2 BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA
TATBIQ ETISH SHAKLLARI, METODLARI VA SAMARADORLIGINI
TA’MINLOVCHI USTUVOR JIHATLAR
2.1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili
Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi tendentsiyalaridan biri
inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir.
Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida
axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik -
dastur vositalarini o`z ichiga oladi.
Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida
intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir. Bu oliy ta'limdagi ba'zi
negativ holatlarning ham oldini oladi.
O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda
axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim
sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga
o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir.
Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan
samarali foydalanish imkonini beradi:
1) har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi;
2) bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish;
3) ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
4) ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish;
5) kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish jarayonini
tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim
jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish;
6) masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish.
Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni
yechishga yordam beradi;
7) kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida
murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni
o`rganish;
8) katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy
jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish.
24
Bunda o`quvchilar bilimlarni muntazam bo`laklar asosida va ularning o`zlashtirilishini
nazorat qilishni ham o`zi ichiga olgan tizim shaklida o`rganadilar (ya'ni kompyuter darsliklar,
test yoki nazorat dasturlari, lug`atlar, o`quv materiallari bazasi, o`quv videofilmlari). Ya'ni
o`rganilayotgan ob'ekt, jarayon va hodisalar modeli asosida ko`rilgan va ularni ko`rsatadigan
o`quv materiallari tizimli bo`laklarga (modellarga) bo`lib o`rganiladi (o`xshash modellar, o`sha
holatning predmeti vositasi va uning asosida laboratoriya praktikumlari, trenajyorlar, o`yin
dasturlari ishlash).
Ta'limni axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondoshish o`quvchilarning
kompleks bilim, ko`nikma va malakalar, shaxsiy sifatlarni shakllantirish orqali professional
vazifalarni samarali bajarish va axborotlar jamiyatida o`zini qulay sezish kabi axborotlashuv
vazifalarini hal etish eng yakin kunlardagi maqsaddir.
Shu maqsadga muvofiq ularni amalga oshirishning quyidagi yo`nalishlarini ko`rsatish
mumkin:
ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari (YaAT) qo`llash;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini kompyuter (axborot) tayyorgarlik darajasini oshirish;
ta'lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, tashkiliy boshqaruvni qo`llab-quvvatlaydigan
ta'limdagi axborot texnologiyalarining sistemali integratsiyasi (YaAT bazasida o`quv jarayonini
tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, shuni ta'minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
berish va boshqalar);
birlashgan ma'lumot beruvchi axborot olamini ko`rish va rivojlantirish.
Ko`rsatilgan yo`nalishlarni amaliyotga tatbiq etish ta'limni samarali rivojlantirish va
masofaviy ta'limni yo`lga qo`yishga keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy o`quv yurtlarida axborot
va telekommunikatsiya texnologiyalarining quyidagi turlarini ko`rsatish mumkin: 1.Elektron
darslik. 2.Multimediya tizimi. 3. Ekspert tizimi. 4.Avtomatik loyihalash tizimi. 5.Kutubxona
elektron katalogi. 6.Materiallar bazasi. 7.Lokal va hisoblash tizimi. 8.Elektron pochta. 9.Ovozli
elektron pochta. 10.E'lonlar elektron doskasi. 11.Telekonferentsiya tizimi. 12.Elektron
tipografiya.
Ko`rsatilgan yangi axborot texnologiyalarining kamida yarmi hozirgi kunda oliy o`quv
yurtlarida foydalanilmoqda. Quyida biz masofaviy ta'lim tizimida yangi axborot
texnologiyalaridan foyda-lanish tizimi va vositalarini ko`rsatamiz.
O`qituvchining eng muhim vazifalaridan biri sinfni boshqarish talabalar xulqini boshqara
bilishdir. Chunki sinfda bazan shunday vaziyatlar sodir bo`ladiki, uni yechish o`qituvchi
mahoratiga bog`liq. Sinfni samarali boshqarish ko`nikmasi talimdagi eng muhim vazifalardan
biri bo`lib, u izchillikni, xaqiqatni himoya qilish, botirlik va “Sog`lom fikrni” talab qiladi.
Shuningdek o`qituvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishini va psixologik
25
bilimlarga ega bo`lishini ham taqozo qiladi. Bu ko`nikma, xatolarni anglash va uni o`z vaqtida
bartaraf etish kabi tajribalar davomida shakllanadi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ko`pgina yosh o`qituvchilar sinfda paydo bo`ladigan
vaziyatlarni bartaraf etishga qiynaladilar, sinfni samarali boshqara olmaydilar. Tajribali
o`qituvchilar bu sohada malum bir muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritganlar. Shu sohadagi bazi bir
takliflarni etiboringizga xavola qilamiz.
Sinf xonasida:
1.
O`qituvchi har doim talabaning ishi va xulqini nazorat qila olishi lozim.
Shuningdek, o`qituvchi sinf xonasidagi hamma predmetlar joyini, hatto eshik uning stolidan
qancha uzoqlikda, boshqa narsalar qaerda joylashganligini bilishi lozim.
2.
Xonada foydalanishi mumkin bo`lgan joylar qulay va harakatlar erkinligiga
halaqit bermasligi kerak.
3.
Talaba o`qituvchining har bir harakatini aniq ko`rishini taminlash kerak.
4.
Sinfda foydalaniladigan narsalar hammasi joyida va foydalanish uchun qulay
holda bo`lishi zarur.
Talabaning xulqiga tasir etish:
1. O`qituvchi talabalar xulqini qanday bo`lishi kerakligi haqida namuna ishlab chiqadi
va kaysi holatda o`zini qanday tutish kerakligini ko`rsatib turishi lozim.
2. Avvalo xulqqa oid qoidalar talabalarga o`rgatilishi, keyin nazorat qilib borilishi
lozim.
3. Xulq nazoratini muntazam tashkil qilish lozim.
4. Sinfda paydo bo`lgan muammoli vaziyatlarni o`qituvchi mohirona va adolatli hal
qilsa talabalar xulqida ijobiy sifatlar shakllanadi.
Amaliy mashg`ulot:
“Sinfni boshqarishga doir masalalar yechish”. Masala: “Siz dars beradigan 8-sinfda bir
nechta tartibsiz o`quvchilar bor. Ular javobga chiqqan o`quvchilar fikrini bo`ladilar, yoki aytib
turadilar. Darsni yaxshi o`tishiga halakit berdilar. Maktab direktori endigina oliy o`quv yurtini
bitirib kelgan o`qituvchidan:“Siz ularni nima qilasiz?”- deb so`radi. “Sinfdan chiqarib
yuboraman”, - dedi yosh o`qituvchi.
Savollar:
1. O`qituvchi to`g`ri ish qiladimi?
2. Siz o`quvchini darsdan chiqarib yuborishga qanday qaraysiz?
3. Bunday hollarda qanday chora ko`rish kerak? Mashg`ulotda sinfni boshqarishga doir
masalalar yechiladi yoki rolli o`yinlar o`tkaziladi.
Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o`qitish ta'limning qulay turi sifatida kirib
26
keladi. Masofaviy ta'lim ma'lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta'lim
bilan bir qatorda ma'lumot jarayonida ta'limning kompyuter va telekommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan afzal an'anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng
foydalaniladi.
Masofaviy ta'limning tarkibiy qisimlari quydagilar:
1. O`qituvchi, o`quvchi va kommunikatsiya.
2. Masofaviy ta'lim vositasida o`quvchi uchun qulay bo`lgan joyda individual jadval
asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir
maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo`lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi.
Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim sub'ekti va ob'ektining ta'lim vositalari
yordamidagi o`zaro ta'siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o`ziga xos pedagogik tizim
elementlarini o`z ichiga oladi, bular: ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari va
vositalari ta'limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o`quv- moddiy, finans-iqtisodiy,
normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar.
Masofaviy ta'lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya'ni hech kim
kambag`allik, geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim
olish huquqidan mahrum bo`lmasligi lozim.
Masofaviy o`qitishda o`qituvchi talabaga o`quv materialini “Internet” tizimi orqali
yuboriladi. Ushbu kurs bo`yicha ta'lim olishni istagan o`quvchilar veb saytga murojaat qilib,
nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o`qituvchiga javobni elektron
pochta (e-mail) orqali jo`natadilar. O`qituvchi o`quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni
tekshirib, javobni yana elektron pochta orqali o`quvchiga yuboradi. Zarur bo`lsa kerakli
ko`rsatmalar beradi.
O`quv jarayonida o`quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan,
videokonferentsiyalardan foydalanadi. Masofada o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish
davrida o`quvchida mustaqil fikrlash, o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari
rivojlanadi.
Masofadan o`qitishda o`quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o`zlashtirsa, shunchalik
tez o`qishini tugatadi va o`qitishni tugatganligi to`g`risida sertifikat oldi.
Masofadan o`qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:
a) darslik;
b) audio va vidiodarsliklar;
v) veb-saytlar;
g) elektron kutubxonalar;
d) matnlar;
27
ye) elektron darsliklar.
Albatta, foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter,
modem va telefon orqali mavjud bo`lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta'lim eng istiqbolli
insonparvar ta'lim va ta'limning integral shakli sifatida ta'lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr
ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor
iqtisodiyoti
talablari
o`z-o`zidan
ta'lim
jarayonini
dunyo
standartlari
darajasida
takomillashtirishni taqozo etadi. O`zaro aloqadorlikga doir talablar: materillar oqimi, faktlar
oqimi, maoliyaviy jarayonlar
Hozirgi kunda masofadan o`qitish dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida keng
tarqalgan va qulay ta'lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiyaning Oulu
universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis
universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o`qitish texnologiyasi keng yo`lga
qo`yilgan bo`lib, unda talabalar va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida
samarali qo`llanilib kelinmoqda.
O`z-o`zidan ma'lumki, dunyoga yuz tutayotgan O`zbekiston uchun ham bu ta'lim turi
uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni
amalga oshirish davr talabi. O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida
qo`llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar
tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni qullash ko`rsatmalari
o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta'minotida keltiriladi.
Masofaviy ta'lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, an'anaviy, yangi pedagogik va
axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o`quv materialini
mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga
ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari
va sirtqi ta'limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta'lim tizimini
tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta'lim tizimi apparatli, dasturli
va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib, o`z ichiga server va ishchi stantsiyalar,
shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari, umum sistemali va tarmoqli dasturlar
ta'minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv sistemalari,
o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan
audio va video texnikalarni oladi.
Masofaviy o`qitish tizimida kontsulyatatsiyalar yangi axborot texnologiyalar yordamida
olib boriladi: telefon elektron pochta, video va telekonferentsiya, ko`p hollarda telefon va
elektron pochtadan foydalaniladi.
Faol o`qitish metodlari o`qitishning kontaktli va kontaktsiz davrlarida qo`llanilishi
28
mumkin. Kontaktsiz davrda kopyuter tarmoqlari (internet) va audio – videokomopter vositalari
qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kooperativl o`qitish metodlari rivojlanmoqda (proektlar metodi,
o`quv firmalar metodi). Proektlar metodi deb, o`quvchilarning birgalikdagi o`rganish, ijod va
o`yin faoliyatlari tushiniladi. Bu faoliyat kompyuter telekommunikatsiyalari asosida tashkil
etilib, umumiy natijaga qaratilgan umumiy maqsad va metodlarga ega bo`ladi. Proektlar metodi
bo`yicha o`qiyotgan o`quvchi rejalashtirish va amaliy vazifalarni bajarish jarayonida bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi. Bu metod XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHda vujudga kelib,
“bajarish yo`li bilan o`qish” shiorini oldinga surgan pragmatik pedagogikaning nazariy
kontseptsiyasiga asoslangan. Hozirgi paytda kompyuter tarmoqlarining didaktik imkoniyatlari bu
yo`nalishni qayta tiklashga imkoniyat yaratadi.
Internet ta'lim sohasida katta imkoniyatlarga ega. Internet orqali barcha savollarga javob
topish mumkin. Bundan tashqari veb-saytlarni ko`rish va yaratishdan tortib uning dasturlarigacha
tekindir. Elektron biznesning va internet orqali biznesning imkoniyatlari cheksizdir.Bunday
aloqalar orqali biznesning imkoniyatlari juda katta tezlik bilan o`sib bormoqda va bunday biznes
dunyoning eng katta va tez rivojlanib borayotgan industriyalarining biriga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |