Shu yerga tushgandir ilk oyoq izim,
Shu bog'da ilk mart a kapalak quvdim,
Kapalak quvganim shu bog ‘ni o ‘zim,
Keyincha Vatan deb, jonimdan sevdim.
Chindan ham Vatanim shu bog \ shu tuproq,
Nima bor shulardan go ‘zal va pokroq.
0‘zbek she’riyatida vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi g‘oyalari birgalikda tarannum etildi. Shunisi muhimki, bu mavzuni yoritishda his-tuyg‘udan mahrum bo‘lgan balandparvoz, dabdabali «qizil so‘zlar», ritorik va’zxoniklar o‘rnini tiniq poetik kechinmalar, hayotiy obrazlar, jonli tasvirlar tobora ko‘proq egallay bordi. G‘afur G‘ulomning «Bizning uyga qo‘nib o‘ting, do‘stlarim», «Qardosh tojik xalqiga», Uyg‘unning «Go‘zal Ukraina», «Salom», Zulfiyaning «Ko‘kchatov», «Qarmoq», M. Boboyevning «Qoraqum kanali», Mirtemirning «Qirg‘iz xalqiga», «Olmaotaning qishi» kabi she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol sezilib turadi.
E. Vohidov, A. Oripov, U. Azimov, O. Hojiyeva, H. Xudoyberdiyeva, A. Suyun, Sh. Rahmon, D. Fayziy va boshqa shoirlar xalqlar do'stligi mavzusini tasvirlashda voqea va faktlarni quruq bayon etish yoiidan emas, aksincha, obrazli mushohada yuritish, jonli hayotiy manzara yaratish yoiidan bordilar.
0‘zbek shoirlari xalqning xorijiy mamlakatlar mehnatkashlari bilan do‘stona aloqalari haqida ham poetik asarlar yaratdilar. G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Uyg‘un, Shayxzoda, H. G‘ulom, A. Muxtor, A. Oripov, R. Bobojon, Mirmuhsin, E. Vohidov, Shuhrat, S. Akbariy, O. Matjon kabi shoirlarning chet el voqeligi haqida yozilgan qator asarlarida xorijiy mamlakatlar xalqlariga xayrixohlik tuyg'ulari bildirildi. «Hirot» (G\ G‘ulom), «Hindiston haqida» (Uyg‘un), «Salom sizga, erkparvar ellar» (Zulfiya), «Qit’alar uyg‘oq» (H. G‘ulom), «Ko‘z yosh va tabassumlar» (S. Akbariy), «Nega Rimga kelding, tunislik bola» (A. Oripov), «Kanada turkumidan» (E. Vohidov), «Sharq guldastasi» (B. Boyqobilov) kabi poetik asarlarda xorijiy mamlakatlar xalqlari hayotiga oid lavhalar aks ettirildi. Mustamlakachilik tuzumining chok- chokidan so‘kilib, nurab borayotganligi jonli va yorqin bo‘yoqlarda tasvirlab berildi.
Bu davr dostonchiligidan umumbashariy muammolar borgan sari ko‘proq o‘rin oldi. Notinch dunyo tashvishlari bilan yashayotgan zamondoshlarning his-tuyg‘ulari, ularning tinchlik va do‘stlik uchun olib borayotgan kurashlari o‘z badiiy ifodasini topdi. Oybekning «Davrim jarohati» dostonida dahshatli atom urushining oldini olish masalasi ko‘tarilgan bo‘lsa, Hamid G'ulomning «Amazonka» asarida kishilik jamiyatining taqdiri, insonning hayotdagi o'rni, qadr-qimmati masalasi yoritilgan. Har ikkala dostonda ham qirgLinbarot urushga nafrat, tinchlik va ozodlik, adolat va taraqqiyot kabi umumbashariy masalalar publitsistik ko'tarinkilik bilan aks ettirilgan.
«Amazonka» dostoni markazida Chili xalqining dunvoga mashhur, taraqqiyparvar shoiri Pablo Neruda obrazi turadi. Hamid G‘ulom bu obrazni samimiy hurmat va ixlos bilan yaratgan. Muallif Pablo Neruda asarlarining Chili vatanparvarlariga madad berayotganligini obrazli tarzda ko'rsatib, fashistlar iskanjasida azob chekayotgan Chili xalqining kuch-qudratiga, porloq kelajagiga ishonch birdirgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |