Kalit so`zlar:
ilm-fan, yoshlar, olimpiada, yoshlar siyosati.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida ilm-fan va texnika jadal sur’atlarda
rivojlanib bormoqda. Bu esa o’z navbatida taraqqiyot jarayonini uzluksiz davom
etishi uchun hozirgi kun yoshlarini ilmiy, ijtimoiy-siyosiy salohiyatini
oshirishdek muhim masalani oldinga qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
imzolangan 2016-yil 14-sentyabr kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati
to’g’risida”gi qonun yurtimiz yoshlarini ijtimoiy-siyosiy jihatdan shakllantirish
va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol
toptirish uchun qo’yilgan ulkan qadam bo’ldi. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi o’rnini topishi davlat ahamiyatidagi vazifaga aylandi. Jumladan,
2017-yil 30-iyun kunidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi o’z
faoliyatini boshladi. Shu kundan boshlab 30-iyun sanasi yurtimiz bo’ylab
“Yoshlar kuni” sifatida bayram qilina boshlandi. Yoshlar jamiyatimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining
qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni¬ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta
bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak,
juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga
koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki
hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan¬ koʻpi yoshlardir. Kelgusida
har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi. Shuningdek, qonunda yoshlarni
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli
va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan.
Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning
mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha
Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya
boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi,
iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod,
prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush
medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon”
“Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi,
qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir.
Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning
tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli
illatlar taʼsiridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi
muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar –kelajagimiz” davlat dasturi
doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar – kelajagimiz”
jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap, gʻoya va loyihalarini
amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorida imtiyozli
kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish; hamda dastur doirasida ajratilayotgan
kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish kabi
imtiyozlarni amalga oshirdi. Shuningdek, dastur doirasida yosh tadbirkorlarning
biznes tashabbuslari, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat,
huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar koʻrsatish, forumlar, master klass
hamda seminarlar tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking
markazlari ham amaliy yordamga yoʻnaltirilgandi.
Yoshlarning yangi O`zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning
o`rni beqiyos sanaladi. Yuqorida aytganimizdek, deyarli O`zbekistonning ancha
katta ulushi yoshlarga to`gri keladi. Qanchadan-qancha ishlab chiqarish va
ko`pgina tshkilotlarni misol qilib oladigan bo`lsak, ularda yoshlar faol qatnashib
o`z yangi ilm va g`oyalarini ilgari surib o`zlarini namoyon qilib kelmoqda.
Misol uchun Nodirbek Abdusattorovni olaylik, Polsha poytaxti Varshavada
shaxmatning rapid yo‘nalishi (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida
g‘olib bo‘ldi. 17 yoshli shaxmatchi Abdusattorov dastlab sensatsion ravishda
amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi va
uni yaqqol yetakchilik imkoniyatidan mahrum etdi. Keyingi turlarda Vladimir
Fedoseyev, Gukesh Dommaraju, Yan-Kshishtof Duda kabi shaxmatchilarga
qarshi dramatik bahslarda durang qayd etildi. 13ta partiyadan so‘ng
Abdusattorov, Yan Nepomnyashiy, Magnus Karlsen va Fabiano Karuana bir xil
— 9,5 ochko to‘pladi. Abdusattorov 13 tur davomida Fabiano Karuana, Levon
Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfand va Magnus Karlsenni (jahon
chempioni) mag‘lub etgan, Yan Nepomnyashiy, Aleksandr Grishuk, Vladimir
Fedoseyev, Gukesh Dommaraju, Yan-Kshishtof Duda bilan durang o‘ynagandi.
U rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida
tarixga kirdi.
Yaponiyaning Tokio shahrida 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustga qadar yozgi
Olimpiya o‘yinlarini misol qilib o`tsak ham bo`ladi. Musobaqada O‘zbekiston
nomidan 17 ta sport turi bo‘yicha jami 65 ta yo‘nalishda atletlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonliklar sportchilar Olimpiadada umumiy hisobda 5 ta (3 ta oltin va 2
ta bronza) medalni kiritdi va umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi. Tokio
Olimpiadasida Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika)
va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod
Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqdi. Unga qo`shimcha
ravishda Delegasiyamiz Tokio Paralimpiya o‘yinlariga 48 sportchi bilan 55 ta
yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Yakunda esa jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va
6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu esa umumjamoa hisobida
162 delegasiya orasida musobaqani 16-o‘rinda yakunlashimizni ta’minladi. Bu
ko‘rsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH
(Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida to‘rtinchi,
Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida birinchi bo‘ldi. Qayd etish joiz, Rio-
2016 Paralimpiya o‘yinlarida ham 8 ta oltin medal (6ta kumush va 17ta bronza)
bilan 16-o‘rinni band etgan edik.
2021-yil 5 iyul — 2 avgust kunlari Yaponiyada o‘tkazilgan 53-Xalqaro
kimyo olimpiadasida
dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasidan quyidagi o‘quvchilar 1 ta oltin va 3 ta bronza
medallarini qo‘lga kiritdi: Sobirjon Amanov — Toshkent pediatriya tibbiyot
instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal, Firdavs Sobirov —
Buxoro
shahri
35-maktab
o‘quvchisi
bronza
medal,
Durdona
Muxtorxo‘jayeva — Ibn Sino maktabi o‘quvchisi bronza medal, Ikromiddin
Boymahammadov — Ibn Sino maktabi o‘quvchisi bronza medal.
2021-yil 14−24 iyul kunlari Rossiya tomonidan 62-Xalqaro matematika
olimpiadasi o‘tkazildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchi
qatnashib, O‘zbekiston terma jamoasidan: Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati
G‘ijduvon tumani 5-ixtisoslashgan matematika maktabi o‘quvchisi kumush
medal, Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi
o‘quvchisi bronza medalga sazovor bo‘ldi.
2021-yil 18−23 iyul kunlari Portugaliyada bo‘lib o‘tgan 32-Xalqaro
biologiya olimpiadasida dunyoning 76 davlatidan 304 nafar o‘quvchi ishtirok
etdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini
qo‘lga kiritdi: Xumoyun Norbekov — Jizzax davlat pedagogika universiteti
qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal, Aziza Abduvaliyeva —
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin
medal, Yorqinbek Turdiboyev — Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-
ixtisoslashgan kimyo-biologiya maktabi o‘quvchisi kumush medal.
2021-yil 17−24 iyul kunlari Litvada o‘tkazilgan 51-Xalqaro fizika
olimpiadasida dunyoning 73 davlatidan 365 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasidan Toshkent shahridagi 71-maktab o‘quvchisi Rail
Xashayev bronza medal bilan taqdirlandi.
Demak ko`rinib turibdiki, shunday yoshlarimiz bor ekan biz Yangi
O`zbekistonni yangi qadamlar va yangi ishonchlar bilan birgalikda shahdam
qadamlar ila qura olamiz. Shunday yoshlarimiz bor ekan, albatta, o`zbekiston
ertaga ishonchli qo`llarda.
Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla, bugungi kunda
farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni
xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan
himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga
qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson
hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.
Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz
poydevori.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Islom Abdug`aniyevich Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch,
2008, 28-bet.
2.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev. Yangi O`zbekistonda erkin va
faravon yashaylik, 2021, 40-41-bet.
Foydalanilgan Internet saytlar:
1.
https://Kun.uz
.
2.
https://gazeta.uz
3.
https://daryo.uz
4.
https://uzreport.uz
5.
https://qalampir.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |