“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
O‘zLiDeP Qo‘shrabot tuman Kengashi tomonidan shu mavzuda mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish va istiqlolimizni asrab-avaylash, yurtimiz iqtisodiyotining tayanchi bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznesga oid bilimlarini boyitish kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.
– Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir, – deydi O‘zLiDeP Qo‘shrabot tumani Kengashi apparat rahbari E.Bolmanov. – Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.
Tadbirda shuningdek, 2021 yilda yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning 30 yilligi g‘oyasi va ruhi bilan uyg‘un va hamohang holda tashkil etish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Istiqlolimiz, uning beqiyos ne’matlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida yoshlarga aniq misollar asosida tushunchalar berildi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari boshlandi
H ashar - xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri. U odamlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat, mehnatsevarlik muhitini tobora mustahkamlaydi.
Bu yilgi istiqlol bayrami arafasida tashkil etilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati IIB apparati xodimlari ham erta tongdan o‘z tashabbuslari bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Mavjud binolar atrofi, ko‘chalar obodonlashtirildi. Ekin yerlari tartibga keltirilib, begona o‘tlardan tozalandi. Daraxtlarni oqlash, ularga shakl berishga alohida eʼtibor qaratiladi. Hashar davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |