Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari:
nazariya va amaliyot
____________________________________________________________________
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
National University of Uzbekistan 328 www.ares.uz
o'tkazilgan ilmiy ishlar yoki nufuzli olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariyalarga
asoslangan bo'lishi kerak.
Mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqayotganda, aniq bir nuqtai nazarni qo'llab-
quvvatlaydigan manbalarni tanlanmasligi va qarama-qarshi nuqtai nazarga ega bo'lgan
manbalarga e'tibor berilmasligi kerak. Tahlil davomida shaxsiy fikr va qarashlar va
ularni qabul qilishning mantiqiy asoslarini keltirib o’tish mumkin, lekin ayni paytda
har xil yondashuvlar va nuqtai nazarlarning qiymatini tan olish, har xil pozitsiyalarni
taqqoslash va solishtirish, har birining ijobiy va salbiy tomonlarini aytib berish kerak
hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili sohadagi muayyan bir mavjud adabiyotni aks ettirmasligi
kerak (Boote & Beile, 2005)
2
. Buning o'rniga, unda o'rganilayotgan mavzuni yangi
fikrlash va tushunishga yordam beradigan yangi va ijodiy nuqtai nazardan mavjud
bilimlarni taqdim etishni maqsad qilingan bo’lishi kerak.
Adabiyotlar tahlilini yozish haqiqatan ham murakkab va qiyin jarayon bo'lib,
ko'plab sa’y-harakatlarni talab etadi. Bu mavzuni aniqlash va ilmiy asarlarni mazmunli
va izchil bir butunga joylashtirish, tahlil qilish, tanqid qilish va bog'lash ko'nikmalarini
talab qiladi. Bu urinishni bajarish, ba'zida boshlang'ich va ilg'or talabalarni,
shuningdek, yangi tadqiqotchilar hamda shogird mualliflarini biroz qo'rqitishi
mumkinligi tabiiy.
Bundan tashqari, adabiyotlarni tahlilini tayyorlash san’ati muayyan bir texnik
formulaga qat'iy rioya qilmaydi. Oldingi tadqiqotlarni baholash va sintez qilish usullari
(masalan, miqdoriy, sifatli va aralash metodlar), ularning tuzilishi va uslubi
tadqiqotchilarning bilim va tadqiqotga nisbatan har xil yondashuvlarga asoslangan
nuqtai nazarini aks ettirishi kerak. Shu kabi yondashuvlar doirasini hisobga olgan
holda, ko’pgina adabiyotlalr tahliliga bag’ishlangan manbalar uchta asosiy turdagi
ko'rib chiqishga qaratilgan nazariyani taklif qiladi, jumladan: tizimli, an'anaviy -
hikoya shaklida va germenevtik-fenomenologik tarzda. Bu jarayonda ushbu uchta
turga xos bo'lgan xususiyatlarni tavsiflanadi va har biriga xos bo'lgan xususiyatlar
ajratib ko'rsatiladi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar bo'yicha dissertatsiyalar va tezislarga adabiyotlar
tahlilini o'z ichiga oladigan to'rtta asosiy format mavjud: an'anaviy oddiy, an'anaviy
murakkab, mavzuga asoslangan va maqolalar to’plami. Ushbu formatlarning har birida
tahlil o’ziga xos shaklda yaratiladi. Yozuvchi sifatida, adabiyotlar tahlilini o'quvchilar
uchun iloji boricha aniqroq qilish ilmiy ish muallifining zimmasidadir. Yozish bo'yicha
2
Boote, D. N., & Beile, P. (2005). Scholars before researchers: On the centrality of literature review in dissertation
preparation.
Educational Researchers, 34
(6), 3–15.
Do'stlaringiz bilan baham: |