BILIB OLING! Bitta hokim so’zga birikib kelgan bir xil gap bo’laklari uyushiq bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar sanash ohangi bilan aytiladi. Yozuvda uyushiq bo’laklar orasiga, odatda, vergul qo’yiladi.
O’quvchilar 51- va 52-mashqlarda berilgan o’quv topshiriqlarini bajarish orqali uyushiq bo’lak haqida tushuncha xosil qiladilar va tegishli xulosa chiqaradilar.
Ipduktiv ta’lim usuli asosida tashkil qilingan har bir mashg’ulot taxminan to’rt bosqichni o’z ichiga oladi:
Takrorlash.
Berilgan materiallarning o’quvchilar tomonidan tahlili.
Berilgan materiallarni o’qituvchi yordamida umumlashtirish va hukm chiqarish.
Hosil qilingan umumiylikni amalda qo’llash va sinash, o’quv masalalarini echish.
Shu to’rt bosqich dars jarayonida to’g’ri amalga oshirilsa, induktiv ta’limga amal qilingan bo’ladi va o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Biz quyida ayrim mavzularni o’quvchilarga induktiv usulda etkazishga doir tavsiyalarni havola qilamiz.
5-sinf ona tili darsligidan «Uyadosh so’zlar» mavzusi o’rin olgan va bu mavzu maktab ona tili darsligiga ilk bora kiritildi.
Mavzuni o’rganish 118-mashqni ishlash bilan boshlanadi. O’quvchilar mashq shartiga ko’ra jadvaldagi namunaga qarab so’zlar qatorini davom ettiradilar.
4-jadval
Daraxt
|
Ot (hayvon)
|
Qarindosh-urug’
|
O’simlik
|
Tol
|
Baytal
|
Ota
|
Maysa
|
Qayin
|
Saman
|
Ona
|
Ajriq
|
..........
|
...........
|
.......
|
.............
|
O’quvchilar jadvalni quyidagicha davom ettiradilar
|
Terak
|
Qorabayir
|
Aka
|
Pechak
|
Qayrag’och
|
Yo’rg’a
|
Tog’a
|
Kurmak
|
Chinor
|
|
Amma
|
Yantoq
|
Bodom
|
|
Xola
|
Zarpechak
|
|
|
Amaki
|
|
Shundap so’ng o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollarni beradi:
Qaysi so’zlar daraxt so’zi bilap bog’lnq?
Qaysi so’zlar ot (hayvop), qarindosh urug’, o’simlik so’zllri bilai bog’liq?
Biripchi qatorda qaysi so’z umumiy nomni – jins nomini 6ildiryapti?
Qolgan qatorlarda qaysi so’zlar umumiy nomni jins nomini bildirib kelgan?
Agar daraxt, ot, qarindosh – urug’, o’simlpk so’zlari umumiy iomni bildirsa, ularga bog’liq bo’lgan so’zlar nimani bildiradi?
O’quvchilar 5-savolga o’qituvchi yordamida yoki o’zlari mustaqil ravishda tur nomini bildiradi deb javob beradilar. Bu savol-javob o’quvchiga mavzu mohiyatiga etib borishga yo’l ochadi, 119-mashqni ishlashga ularni tayyorlaydi.
119-mashq. Umumiy nom – jins nomini atab kelgan quyidagi so’zlarga tur nomlarini atab keluvchi so’zlar toping.
1. Gul. 2. O’t. 3. Parranda. 4. Kiyim. 5. Idish.
Bu topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin. Sinf besh guruhga bo’linadi va har bir guruh bittadan so’zga tur nomlarini atab keluvchi so’zlar topadi va ulardan bittadan vakil chiqib doskaga yozadi. O’qituvchi ularni nazorat qiladi va zarur tuzatishlar kiritadi yoki qolgan guruhlardan yordam olib, xatoga yo’l qo’ygan o’rinni to’g’rilaydi. Shu asosda topshiriq to’liq bajariladi:
1. Gul
atirgul
gultojixo’roz
lola
karnaygul
|
2. O’t
makka
beda
jo’xori
|
3. Parranda
tovuq
o’rdak
g’oz
|
4. Kiyim
do’ppi ko’ylak kostyum
to’n
|
5. Idish
chelak
kosa
tovoq tog’ora
|
Bu topshiriqning to’g’ri bajarilishi uyadosh so’zlar haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. O’qituvchi o’quvchilarni mavzu yuzasidan xulosa chiqarishga undaydi, ularga qulaylik yaratish uchun yo’naltiruvchi savollar, kerakli izohlar beradi. O’quvchilar bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keluvchi so’zlar uyadosh so’zlar ekanini aytadilar.
Darsning mana shunday usulda olib borilishi induktiv tl’lim hisoblanadi. Biz shu dars misolida induktiv usul asosidagi mashg’ulotning uch bosqichi bilan tanishdik. O’quvchilar to’rtinchi bosqichda hosil qilingan umumiylikni, ya’ni bilim va malakalarni amalda qo’llashni o’rganadilar, unga doir mashqlar va test eavollari ishlaydilar, ijodiy matnlar tuzadilar.
Umuman olganda, ipduktiv ta’lim usuli oia tili ta’limidagi ustuvor usul bo’lib, uni to’g’ri yo’lga qo’ya bilish dars samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |