Yangi O`zbekiston ma’rifatli jamiyatini tashkillashda yoshlarning o`rni



Download 31,09 Kb.
Sana30.01.2022
Hajmi31,09 Kb.
#419219
Bog'liq
o`zbekiston


Yangi O`zbekiston ma’rifatli jamiyatini
tashkillashda yoshlarning o`rni
Bolaligimda buvim olib bergan kiyimni hammaga ko`rsatgim, go`zalligi, yangiligi bilan maqtangim kelardi. Bugun esa murg`ak vujudim, mitti yuragim o`zgargan. Endi u Yangi O`zbekistoni bilan, ona yurti bilan maqtangisi keladi. Zero, mening taqdirim bolaligi paxta dalasida o`tgan, paxtadek oq orzulari egatlar orasida qolib ketgan otamning taqdiriga o`xshamaydi. Mening qismatim ota-onasining o`qitishga sharoiti bo`lmagani sababli muallim bo`lish orzusi armonga yuz tutgan, o`n yettida chimildiq ko`rgan onamning qismatiga o`xshamaydi. Chunki men Yangi O`zbekiston farzandiman, orzulari maqsadga, maqsadlari ro`yoga aylanadigan avlodni tarbiyalovchi millatning qiziman. Inson ona vatanini o`zi tanlolmaydi. Shunday ekan, o`zim va tengdoshlarimni tug`iliboq taqdirlanganlar, ulug` tuproq, buyuk yurt bilan mukofotlanganlar, deya olaman va bunga shukrona sifatida munosib bo`lishni-da unutmay yashashga chorlayman.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugun dunyo bo`yicha yuz foiz o`quvchi erta tongda bilim olish uchun yo`lga otlansa, undan oltmish foizi sog`-salomat qaytib kelib, qolgan qirq foizi mamlakatidagi notinchlik oqibatida yo jarohat bilan qaytadi, yoki umuman qaytmaydi. Biz mana shu qirq foizning orasida bo`lmaganimiz uchun, kaftimizga zirapcha kirsa, tegramizdan jilmas ona kabi mehribon Vatanning bir niholi bo`lganimiz uchun unga munosib bo`lishimiz kerak emasmi?! Men haligacha hech bir manbada o`qimadimki, dunyodagi biror mamlakatda ijodkor yoshlar uchun ijod maktablari tashkillanganini. Hali uchratmadimki, o`zi uchun, dunyoqarashi, ma’naviyati kengayishi uchun kitob mutolaa qilgan bolasiga avtomobil sovg`a qiladigan jonsarak vatanni. Yoki bo`lmasa, sizningcha, yana qaysi bir yurtda oilaviy sharoiti og`irroq bo`lgan qizlarga davlat tomonidan o`qishga kirish imkoniyati tuhfa etiladi? Bunday misollardan yuzlab keltirish mumkin. Hammasiga yuragingiz shiviri O`zbekiston, deya javob berishiga ishonchim komil. Menda savol paydo bo`ladi: nega yoshlarini bunchalar sevar ekan bu yurt? Savolimga o`z dunyoqarashim bilan javob topishga chog`lanaman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Bugun bitta kitob o`qib o`tirgan bola ertaga televizor ko`rib o`tirgan o`nta bolani boshqarishi mumkin ”, -deganlaridek, bugun o`zi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan, yurtning mehrini his qilayotgan yosh avlod ertaga mamlakat taqdirini hal qiladigan kuchga aylanadi. Deyl Karnegining bir kitobida ham o`qigan edim: “ Bugun nohaqlikni ko`rib o`sayotgan farzand ertaga nohaqlik ishtirokchisi bo`ladi”. Bundan xulosalash mumkinki, bugun farovon jamiyatda yashayotgan bola ertaga jamiyatning yana ham rivojlanishiga o`zi bosh bo`ladi. Yurtboshimiz bir o`zbek qizining ko`ksiga “Zulfiya” medalini taqayotganda bu bosqichga ne-ne zahmatlar bilan kelganini emas, kelgusida undan kutayotgan umidlari haqida gapiradi. “Mard o`g`lon” bilan taqdirlanayotgan alp o`g`lon yurt otasiga avvalgi zafarli qadamlarini emas, qo`yilajak ertangi qadamlari haqida so`zlaydi. Bizning xalq— o`z kelajagini o`ylaganda jilmayib qo`yadigan xalq. Ishonamanki, bizning ertamiz faqat o`g`izlarda qoladigan kelajak emas. Tengdoshlarimning ko`zidagi shijoat aytgan menga buni. Bizning jamiyat balandparvoz so`zlar ustiga quriladigan jamiyat emas. Yurtimizdagi har bir islohot fikrimga dalildir.
Yaqin orada hayotimizga yangi ibora kirib keldi. Uchinchi Renessans. Bu atama siz uchun nimani anglatadi? Shaxsan men uchun renessans “El-yurt umidi” jamg`armasi asosida oq orzularini orqalab, chet elga o`qish uchun otlanayotgan yoshlar. Men uchun renessans mas’uliyati cheklangan talabalar uchun beriladigan yordam pulini olgan paytidagi talaba qizning quvonchi. Men uchun renessans Prezident maktabiga kirish uchun imtihondan o`ta olmay, kelasi yilgi sinov uchun astoydil tayyorlanayotgan ukamning intilishi. Men jamiyatdagi o`zgarish, yangilanish nafasini shu va shunga o`xshash islohotlardan sezaman.
Shaxsan o`zim 2021-yilgi O`zbekiston Yoshlar forumida ishtirok etdim. Forum doirasida do`stlar orttirish, mashhur insonlar bilan suhbat qurish—bu o`z yo`liga. Meni quvontirgani, o`n sakkiz yosh bo`lgan o`g`il-qiz jamiyatni o`zgartiradigan g`oyalarga ega ekani bo`ldi. Hozir kichik yoshida o`z tengdoshlarining muammosiga yechim izlayotgan talabaning kelajakdagi g`oyalarini, tashabbuslarini tasavvur qilib siz ham quvonasizmi? Yurtboshimiz iste’dodli yoshlar bilan bo`lgan bir uchrashuvida : “ Yurtning sizlardek izlanuvchan farzandlari bor ekan, kelajagimizning bugunimizdan go`zal bo`lishiga shubha qilmayman”,- degan edilar. Darhaqiqat, ma’rifatli jamiyat qurishga biz, yoshlarning imkoniyati ham, iqtidori ham yetarli.
Aziz tengdoshim, bizni kaftida ko`tarib katta qilgan Vatanimizga menga suyan, deya olish navbati endi biznikidir, balki. Dalasini o`ylagan, bolasini o`ylagan dehqon xalqning chanqog`ini qondirish payti kelmadimikin ? Biz jamiyatning ko`zidagi yoshni artaman emas, jamiyatning ko`ziga yosh keltirmayman, deyishi kerak bo`lgan avlodmiz. Xalqum emas, xalqim, deyish uchun tarbiyalangan avlodmiz. Renessansni, yorug` kelajakni erta yoki indindan emas, bugun, hozirdan boshlashimiz kerak bo`lgan avlodmiz. Vatan sevgisi tiliga emas, yuragiga ko`chgan avlodmiz. Bularni isbotlash payti keldi. “Millatni uyg`otish uyg`onganlarning vazifasidir”, - degan edi ma’rifatparvar ijodkor Abdulhamid Cho`lpon. Darhaqiqat, millatni uyg`otish uchun avval uyg`onaylik. Mudroqmisiz, uyg`oqlar bilan bo`ling. Uyg`oqmisiz, mudrayotgan tafakkurni, mudrayotgan ruhni uyg`otish uchun kamarbasta bo`ling. Zero, O`zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratish uchun yoshlar mas’ul: men mas’ulman, siz mas`ulsiz, biz mas’ulmiz. Bu saodatli yo`lda birga ekanimizdan shodman.
Download 31,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish