadi.
4. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o`qituvchi o`rganilayotganlarni va natijada
o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi.
5. Amaliy boshqaruv-o`qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka
egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko`rish sezgilarini
ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
6.Tushunchalarni tekshirish-o`qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik
tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi. Agar
olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.
7.Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat
yaratadi. Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar.
8.Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o`z ishlarini, o`rganganlarini
o`qituvchiga so`zlab berish, namoyish qilish orqali ko`rsatadilar.
30
Amaliy mashqlar yoki rolli o`yin. Topshiriq.
1. O`z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.
2. Mo`ljalni belgilang:
a) talabalarga nimani o`rgatmokchisiz?
b) qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?
v) qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz?
3. Maqsadni aniqlang.
a) talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?
4. Kirish.
a) dars materialini belgilang.
b) kontseptsiyani ishlab chiqing.
5. Modellashtirish.
O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan faoliyat to`rini ko`rsating yoki grafikasini
chizing.
6. Amaliy boshqaruv.
O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring.
7. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang.
8. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang.
9. Darsni tugallang.
Talabalar o`rganganlarini namoyish qilsinlar.
Darsni o`tkazish modeli. Darsni o`tkazish modelini uchta kategoriyaga bo`lish mumkin.
1. Ko`rgazmali izchillik.
2. Dars sxemasi.
3. Asosiy texnologik karta.
Bular og`zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko`nikma va malakalar shakllanishini
ta'minlovchi ta'sirlardir. Buni dars davomida og`zaki tushuntirishlar (ya'ni, eshitish) yoki
harakatli ko`rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish
mumkin.
Darsda belgilangan vazifalar tahlili. O`qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan
rejadagi sifatlarni bolalarga o`rgatish va ularda shu ko`nikma va malakalarni qanday
shakllantirish yo`llarini izlashi lozim. Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur
etib, bu ko`nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo`ladi. Shundan keyingina o`qituvchi
har bir qismni ko`rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko`nikmani o`quvchi egallashini
ta'minlaydi.
31
Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha
ko`rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars
jihozi hisoblanadi.
O`qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo`yishi
o`qituvchidan unutgan qismini qayta so`rashi mumkin. Masalan, men 4 - qismni unutdim,
mumkin bo`lsa menga yana bir ko`rsating. Shundan keyin o`qituvchi talabaga eslatish uchun
individual yordam beradi. Yoki talaba ko`rsatilgan ko`nikmani bajarayotganda o`qituvchi yo`l
ko`rsatib turadi. Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan
boshlab bajaring. Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo`lgan
ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.
O`qituvchi ishni yaxshi bajargan o`quvchilarni rag`batlantiradi. Doktor Fred Jones dars
dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi elementni qo`shdi. Bu
quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo`li talabalarning o`z faoliyatini
tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada
ko`proq ko`nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga
erishadilar. Buning birdan - bir yo`li “hamroxingga o`rgat” metodini qo`llashdir.
Uni qo`llash yo`li quyidagicha:
1.Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish kerak.
2. Darsni o`tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor
birinchisiga modeldagi qismni o`rgatadi.
3. O`qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo`li bilan
keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi. Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va
ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi.
4. O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi. U
modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni suraydi. Shunday yo`l bilan o`qituvchi
hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi.
5. O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo`yicha bir - biriga o`rgatishni
aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko`rsatadi.
O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi.
6. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.
Bu usul talabalarni bir - biriga va o`ziga talabchan bo`lishga, ishini tanqidiy baholay
bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi.
Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni belgilashdan oldin
o`qituvchi o`quvchilar bajarishi va o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi
zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib
32
ko`rsatilishi kerak.
An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga
majbur etish o`qituvchi uchun zararli bo`lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini
bug`adi, o`qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik
mahoratning shakllanishiga halaqit beradi. Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim.
Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini
beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi.
Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun
ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota - onalar, talabalar va hokazo).
Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar. O`qituvchilarni
bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar.
Ularning ayblovlarini ko`pincha o`qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o`qituvchi uni
ayblovchi ota-onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Masalan, o`qituvchi o`quvchiga ertagacha kontinentlarni o`rganib kelish topshirig`i-ni
bergan. Ota-onadan o`quvchi yordam so`raganda ular topshiriq nima haqidaligini
tushunmaydilar:
Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga
qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga,
nisbatan yo`nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo`lsa qaysi
ro`yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba'zi ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent
deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya
kompleksiga kiritadi.O`qituvchi bergan topshiriq asosida o`quvchi darslikda keltirilgan
nomlardan foydalanish kerak.
Boshida hech kim o`quvchi ham, ota-ona ham buni bilmagan. Achinarlisi shundaki,
o`quvchi imtihongacha ham buni bila olmay, imtixonda yomon baho olgan va qayta topshirish
imkoniyatiga ham ega bo`lmagan.
Yana bir misolga diqqatingizni qaratamiz. Prezidentning Oliy Majlis IX sessiyasidagi
nutqini o`rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modeldan aynan nimani o`rganishni bilmaydi
va Prezidentning nutqini yodlab oladi. O`qituvchi esa yozma ish oladi. Yozma ish talabiga ko`ra
matndagi tushirib qoldirilgan so`z va gaplarni joyiga qo`yib grammatik qoida asosida to`g`ri
yozishi kerak.Talaba nutqni biladi, lekin grammatik qoida asosida vazifani to`g`ri bajara
olmaydi. Natijada yana yomon baho.
Xulosa qilib aytganda o`qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun
tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o`rgatiladi va u qanday ko`nikma hosil qilishini ajratib
ko`rsatish va natijani mo`ljallashi lozim.
33
Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi.
Ba'zida esa belgilangan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad
aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak.
Talabalar xatti-harakati maqsadini to`g`ri belgilash darsdagi o`qituvchi - o`quvchi,
o`quvchi - o`qituvchi o`zaro alokalarining to`g`ri va samarali bo`lishiga yordam beradi. Darsda
xatti-harakat maqsadlarini to`g`ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-harakatlarni tushuntirishni
ham osonlashtiradi.
Talabalar xatti-harakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o`quv rejalari va dasturlarini
tuzishda ham asos vazifasini o`tashi lozim. Shuningdek, xatti-harakat maqsadlari talaba
o`rgangan ko`nikmalarni namoyish qilishida ham aks etishi lozim.
Ta'lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va
talabalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-harakati, ko`nikma va malakalarida
qanday o`zgarishlar bo`lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir o`qituvchi yoki talaba maqsadni
aniqlashda bunga etibor berishini va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallashi lozim.
Xatti-harakat maqsadi dars rejasidagi markaziy nukta. O`qituvchi xatti-harakat maqsadini
belgilar ekan ta'lim jarayonida u nimaga ega bo`ladi, talabaning xulqida qanday sifatlar paydo
bo`ladi, sinf xonasida nimalar bo`ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad
amalga oshganda talaba o`qituvchiga nimalarni ko`rsatishi yoki bajara olishini namoyish qiladi.
O`qituvchi esa o`rganilganlar asosida xulosa chiqarishi va baholashi zarur.
Har qanday xatti-harakat maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi
lozim bo`lgan xatti-harakat shart-sharoitlari, ularni aniqlovchi fe'llar va ularning talaba xatti-
harakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - dars rejasining markaziy qismi.
Bu o`rganilganlar natijasining tafsiloti va darsning barcha qismlarining asosi hisoblanadi.
Shuningdek, darsni baholash mezoni, darsda o`qituvchi nimalarni amalga oshirishni
mo`ljallashga ham yo`llanmadir. Maqsadsiz darsda nimalarni amalga oshirishni aniqlash qiyin .
Xatti-harakat maqsadini belgilash uchun darsda o`rganilishi lozim bo`lgan materialning
o`ziga xos xususiyatini tushunish va shu asosda ish ko`rish lozim. Xatti-harakat maqsadining
tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chikamiz.
1. Shart-sharoit bu talaba xatti-harakatida jamlanishi lozim bo`lgan sifatlarning
shakllanishi uchun talabaga beriladigan material, imkoniyat, rahbarlik yo`llari va boshqalar.
Talaba o`zlashtirishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar shart-sharoitlar doirasida tushunarli bo`lishi
va natijada namoyish etilishi kerak.Shart oddiy topshiriqlardan iborat ham bo`lishi mumkin.
Masalan: talabaga biror - bir narsani qilish uchun og`zaki yoki yozma topshiriq beriladi. Bu
shartni bajarish uchun sharoit ham yaratiladi, ya'ni karta, nomerlar, karra jadvali, badiiy material
yoki shu shartni bajarishga oid qanday materiallar zarur bo`lsa ular beriladi.
34
E'tibor bergan bo`lsangiz yuqorida talabalarning harakat bajarish uchun namuna
berilmaydi yoki yo`llanma ko`rsatilmaydi. Maqsadni bajarish uchun beriladigan yo`llanma
boshqa muammo. Bu yerda faqat talaba bajarishi lozim bo`lgan xulqning shart-sharoitlariga
dikkat qaratiladi holos.
Har qanday xatti - harakatning samarasi undagi shart - sharoitning to`g`ri aniqlanishiga
bog`liq.
2.Fe'llar. Fe'llar talabalarning xatti - harakatida yangiliklarni shakllanishiga sabab
bo`ladigan ta'sir so`zi. Biz talabalarga bilimlarini o`rgatamiz. O`rganilganlar asosida nimalarni
tushunganlarini, u yoki bu masalaga qanday baho berayotganlarini bilmaymiz. Chunki
tushunchalarni ko`rib bo`lmaydi. Faqat ular talabaning ma'lum bir vaziyatda u yoki bu
topshiriqni qanday bajarganlarida biror masalani baholayotganlarida ko`rinadi. Shuning uchun
ham fe'llar talaba bajarishda ko`zatishi, yozib berishi yoki bir narsani yaratishni ifoda etuvchi
harakatlarini ifodalaydi.
Bular birgalikda xatti - harakat maqsadiga asoslanadi. Agar maqsad tushunarsiz,
bajariladigan ishlar aniq belgilangan bo`lmasa unda natija ham kutilgandek bo`lmaydi.
Xatti-harakat maqsadi doim natijani ko`zda tutilgan holda belgilashi shart. Toki shu
maqsad asosida talaba ma’lum bir ishlarni bajara oladigan bo`lsin.
Dars rejalari va maqsadni o`rganish markazida xatti-harakatni ifodalovchi fellar turadi.
Fellar to`g`ri va o`z o`rnida qo`llansa talabalar xulqida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar bo`lishiga
olib keladi.
Quyidagi fe'llarni xatti-harakat fe'llari deb baholash maqsadga muvofiq emas: bilmoq,
o`rgatmoq, tushunmoq, baholamoq... Xatti-harakat fe'llari talabaning nima qilishi yoki ishlab
chiqarishini aniq ko`rsatishi kerak. Xatti-harakat fe'llarini belgilagan o`qituvchi uni ta'limning
oxirigacha ham unutmasligi lozim. Fellar xatti - harakat maqsadlarini aniqlashga ham xizmat
qiladi.
Bunday fellarning bazilarini ko`rib o`tamiz:
Qoidani qo`llang - Tahlil qilinayotgan vaziyat, obekt yoki holatning yechimini to`g`ri hal
etish.
Tasniflang – ma’lum mezonlar asosida vaziyat, obekt yoki so`zlarni alohida tasniflash.
Tuzing – yozma ravishda ko`rsatilgan manbaalar asosida ma’lum bir tarkibini
shakllantirish.
Quring – ma’lum bir shartlar yoki obektni tasvirlovchi model, tuzilma qilish yoki rasm
chizish.
Aniqlang – ma’lum bir vaziyat, holat yoki ob'ektni aniqlash. Ma'lum bir tip yoki
kategoriyaga kiruvchi ob'ekt, vaziyat yoki so`zni tavsiflash.Tavsif uchun mezonlarni aniqlash.
35
Namoyish qiling – talaba zaruriy ashyolar yordamida biror harakatni namoyish qiladi.
Tasvirlang – ma’lum bir vaziyatga oid obektga xos zaruriy kategoriyalarni aytish uchun
uning o`ziga xos xususiyatlarini, o`ziga xos holatlarini tasvirlash.
Diagramma tuzing – ma’lum bir tashkilot yoki tarkibga oid sifatlarini grafik usulda
tasvirlash.
Farqlang – bir-biriga o`xshash javoblarni farqlash.
Baholang – ma’lum bir sifat mezonlari asosida obektlar vaziyat, insonlar yoki sharoitni
tasniflash. Tasnif umumiy bo`lmasdan har biriga alohida bo`lishi lozim.
Ajrating – ma’lum bir qoida yoki boshqa javoblar ichidan to`g`risini belgilash, tagiga
chizish yo`li bilan ajratish.
Nomlang – mavjud narsa va hodisalarga nom berish.
Fe'llarni shunday belgilash lozimki, u aniq xatti-harakatni ifodalashga xizmat qilsin.
Tajribadan shu narsa ma'lumki, o`qituvchilar ko`pincha cheklangan mikdordagi fe'llardan
foydalanadilar. Bu esa ularning faoliyatidagi ijodkorlik imkoniyatini ham cheklab qo`yadi.
Shuning uchun ham o`qituvchilarda bir qancha fe'llarning ro`yxati bo`lmog`i lozim. Bu ro`yxat
ko`pchilik o`qituvchilar tomonidan qo`llansa o`quvchilar faoliyatini kengroq tashkil etish
imkoniyatini beradi, pedagogik faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |