O‘SIMLIK RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA UNING
EKOLOGIK OQIBATLARI
Sh.Xalmatova
,
qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent,
Sh.Mag‘ripov
, magistr,
J.Yoqubov
, talaba,
Fargona davlat universiteti
АNNОTАTSIYA
Ushbu mаqоlаdа o’simlik rеsuslаridаn sаmаrаli tеjаb tеrgаb fоydаlаnish хоzirgi
kundа dоlzаrb mаvzulаrdаn biri ekаnligi. Ushbu nоqulаy ekоlоgik shаrоitlаrning tаrkib
tопishi nаtijаsidа, yaylоvlvrning o’rmоnzоrlаr, to’qаyzоrlаr хаvf оstidа
qоlmоqdа.O’simlik rеsurslаrdаn fоydаlаnish jаrаyonidа dоlzаrb muаmmоlаr,
chunоnchi хo’jаlik vа mаishiy chiqindilаr bilаn iflоslаnishi, yaylоvlаrdа erоziyani
kuchаyishi to’qаyzоrlаrning yuqоlib bоrishi, tоg’ yon bаg’irlаridа yaylоvlаrdа
nоtug’ri fоydаlаnish vа bоshkа muаmmоlаr паydо bo’lаdi.
Kаlit so’zlаr
: Irrigаtsiya erоziyasi, rеkultivаtsiya, fitоtsеnоzlаr, аgrоfitоtsеnоzlаr,
ekоlоgik muаmmоlаr, tехnоgеn chiqindilаr, rеgiоnаl muаmmоlаr, shаmоl erоziyasi,
tаbiаtni muҳоfаzа qilish,suv оmbоrlаri, dеfоlyatsiya, zаnjir, qаzilmа bоyliklаr.
Annotation:
This article discusses the fact that the efficient and economical use
of plant resources is currently one of the relevant topics. As a result of these
unfavorable environmental conditions, forests, groves and pastures remain in danger.
In the process of using plant resources, urgent problems arise, such as pollution by
agricultural and household waste, increased erosion on pastures, destruction of groves,
improper use of pastures in the foothills and other problems.
Keywords:
Irrigation erosion, recultivation, phytocenoses, agrophytocenoses,
environmental problems, technical waste, regional problems, wind erosion, nature
conservation, reservoirs, defoliation, chain, fossil resources.
Kishilik jamiyatining yangi taraqqiyot bosqichlariga qadam qo‘yishi ishlab
chiqarish kuchlarining muayyan darajada o‘sishiga ta’sir etgan. Inson yashash uchun
oziq-ovqat yetishtirish va kiyim-kechak tayyorlash maqsadida ma’lum miqdorda turli
tabiiy resurslardan foydalangan. Aholi soni kam bo‘lgan ibtidoiy jamiyat bosqichida
tabiat, umuman olganda, inson ta’siri natijasida unchalik zarar ko‘rmagan. Keyingi
134
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
ijtimoiy-iqtisodiy boskichlarda odamning atrof-muhitga bo`lgan ta’sir miqiyosi
asrdan asrga, XX asr o‘rtalariga kelib esa yildan-yilga orta borgan.
Avvallari asosan tirik tabiat aziyat chekkan, chunki inson yashash uchun
hayvonot dunyosi va o‘simliklardan foydalangan. Qazilma boyliklarning topilishi va
ulardan keng miqiyosda foydalanishga o‘tilishi sanoat korxonalarining, keyinchalik
esa rivojlangan sanoat tarmoqlarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Dehqonchilik
yaylov chorvachiligi azaldan tarkib topgan, ular inson yashashi uchun eng zaruriy
noz-ne’matlar manbai sifatida hozirga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ana
shu maqsadda yerlarni o‘zlashtirish, changalzorlarni qirqish evaziga dehqonchilik
maydonlari kengaytirib borildi, juda katta plantatsiyalarda sug‘orish maydonlari
dalalar vujudga keldi.
Ishlab chiqarishning xususan, mahsulotlarining ko‘plab ishlab chiqarilishi,
transport qurilish ishlarining keng miqyosda amalga oshirilishi, qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining iste’molchilarga ma’danlarni olinishi, sayyoramiz tabiatining barcha
joylarda o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bu, ekologik tangliklarning vujudga kelishi
uchun shart-sharoit yaratmoqda. Bu o‘z navbatida, tabiatdagi muvozanatning
buzilishiga sabab bo‘lmoqda bundan turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Tabiatni
muhofaza qilish muammolarini ularning qamrab olish maydonlariga qarab dunyo
miqiyosida regional va maxalliy tarkib topgan muammolarga ajratish mumkin. Yer
shari miqiyosida tarkib topgan muammolar ayni paytda barcha insoniyatga tegishli
bo‘lib, xamma davlatlarning birgalikda qo`rgan chora-tadbirlari natijasidagina bu
muammolarni hal qilish mumkin, regional muammolar sayyoramizning ayrim yirik
bo‘laklariga, maxalliy muammolar esa unchalik katta bo‘lmagan joylar (korxonalar,
suv ombori) asosiy e’tibor sugorish maydonlari va hokazolarga xos. Binobarin, dunyo
miqyosidagi (global), keyinchalik regional va lokal (mahalliy) muammolar yechimiga
qaratilishi lozim.
Atmosfera xavosining turli texnogen chiqindilar bilan haddan ziyod ko‘p
ifloslanib borayotganligi dunyo miqyosidagi muammolardan biridir. Ishlab chiqarish
jarayonida har yili milliardlab tonna turli xil moddalar atmosferaga qo‘shilmoqda.
O‘rmonlarning yonishi , organik yoqilg‘ilarning ko‘plab yoqilishi, sanoat ishlab
chiqarishi, transport harakati ifloslanishning asosiy manbalaridir. Miqdori yildan-yilga
ortib borayotgan ushbu moddalarning ichida karbonat angidrid gazi asosiy o‘rin tutadi.
Texnogen ifloslanish oqibatida yiliga atmosferaga 22 milliard tonnadan ortiq karbonat
angidrid gazi ajralib chiqadi. Hisob-kitoblarga qaraganda keyingi asr davomida ushbu
gazning miqdori 10-15% ga ko‘paygan. Karbonat angidrid gazi miqdorining quyi
qatlamlarida havoning o‘rtacha harorati 2-4
0
ga ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.
Havo xarorati asosan ushbu gazning quyoshdan kelayotgan hayot uchun zararli
qisqa to‘lqinli nurlarni qaytarib, ayni vaqtda yerdan qaytgan uzun to‘lqinli issiqlik
135
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
miqdorini tutib qolishi jarayonida ko‘tarilib ketadi. Ya’ni yer yuzasi ortiqcha isib,
havoning harorati ko‘tarilib ketadi.
Havo haroratining ko‘tarilib borishi, bir tomondan, inson yashishi uchun turli
qiyinchiliklar tug‘dirsa, ikkinchi tomondan, Arktika va Antarktikadagi muzliklarning
erishini tezlashtiradi. natijada okean sathining 26-165 sm gacha ko‘tarilishi taxmin
qilinmoqda. Suv sathining ko‘tarilishi materiklarda ko‘plab materiklarda ko‘plab
foydalanilayotgan yerlarning suv ostida qolishiga olib keladi.
Atmosfera ozon qatlamining borgan sari kamayib borishi natijasida yuz berishi
mumkin bo‘lgan noxush oqibatlarning oldini olish umumbashariyat oldida turgan
ikkinchi muammodir.
Binobarin, ozon qatlamining freon (xlor, ftor, uglerod)lar tomonidan yemirilishi
uning ul’trabinafsha nurlarni qaytarish qobiliyatini borgan sari kamaytiradi. Hozirgi
vaqtda turli sanoat chiqindilarining atmosferaga to‘xtovsiz chiqarilishi XXI asr oxiriga
borib ahvolning yana ham murakkablashuviga olib keladi. Albatta, ozon qatlamining
shuncha miqdorga kamayib ketishi unchalik katta oqibatlarga olib kelmasligi mumkin,
lekin o‘rtacha to‘lqindagi ultrabinafsha nurlarning yer yuzasiga kelishi ko‘payadi:
o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ushbu nurlar boshoqli ekinlarning
(bug‘doy, sholi,appa) hamda kartoshka soyaning mahsuldorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, baliqlarning yashash sharoitlarini tezlashtiradi.
Dunyo miqyosida muammolardan yana biri cho‘lu biyobonlarning ko‘payib
borish jarayonlaridir.Olingan ma’lumotlarga qaraganda hozirda arid va yarim arid
iqlim zonalarining 95% maydoni cho‘lga aylanish arafasida turibdi, ya’ni qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishining tezkorlik bilan amalga oshirilishi o‘simlik va tuproq
qoplamlarining tabiiy potensial imkoniyatlaridan bir necha baravar oshiqroq
foydalanilishi natijasida ular mahsuldorligi kamayib bormoqda. Dexqonchilik
qilinayotgan unumdor yerlar sho‘rlanib borayotganligi tufayli ularning hosildorligi
kamayib, oddiy toshloq va qumloq tuproqlardan farqi qolmayapti. Yaylovlarda
to‘xtovsiz mol boqilishi, buta va daraxtlar yoqilg‘i sifatida ayovsiz kesib
tashlanayotganligi qumli maydonlar sahnini kengayishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston tabiati g‘oyat rang-barang bo‘lgani kabi, uning o‘simlik dunyosi ham
nihoyatda boydir. Darhaqiqat, O‘zbekistonda qumli gilli, toshloq, gipsli, soz tuproqli
yerlar, sho‘rxok cho‘llar, tog‘ oldi past tekisliklari, adirlar past va o‘rtacha
balandlikdagi tog‘lar daryo vodiylari va tog‘ oldi botiqlarining mavjudligi o‘simlik
olamining nihoyatda serob bo‘lishligining tabiiy omillaridir.
Xo‘sh, hozir o‘simlik dunyosidan inson handay foydalanmoqda O‘zbekistonning
davlat o‘rmon fondi 5,04 mln. gektarni tashkil qiladi. O‘rmon bilan 2.4 mln. gektar yer
band, shundan tog‘lar daryo vodiylari va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar, nixoyat
serviqor baland tog‘lar, daryo vodiylari va tog‘ oldi botiqlarining mavjudligi o‘simlik
olamining nihoyatda serob fusunkor bo‘lishligining tabiiy omillaridir.
136
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
Kuchli shamolar, garmsel va defoliatsiya hamda eroziyaga qarshi kurashishning
eng maqbul, samarador va arzon mablag‘ samarador va arzon mablag‘ sarflanadigan
chorasi ihota daraxtzorlarini yaratishdir. Farg‘ona vodiysining markaziy va g‘arbiy
rayonlarida Qarshi, Sherobod cho‘llarida markaziy va g‘arbiy yaratishdir. Farg‘ona
vodiysining , Buxoro vohasida, Qizilqum va Orolbo‘yida kuchli (sekundiga 15-20 m
va undan ham ortiq tezlik bilan shamollar sug’orma dexqonchilik va yaylov
chorvachiligi uchun har yili ko‘plab talafot yetkazadi. Shamol ekinlarni payxon qilishi
bilan birga tuproqning ustki qatlamidagi chirindiga boy qismini yalab ketadi (ba’zan
10-15 sm ga kadar) yoki kum bilan ko‘mib yuboradi. Yozdagi garmsel esa g‘o‘za va
boshqa ekinlarning bargini qovjiratib, gullarini to‘kib yuboradi. Shamollarning
halokati ta’sirida,garmsel va eroziyani oldini olishning oson usuli dala ixota
daraxtzorlarini yaratishdir. To‘g‘ri tashkil qilingan ixotazorlar to‘xtatib qolishi yoki
eng kam tezlikka qadar kamaytirish mumkin. Buning natijasida ekinzorlarga
keltiradigan nomaqulub hodisaning to‘lig‘i ixotazorlar, shuningdek kulis usulida
ekiladigan madaniy o‘simliklar xamda almashlab ekishni to‘liq tatbiq qilingan holda
tashkil qilinsa, ularning samaradorligi yanada ortadi.
O‘zbekiston voxalarini kanallar belbog‘i o‘rab olgan. Hayot bag‘ishlovchi mana
shu kanallar tufayli vohalarga yozning jazirama chillasida qulay mikroiqlim vujudga
keladi, paxtazorlar, sholi-bug‘doyzorlar, uzumzorlar, bog‘zorlarning noz-ne’matlari
kishilarga sahovatli meva-cheva, shira, ulashadi. Farg‘ona, Chirchik, Zarafshon,
Xorazm vohalari qadimdan kanallar vodiysidir, xalq ushbu kanallar vujudga kelgandan
beri yerlarda o‘troq hayot kechirmoqda. Kanal yoqalari odatda sersoya daraxtzorlar
bilan qoplangan bo‘lishi kerakligini hamma yahshi tushunadi. Hisob-kitoblarga
karaganda, O‘zbekistonda hozirda mavjud bo‘lgan 190 ming km. dan ortiq
kanallarining bor –yo‘g‘i 7 ming km.li kismi yoki 3,6% i daraxtzorlar bilan qoplangan.
Katta Farg‘ona nomli, Malik va boshqa bir necha irrigatsiya tarmoqlarining ikki
chekkasida suv bo‘yi so‘lim go‘shaga aylanadi, kishilar og‘ir mehnatdan so‘ng yaxshi
dam oladilar Lekin ikki chekkasida birorta ham daraxt u yoqda tursin, buta
ko‘rinmaydigan Qarshi, Janubiy Mirzacho‘l, Amu- Buxoro, Amu-Korakul. Sherobod
va boshqa o‘nlab magistral kanallarning ikki chekkasi qamishzor, yulg‘inzor, botqoq,
sho‘rxok bilan qoplangan.
Daraxtzorlardan iborat bo‘lgan kanal yoqalarida sizot suvlarining sathi kamida 2-
3 metrda yoki undan pastda yotadi, suv ifloslanmaydi, qum, tuz va boshqalar bilan
bug‘lanmaydi, suvning kanal qirg‘oqlarini urib va o‘pirib ketish hodisalari olinadi,
bug‘lanish miqdori ancha kamayadi. Kolaversa, mevali daraxtlardan inson uchun
meva-cheva yetishtiriladi, qurilishbob daraxtlardan esa imoratlar uchun yog‘och
material tayyorlash mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonda bunday ishga loqaydlik bilan
qarash natijasida irrigatsiya kanallarining ikki chekkasida mintaqa (agarda kanalda suv
sarfi sekundiga 25 m
3
dan oshsa, qirg‘oqdan 100 metrli suvni muhofaza qiluvchi zona
137
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
ajratilishi lozim) daraxtzorlari haligacha hech bo‘lmaganda asosiy magistral
kanallarning yoqalarida vujudga keltirilmagan.
O‘rta Osiyoning tekislik mintaqasida barcha daryo va soylarning qayirlari XX-
asrning ikkinchi yarmiga qadar quyuq to‘qayzorlar bilan band edi, to‘qay ko‘pincha
turang‘il, tol, jiyda, yulg‘in kabi daraxt va butalardan iborat bo‘lib, ularda turli qushlar
(qirg‘ovul, bedana, yovvoyi kaptar va xokazolar), yovvoyi hayvonlar (yovvoyi
cho‘chqa, tulki, kuyon, Buxoro bug‘usi, chiyabo‘ri), sudralib yuruvchi hayvonlar
yashardi. To‘qayzorlar, turli giyohlarga boy chorva mollarini boqishga qulay, chunki
yozning issiq jaziramasi shuningdek yerlarda daraxtlarning ko‘pligi va suvning
mavjudligi bu tufayli unchalik sezilmaydi. Daf’atan, XX- asrning oxirida ko‘plab
to‘g‘on, suv omborlari qurilishi natijasida daryolarning suv rejimining tartibga
solinishi, daryolarning qayirlaridagi to‘qayzorlarning ekologik sharoitlarini keskin
o‘zgartirib yubordi, chunki o‘lkamizning tabiiy sharoitiga ko‘ra daryolar erta bahorda
qorlarni tez erishi va yomg‘irlar suvi hisobiga toshib va yozda esa muzliklarning erishi
tufayli to‘lib oqar edi. Shuning uchun qayir usti va ba’zan quyi terrasalar suv toshishi
hisobiga zamin obi hayotga to‘yib olar va ba’zi pastkamliklar va botiqlar vujudga kelar
edi. Buning ustiga daryolarning suv rejimi tartibga tushishi bilan bu xodisalarga
barham berildi, endilikda daryolarning to‘lib oqishi har doim sodir bo‘lmayotir,
binobarin qayirlarga ham suv chiqib bormayotir. Buning ustiga daryo suvlarining
keyingi vaqtlarida turli kimyoviy zaharli ashyolar bilan ifloslanishi, minerallashuv
darajasini oshib borishi to‘qay o‘simliklarini normal o‘sishiga salbiy tasir
ko‘rsatmokda. Sizot suvlarning minerallashuvi 2-3 baravar oshib, tuproqda tuz
to‘planmoqda.
Ushbu noqulay ekologik sharoitlarning tarkib topishi natijasida to‘qayzorlarning
hayoti xavf ostida qolmoqda. Hozirgi vaqtga qadar yuqorida kursatilgan omillar va
ularni qirqib, yangi yerlar ochilishi natijasida, ularning maydonlari qisqarib bormoqda.
Endilikda Chirchiq. Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo,
Amudaryo, Zarafshon daryolarining yoqalaridagi noyob to‘qayzorlar deyarli yo‘qolib
ketmokda, ba’zi joylarda esa bundan 20-30 yil burunroq ular izsiz yo‘qoldi. Sababi —
yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida to‘qayzorlar ayovsiz qirib tashlandi daryo
yokasiga qadar ekila boshlandi va chigit daryo yoqasiga qadar ekila boshladi.
Amudaryo mansabida katta-katta to‘qayzorlar mavjud. Bu yerda daraxt va
butalardan iborat bo‘lgan to‘kayzorlarning maydonlari qisqarib borgan. Lekin
Orolbo‘yida boshlangan cho‘llashish hodisasi tufayli bu maydon hozirda bir necha
marta qisqardi. Yesbergen Shig‘anoq to‘qayining, Nazarxon to‘qayini, hammasi,
Qulatov, Bezergen, Matniyoz to‘qayzorlari, Sho‘rtamboy tukayining asosiy kismi
o‘zlashtirilib, sholi va boshka ekinlar ekila boshlandi. Qolgan to‘qaylarda (Erkindaryo,
Kuxnadaryo, Gedey va boshkalar) suvsizlik tufayli, shuningdek yong‘in tushishi
natijasida ancha zarar ko‘rdi. Baday to‘qayida ikki marta yong‘in chiqib, daraxtlarning
138
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
60—70% i kuydi, 731 gektar maydondagi to‘qay yo‘q qilindi. Ahvol shu zaylda davom
eta bersa, Amudaryo mansabidagi barcha noyob to‘qayzorlardan yaqin orada asar ham
qolmaydi, binobarin shu bilan birga bu jarayon natijasida barcha hayvonot olami ham
katta aziyat chekadi. Albatta, bunga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatlarini izlash, tezda
amaliy choralar ko‘rish hayot talabiga aylanmoqda.
Ustyurt, Qizilqum, Qarshi, Forish, Karnob cho‘llari qorakul kuylari boqiladigan
yaylovlar bo‘libgina qolmay, keyingi vaqtlarda bu yerlarda turli ma’danlar: gaz, neft
oltin va boshqa noyob mineralogik xom ashyolar qazib olina boshlandi. Keng
miqiyosda geologik-qidiruv ishlari, uzoq masofalarga cho‘zilgan quvurlari yotqizilishi
katta magistral temir va avtomobil yo‘llari qurilishi, yangi sanoatlashgan shaharlar
bunyod etilishi cho‘llarning avvalgi "tinch" hayotini buzdi. Yaylovlarning katta
qismini suv bilan ta’minlanishi chorvachilikni barcha joylarida taraqalishiga acoc
bo‘ldi. Biroq cho‘llarning ichkari qismlariga insonning tez-tez kirib borishi tufayli bu
joylarda, cho‘llarning o‘simliklarning va hayvonot dunyosining ekologik muvozanati
buzilmokda. Yangi konlarni topish maqsadida katta chuqurliklarga qadar burg‘ulash
ishlarini amalga oshirish natijasida cho‘l o‘simliklari keng maydonlarda payhon
qilinmoqda. Avtomobil ayniqsa, uch o‘qli og‘ir yuk tashuvchi avtomashinalarning
duch kelgan joydan yo‘l solib haydalishi giyohlarning ezilib payhon bo‘lishi, shuning
natijasida qumlarning uchib yurishi katta maydonlarda yuz bermoqda. Xozirda barxan
qumlarining jami maydoni 1 mln. gektardan oshdi, shundan 200 ming gektar qismi
sug‘oriladigan yerlar chegarasida vujudga kelgan. Bu jiddiy xavf bo‘lib, ularni tegishli
chora-tadbirlar qo‘llash bilan to‘xtatib qolish zaruriyatga aylandi.
Cho‘lda ko‘chib yuruvchi qumlarning vujudga kelishi, bir tomondan qo‘ylarning
ilmiy asoslangan usulda boqishni tashkil qilishga xalal bersa, ta’minlamaslik ikkinchi
tomondan, aholini yoqilg‘i bilan to‘la taminlanganlik tufayli sodir bo‘lmoqda.
Qizilqumda, Qarshi cho‘lida aholi punktlari va quduqlar atrofida, hatto bir necha o‘n
km. masofagacha rosmana o‘sgan saksovul, cherkez, qandimni uchratish amri mahol,
chunki ular allaqachon yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun qirqib ketilgan. Qizilqumda
har bir xo‘jalik aholisi yiliga o‘rta hisobda 200-220 tonna atrofida saksovulni o‘tin qilib
yoqadi, binobarin, bu yerdagi o‘nlab chorvador xo‘jaliklar har yili qanchadan-qancha
saksovulni qirqib, o‘tin qilib yoqilishini xisoblab chikish qiyin emas. Shuning uchun
ham cho‘lda yangi saksovulzorlarni keng miqyosda tez fursatlarda bunyod etish qiyin
masala.
Keyingi o‘n yillikda cho‘llarda ko‘chib yuruvchi qumlarni keng maydonlarda
o‘simliklarni urug‘ini ekish bilan yangi saksovulzorlar, cherkezzorlar, qandimzorlar
tashkil kilish tufayli to‘xtatib qolishga erishildi. Ushbu yo‘l bilan 120 ming gektar
maydondagi barxanlar, shuningdek, mexanik usulni qo‘llash bilan 30 ming gektar
maydonda qumlar harakati to‘xtatildi. Hozirda har yili kamida 40-45 ming gektar
maydonda saksovul, cherkez, qandim va boshqa o‘simliklar urug’ini ekish bilan cho‘l
139
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
yaylovlarining mahsuldorligi ko‘paytirilmoqda. Bu borada Amu-Buxoro kanali bilan
Buxoro kanali bilan Buxoro vohasi oralig‘idagi katta maydonda eski vujudga kelgan
barxanlar dengizni (Paykend degan joyda) hamda Buxoro to‘xtatish dolzarb sohasining
janubi-g‘arbiy tomonida Qizilqum bilan tutash bo‘lgan qumliklarning harakatini ayni
masaladir. Bu yerlarda mahsuldor yaylovlarning bunyod etilishi avvalo, Buxoro
vohasini qum bosish xavfidan xalos qilsa, boshqa tomondan, katta maydonlarda yangi
yaylovlar tashkil topar edi.
Tog‘larda o‘rmonlarning ahamiyatini baholash naqadar qiyin, eroziya xodisasini,
shuningdek sel, o‘pirilish, surilma, soylarda toshqin kabi bir necha falokatli
jarayonlarning oldini olishda eng asosiy omil sifatida muxim ro’l o’ynaydi. O‘rmonlar
yaylovlar va pichanzorlarning mahsuldor bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratadi.
qolaversa mevali meva-cheva, qurigan archalar esa o‘tin daraxtzorlar turli va qurilish
materiali sifatida foydalaniladi. O‘rmon shuncha boy xosiyatga ega ekan uning
maydonlarini tobora ko‘paytirish har birimiz sharafli ish deb bilishimiz lozimdir.
Binobarin, o‘rmonlar respublikamizda tog‘larida bor-yo‘g‘i 2% maydonni
egallaydi, bu raqam nihoyatda oz bo‘lib, tog‘larda eroziya, sel, surilma hodisalarining
keng miqyosda sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, tog‘ yon
bag‘irlarida eng ko‘p yuvilish har gektar maydonda 525 tonnani tashkil qiladi. Shuning
uchun ham tog‘lik zonada 85,0% maydon turli darajada eroziyaga uchragan.
O‘zbekiston tog‘larida 1400-3000 metr oralig‘idagn 193,2 ming gektar maydon
archazorlar o‘sadigan mintaqa hisoblanadi. Archalarni ko‘paytirish hozirga qadar eng
qiyin masala edi, endilikda archa urug‘ini ekib ko‘paytirish tajribasi amalga
oshirilmoqda. Bu borada o‘rmonchi mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar ishlab
chiqildi. Shunga ko‘ra, har yili 250 gektar maydonga yosh nihollar ekilmoqda, biroq
bu juda ham kam. Ish ko‘lamini kengaytirish uchun avvalo ko’chat yetishtirishni
ko‘paytirish kerak. Tog‘ yon bag‘irlarida 800-2300 metr balandlikda yong‘oq va
boshqa mevali o‘rmonlar mavjud. O‘zbekistonda yong‘oqzorlar, olmazorlar,
nokzorlar, olchazorlari xandon pistazorlar ko‘proq maydonni tashkil qiladi. Tog‘
vodiylarida mevali daraxtzorlarni va archazorlar maydonlarini kengaytirib borish faqat
o‘rmonchi mutaxassislarning ishigina bo‘lib qolmay, balki xar bir insonning, ayniqsa
o‘sha yerdagi xo‘jalik mexnatkashlarining olijanob ishiga aylanmog‘i lozim. Chunki
o‘rmonlarni saqlash va ular kengaytirish avvalambor tog‘liq, qolaversa, tog‘ oldi
rayonlarining mutasaddi raxbarlari bog‘liq. Eng avvalo togliq joylardagi
xonadonlarning barchasi mutasaddi raxbarlari va xo‘jaliklarning mexnatkashlariga
tegishli miqdorda o‘tin, ko‘mir, gaz bilan ta’minlash eng muhim masala. Yoqilg‘ining
yo‘qligi sababli maxalliy aholi o‘sib daraxtlarni qirqib, qishga o‘tin g‘amlab oladi.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Bo‘stonliq rayonida har bir xonadon har yili
o‘rtacha yokish uchun 15-20m utin tayyorlaydi. Ugom-Chotqol zonasida yiliga 21
ming m
3
daraxt va butalar qirqilmoqda. Keyingi 10 yil mobaynida bu joyda
140
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
archazorlarning 80% n qirqilib o’tin sifatida yoqildi. Umuman olganda,
O‘zbekistonning tog‘lik zonalaridagi aholining sonini oshishi sababli tog‘larda keyingi
50 yil mobaynida o‘rmonlarning 30% i yo‘qolib ketdi. Demak, tog‘lardagi o‘rmonlar
maydonini kengaytirishdan avval ular bekorga qirqilib ketishining oldini olish zarurdir.
O‘rta Osiyo o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxasislarining
ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda eroziya hodisalariga qarshi kurashish, kuchli
darajada eroziyaga berilgan tog‘ yok bag‘irlarini bundan buyon yanadi uydim-chuqur
bulib ketishining oldini olish, toshloq bo‘lib qolgan yon bag‘irlarda va uzoqlarda
o‘simlik o‘sishi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish kerak. Buning uchun
taxminan 160 ming gektar maydonda o‘rmon uchun yaratish kerak, shundan 45 ming
gektar maydonda o‘rmonlarni sun’iy usulda, qolgan joylarda esa tabiiy usulda vujudga
keltirish mumkin. Shuningdek, xo‘jalikning agroo‘rmon meliorativ fondida xuddi
shunday toifadagi maydonlar 210 ming gektarni tashkil qiladi. Tog‘ yon bag‘irlarini
terrasalash yo‘li bilan kamida 70 ming gektar maydonda yem-xashak yetishtirish
mumkinligi aniqlandi. Bu hol tog‘ yon bag‘irlarida yangi yaylovlarni vujudga keltirish
va mollar sonini oshirish imkonini beradi.
O‘simlik resurslaridan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi,
yaylovlarning turli sabablarga ko‘ra kamayib borayotganligi, cho‘llarda ko‘chma
qumlarning ko‘payib borayotganligi yaylovlarning neft mahsulotlari, xo’jalik va
maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, sizot suvlari sathi ko‘tarilishi tufayli yerlarning
zaharlanishi, yaylovlarning cho‘lga aylanishi, tog‘ oldi va tog‘ yaylovlarida
eroziyaning kuchayishi, to‘qayzorlarning yo‘qolib borishi, tog‘ yon bag‘irlarida
yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish va daraxt, butalarni qirqish, pichan o‘rishni pala-
partish tashkil kilish tufayli surilma va sellarning keng miqyosda kuchayishi va boshqa
muammolar paydo bo‘ldi. Vujudga kelayotgan muammolar zanjiri cho‘l, tog‘ oldi va
tog‘lardagi yaylovlardan oqilona foydalanilmayotganligi, yaylovlarning
mahsuldorligini barcha joylarda baravariga oshirilmayotganligidan darak beradi.
Shuning uchun turli nomaqlub hodisalar yuz berib, buning natijasida yaylovlarning bir
foydalanishdan chiqib qolmoqda yoki haddan tashqari kamayib ketmoqda.
Ushbu muammolarni tez va to‘lig‘i bilan hal qilish avvalo yaylovlardan
extiyojga yarasha foydalanishni tashkil qilish, yaylovlarga vaqti-vaqti bilan dam berib,
ularni tiklanishiga imkoniyat yaratish, saksovul, cherkez, qandim, quyon suyak kabi ,
butalarni qirqilishini qat’iyan man etish, axolini o‘tin, ko‘mir, bilan ta’minlash,
harakatdagi qum uyumlarini o‘simliklarini urug‘ini ekish bilan yoki turli mexanik,
kimyoviy fizik usullarni bilan mustaxkamlash, shuningdsk, maydonlarda
agrofitotsenozlar cho‘llarda avtomashinalarning harakatini tartibga solish, geologik-
kidiruv ishlari tugagandan burg‘ulash obyektlarida rekultivatsiya ishlarini olib borish,
yerlarga o‘simliklar urug‘ini ekib, buzilgan yaylovlarni qayta tiklash ishlarini amalga
oshirish kerak. Tog‘ oldi tog‘lik zonada avvalo yaylovlardan foydalanishni, darkor,
141
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON
2022-YIL 28-APREL
yon bag‘irlar juda qiya bo‘lgan, ya’ni eroziyaga moyil bo‘lgan joylarda buta, yarimbuta
daraxtlarni qirqishni butunlay to‘xtatish, mol boqish chegaralari mevali, mevasiz
daraxt ko‘chatlarini ekishni, tashkil qilish archalar qirqilishiga chek qo‘yish
yalangliklarda archaning nihollarini ekish bilan ularning maydonlarini yangi o‘rmonlar
yaratish, shuningdek xandon pista, bodom, tog‘olcha,yong‘oqzorlani muxofaza qilish
va tog‘ yon bag‘irlarida bog‘ maydonlarini kengaytirib zaruriy vazifa bo‘lmog‘i kerak.
Tik yon bag‘irlarda surilma, eroziya, tuproq surilishi, o‘pirilish, sel kabi
ofatlarning oldini olish uchun tegishli tashkiliy xo‘jalik agrotexnik o‘rmon-meliorativ
va tadbirlarni barcha joylarda keng tatbiq qilish dasturini amalga oshirish uning asosiy
ishiga aylanmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |