Nazorat:
o‘z-o‘zini baholash.
Baholash:
rag‘bat 5 ballik tizimda.
Kutiladigan natijalar
o‘qituvchi:
Mavzuni qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga erishiladi,
o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish mustaqil o‘rgatish, xotirada saqlash,
boshqalarga ma’lumotni yetkazish, savollarga javob berishda faollashtirishga erishiladi.
o‘quvchi:
Yangi bilimlarni egallaydi, juftlikda ishlash ko‘nikmalarini hosil qiladi, darsga ijodiy
yondashadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.
Kelgusi rejalar
o‘qituvchi:
Pedogagik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish,
o‘z ustida ishlash, pedogagik mahoratni oshirish.
o‘quvchi:
mustaqil ishlashni o‘rganadi, shu mavzuda qo‘shimcha materiallar izlaydi, do‘stona
muhitda, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.
96
Ta’lIM TexNoloGIyalarI № 5–6, 2012
• тажриба-тадқиқотлар
O‘quvchilar bilan salomlashib,
“ Kechagi kun
sizga nima berdi? “
savoli beriladi.
O‘quvchilar javobi maktab hayoti , siyosiy
yangiliklar, oilaviy yangiliklar va hokazolar asosida
bo‘lishi mumkin. Maqsad – o‘quvchilarni faollashtirib,
diqqatini jalb etish. O‘tilgan mavzularni takrorlab olish
uchun “ Impuls” mashqi bajariladi.
Bu mashq davomida o‘qituvchi bir o‘quvchining
qo‘lini ushlab, “impuls” jo‘natadi- savol beradi. Javob
bergan o‘quvchi o‘rnidan turib, boshqa o‘quvchining
qo‘lidan ushlab, unga o‘tilgan mavzulardan savol
beradi va hokazo. Shu tariqa 10–15 o‘quvchi so‘roq
qilinadi. Javob topolmagan o‘quvhi istagan do‘stidan
yordam olishi mumkin. Mashqdan maqsad- uyatchan
o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quvchi nutqini o‘stirish,
o‘tilgan mavzularni takrorlab olish.
“O‘rningni top”
mashqi bajariladi
Buning uchun doskada koordinata tekisligi chizib,
tayyorlangan bo‘ladi. O‘quvchilar oldindan o‘zlarini aks
ettirib chizilgan shakllarni tayyorlagan bo‘lishlari lozim.
O‘quvchilarga savol bilan murojaat etiladi.
Y=2x funksiya x=3 da qanday qiymatga ega
Y=6 ga teng.
Javob bergan o‘quvchi (3;6) nuqtaga o‘z shaklini
yopishtirib, y=2x funksiya grafigini yasaydi. O‘suvchi
yoki kamayuvchi ekanligini aytadi.
Y=–3x funksiya x=1 da qanday qiymatga ega?
Y=–3 ga teng
Y= x/3 funksiya x=9 da qanday qiymatga ega?
Y=3ga teng
Y=4x funksiya x=2 da qanday qiymatga ega?
Y=8 ga teng
Y= -x/2 funksiya x=4 da qanday qaymatga ega?
Y=–2 ga teng
Endi y=2x funksiya grafigiga e`tibor bering, unga
parallel ravishda y=3 va y=–4 nuqtalardan
to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |