Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan


Qo ‘ygil Qo 'qoningni, qo ‘ygil Surxoning



Download 1,18 Mb.
bet12/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

Qo ‘ygil Qo 'qoningni, qo ‘ygil Surxoning,
Bir tuproq-ku axir, ota makoning...
Aziz vatandoshlar, menga ishoning,
0‘zbekni quritar mahalliychilik, - deb bong urdi. Shoira Gulchehra Jo‘rayeva esa mustaqil mamlakatimizning gullab-yashnashini ta’minlashda xalqimizning bir maqsad sari birlashib harakat qilishi buyuk ahamiyatga ega ekanini e’tiborga olib, «birlashgan o‘zar» degan xalq hikmati mazmunini she’r mag‘ziga singdirib yubordi:
Ilhom birlash, imkon birlash,
inson birlash,
Maqsad birlash, matlab birlash,
vijdon birlash.
Buyuk davlat yo ‘li birdir
iymon birlas'h.
Quvvat birlash, qudrat birlash.
Turon birlash!
Shunday qilib, shoirlar mustaqillikni ulug'lashni uni asrash va mustahkamlash bilan uzviy birlikda ifodaladilar.
Mustaqillik davri she’riyatida o‘zbek xalqiga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik, sabr-toqat, mulohazakorlik, mehnatsevarlik, kelajakka ishonch, mardlik, donishmandlik, ilmga o‘chlik, to‘g‘rilik va axloqiy poklik singari milliy xarakter belgilari ixlos va muhabbat bilan aks ettirildi. Bu xususiyat A. Oripov, E. Vohidov, Azim Suyun, Usmon Azim, Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, O. Matjon, J. Kamol, X. Davron va boshqa shoirlarning 90-yillardagi ijodida, ayniqsa, ochiq namoyon bo‘ldi. Bu shoirlarning yangi asarlarida inson o'z hayotini xalq va mamlakat hayotidan chetda tasavvur qilmasligi, inson insonga qo'lidan kelganicha beminnat yaxshilik qilishi, xalqning shodligiga ham, g‘amu tashvishiga ham birdek sherik boMishi lozimligi rang-barang shakllarda ifodalangan.
Masalan, Usmon Azimning yangi she’rlarida ona Vatan mavzusi, insoniyat va bashariyat olamiga doir rang-barang tuyg‘ular tug‘yoni zo‘r hayajon bilan tasvirlangan:
O ‘ynoq-o ‘ynoq, og ‘ir-og ‘ir oqmoqda umrim,
Goh ko 'z yumib, goh ufqqa botmoqda umrim.
Bor jonini sadqa aylab she ’rga, qo 'shiqqa,
Siz yo ‘qotgan sururlarni topmoqda umrim.
Shoirning bu badiiy iqrorida hayot murakkabligi, inson umri chigalligi samimiy aks ettirilgan.
Mustaqillik davri she’riyatida Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Tursunoy Sodiqova, Gulchehra Jo‘rayeva, Xosiyat Bobomurodova, Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova, Zebo Mirzayeva singari shoiralar ham faollik ko‘rsatdilar. Ular insoniy va fuqarolik burchi, vijdon va sadoqat, vatanparvarlik va do‘stlik, axloq-odob, sevgi-muhabbat haqida qator dilbar asarlar yaratdilar. Jumladan, Xosiyat Bobomurodova «Vatan yagonadir» she’rida ota yurt muqaddasligini ta’sirli yo‘sinda badiiy aks ettiradi:
Derlar shirin so ‘zning gadolari ko 'p,
Yonib turgan ko 'zning adolari ko 'p,
Yurtlar bor, hattoki xudolari ko ‘p,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir.
Shoiralar ijodida xotin-qizlar hayoti, ruhiyati, ular ongidagi o‘sish-o‘zgarishlar tasviri markaziy o‘rinda turadi. Ular mavzuni yoritishda ko'pincha milliy xususiyatlar, milliy tarovat belgilaridan unumli foydalangan holda qalam tebratadilar. Shu tariqa, o‘zbek ayollari fe’l-atvori va dunyoqarashidagi ajoyib xislatlarni umumlashtirib, milliy xarakter belgilarini ochib beradilar. O'zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva odatda hayot haqiqatini, tuyg‘ular tug‘yonini milliy libosda ko'rsata oladi. Shoiraning «Vatan», «Bular Vatan qorovullari», «Xudo degan mamlakatni», «Ulug‘ kun kelmoqda», «Yangi yil jomini ishq bilan to‘ldir» kabi she’rlarida lirik qahramonning ruhiy olami, ona Vatanga, mehnatkash xalqimizga mehr- muhabbati milliy qadriyatlar, dinu iymon, o‘zbekona urf- odatlar bilan uzviy bog'liq holda tiniq aks ettirilgan. Shoira «Unutmang» she’rida ona Vatanni, mehnatkash xalqni rozi qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni bajarishga tayyor ekanini samimiyat bilan ifodalaydi:
Yelkam xalqim yelkasiga tegib turmog 7 uchun, Boshim xalqim ko ‘Ikasiga egib turmog 7 uchun,
Unga qarshi nima kelsa yengib turmog 7 uchun, Mendan qay ish lozim bo ‘Isa,
Barchasiga tayyorman.
Samimiylik shoiraning «Ona sadoqati va o‘g‘il armoni qissasi» asariga ham xos. Qissada sevgiga sadoqat va insoniy burch haqidagi teran poetik fikr mahorat bilan kuylangan. Qissada tasvirlanishicha, urush tufayli yosh beva qolgan Sayram kelin ko‘z ochib Erining frontda halok bo'lgani to‘g‘risida «qoraxat» olgach, yosh kelinchak «abadiy firoqni abadiy visol» deb biladi, butun mehrini sevikli eridan yodgor bo‘lib qolgan yolg‘iz farzandiga bag‘ishlaydi. 0‘g‘lini oq yuvib, oq tarab tarbiyalaydi. 0‘g‘il voyaga yetib, uyli-joyli va olti bolali ota bo'lgach, to‘satdan og‘ir dardga yo‘liqadi, farzandlari kamolini ko‘ra olmay, bevaqt dunyodan o‘tadi. U oxirgi daqiqalarda mushtipar, mehribon onasiga o‘z armonini bayon etadi:

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish