Qul dedi: Bir ne ’mat bordir bebaho,
Unga sadqa bo Isin molu mulk, dunyo.
Falaklar bekordir uning qoshida,
Mtdaklar bekordir lining qoshida.
Unga nisbat bersa, qafasdir jannat,
V shundoq tansiq his, tengi yo ‘q ne ’mat.
— Uning nomi ne deb, qistardi Xoja,
Sirni bilmoqlikni istardi Xoja.
Qul dedi: Bu ne ’mat jondan-da totlik,
Nomi Ozodlikdir, nomi Ozodlik!
Abdulla Oripov turli yillarda xilma-xil va biri-biridan sermazmun dostonlar ham yaratgan. Shoir dostonlarida ham, xuddi she’rlarida bo'lganidek, hayot haqiqati ustalik bilan ochib berilgan. Shoir ularda asarda ko‘tarilgan mavzuni tasvirlashda, xususan, hayotda uchrovchi illatlarni fosh etishda turli xil tasvir vositalaridan, shuningdek, ramziy obrazlardan va har xil majozlardan o'rinli foydalanadi. Fantastik sujet asosiga qurilgan «Jannatga yo‘l» (1978) dramatik dostonida qiyomat va oxirat, jannat va do‘zax, savob va gunoh singari ilohiy tushunchalar qalamga olinadi.
«Jannatga yo‘l» dostonida Yigit, Ona, Ota, Do‘st, 0‘spirin, Qariya singari hayotiy obrazlar bilan birga, Tarozibon, Farishta, Hur qiz, Yugurdak. Sado va boshqa ramziy timsollar yaratilgan. Ana shular vositasida muayyan hayot hodisalari asosida dostonning nazarda tutilgan mazmuni ochib berilgan. Shoir adolat va to‘g‘rilik, vijdon va iymonga doir qadriyatlarni, olijanob insoniy fazilatlarni targ'ib etishda diniy tushunchalardan ham, ramziy obrazlardan ham ustalik bilan foydalana olgan. Shoir ko‘zlagan niyat asar oxirida berilgan quyidagi misralarda ochiq seziladi:
Bir rivoyat bahonayu, dost on so ‘yladim,
Turli-tuman taqdirlarni ciylab mujassam Odamlargci ibrat bo 'Isin, deya o 'yladim.
Abdulla Oripov «Jannatga yo‘l» dramatik dostonida hozirgi hayotdagi illatlarni fosh etishda diniy-afsonaviy voqeaga murojaat etgan bo'lsa, «Hakim va ajal» dostoni g‘oyasini ifodalashda uzoq o'tmish mavzusidan o‘rinli foydalangan. Jahon tibbiyot ihnining buyuk daholaridan biri Abu Ali ibn Sino haqida yozilgan bu dostonda umuman inson hayotiga taalluqli va abadiy dolzarb muammolar ko‘tarilgan. Asarda hayot va inson, ilm va o‘lim, olijanoblik va hasadgo'ylik haqidagi hikmatli fikrlar badiiy tarzda gavdalantirilgan.
«Hakim va ajal» dostonida hikoya qilinishicha, Abu Ali ibn Sino uzoq yillar davomida tibbiyot sohasida haddan ziyod aziyat chekib, mehnat qiladi. Ko‘p izlanishlar natijasida buyuk kashfiyot yaratadi oimaslikning davosini topadi. Biroq g‘arazgo‘y va shuhratparast shogirdi Mirzo o'z ustozining olamshumul kashfiyotiga hasad bilan qaraydi. U Abu Ali ibn Sinoga qarab behayolik bilan:
Men — iblisman, odamlarning o'zidan chiqqan.
Sen — zakosan, yo'qdir seni ko'rarga ko'zim, —
deydi. Bu nokas shogird ustozi ibn Sino kashf etgan noyob, hayotbaxsh dorini qasddan» yo‘qotadi. Abdulla Oripov «Hakim va ajal» dostonida ana shu dramatik voqeani afsus va nadomatlar bilan tasvirlab. hasadgo'ylik va baxillikni, yovuzlik va ichiqoralikni fosh etadi. Shu asosda insoniylikni, ilm va zakovatni ulug'lab, insonlar bir-biriga beminnat va beta’ma yaxshilik qilishi lozim degan falsafiy fikrni obrazli ravishda izhor etadi.
Abdulla Oripovning «Ranjkom» (1988) dostonida qayta qurishning asl ma’nosini. xususan, demokratiya va oshkoralikning tub mohiyatini anglamasdan, asossiz holda «yangi shirkatlar» tuzib, halol ishlab, halol yashayotgan insonlarni behuda ranjitib yurgan odam shaklidagi maxluqlar fosh etiladi. Uch nokas «Hasharot» jurnali tahririyati xonalaridan birida to'planib, yaxshilarga ozor berishni, ularni ranjitishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan «Ranjkom» tashkilotini tuzadi. Shu «majlis»da bu uch shaxsdan biri deydi:
Shunday qilib, yangi shirkat tuzdik, o ‘rtoqlar.
Men raisman. Sizlar a’zo. Hozircha kammiz...
Biz ta ’naviy tashkilotmiz — «Ranjkom»miz
u a ’ni,
O'zgalarni ranjitmoqlik bizning ishimiz.
Doston voqeasi ana shu «Ranjkom»ning rais, birinchi a’zo, ikkinchi a’zo obrazlarining o'zaro suhbati va ularning farrosh ayoldan dakki yeb, sharmisor bo‘lishi asosiga qurilgan.
«Ranjkom» dostonida haqiqiy hayot hodisasi jonli obrazlar asosida tasvirlangan. Hayotdagi illatlarni ochib tashlash asosida halol ishlab, beg‘alva, pok yashash g'oyasi ifodalangan.
Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasida sho‘rolar hokimiyati davrida qatag‘on etilgan shavkatli Temur obrazi katta iftixor bilan qalamga olingan. Asarda ulug‘ bobomiz Amir Temurning realistik obrazi yaratilib, uning mamlakat va xalq tarixida tutgan buyuk roli badiiy ravishda ko'rsatib berilgan. Ma’lumki, buyuk tarixiy shaxs Amir Temur haqida o‘tgan davr ichida jahonda ko‘p she’r va hikoyalar, qissa va dostonlar, drama va romanlaryozilgan. Abdulla Oripov ana shu asarlarda ifodalangan mazmun, obraz va tashbihlarni takrorlamagan. Aksincha, murakkab va ko‘p qirrali mavzuga yangicha qarashlar asosida yondashib, Amir Temur haqida teran poetik asar yaratgan. Dostonda asosiy e’tibor jangu jadallar, qirg'inbarot urushlar tasviriga emas, balki, bosh qahramonning hayot va inson haqidagi o‘y-xayollari, fikrlari, mushohadalari, sa’y-harakatlari, g'azabu mehri aks ettirilgan.
Amir Temurning mehr-oqibati ham, g‘azab va nafrati ham birdek buyuk bo'lgan. Uning mehnat ahliga, askarlariga, quruvchi ustalarga, farzandlariga, nevaralariga mehribonligi va g‘amxo‘rligi g‘oyat ibratlidir. U eng qiyin holatu sharoitlarda ham halol insonlarni, sofdil odamlarni, qarindosh-urug‘larini diqqat-e’tibordan soqit qilmagan. Ularni e’zozlay bilgan. Aksincha, xalqqa, Vatanga xiyonat qilgan shaxslarni aslo ayamagan, gunohkorlarni qattiq jazolagan. Abdulla Oripov asarida Sohibqironning ana shu xislatlari, mamlakat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. Natijada, asarda Amir Temurning buyuk va salobatli, jonli va tabiiy obrazi yaqqol namoyon boiadi. U — dono inson. Mohir sarkarda, adolatli podshoh, insoniy va diniy qonun-qoidalarni yuksak qadrlovchi va ularga izchil amal qiluvchi hukmdor, mehribon ota, adabiyot va san’atni teran anglovchi va yuksak qadrlovchi noyob did sohibi sifatida gavdalanadi.
Shunisi ham muhimki, Abdulla Oripov dramada Amir Temur obrazini ideallashtirmagan. Uning podshoh sifatidagi xato ishlarini, dunyoqarashidagi ziddiyatlarni, qismatidagi fojiali jihatlarni ham ochiq ko‘rsatgan. Amir Temur asar oxirida umr bo‘yi qilgan savobu gunohlarini kuyinib eslaydi va sarhisob etadi:
Tinsiz jangu jadal bilan o ‘tdi hayotim,
Balki qancha umrlarga zomin bo'lganman.
Oxiratda etagimdan tutmasmi ular?
«Sohibqiron» she’riy dramasida Turkistonning mashhur va aziz avliyosi Ahmad Yassaviy obrazi ham yaratilgan. Yassaviy buyuk mutafakkir sifatida cheksiz ixlos va hurmat bilan tasvirlangan. Amir Temur Xitoyga yurish qilishdan oldin Turkistonga borib Yassaviy maqbarasini ziyorat qiladi. ulug‘ avliyodan oq fotiha olmoqchi bo‘ladi. Asarda bu voqea g‘oyat ta'sirli va dramatizmga boy qilib aks ettirilgan. Dramaturg bu sahnada qabrda yotgan Yassaviy hazratlari ruhini jonlantirib.
uni Amir Temur bilan muloqot qildiradi. Muloqotda Ahmad Yassaviy sohibqiron savollariga javoban:
Niyat qanchci jozibali bo 'Isa ham, Temur,
Qilich bilan murod hosil bo ‘Imog i gumon, —
deydi.
Bu javob dramaning leytmotivi sifatida aks-sado beradi. Zero, dramada umuman urush va qon to'kishlar ma’qullanmaydi. Aksincha, chigal muammolar o‘zaro kelishib, maslahatlashib tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim degan g‘oya olg'a suriladi.
Asarda Amir Temur obrazi bilan birga, sulton Boyazid, Bibixonim, Amir Husayn, Ahmad Yassaviy kabi timsollar ham jonli va ishonarli qilib yaratilgan. Bunda ruhiyat tahlilidan o‘rinli foydalanilgan.
«Sohibqiron» dramasining g‘oyaviy mazmuni va obrazlar talqinida, asar sujeti va kompozitsiyasida qusur bo‘lmaganidek, unda konflikt va dramatizm muammosi ham to‘g‘ri hal qilingan. Dramaturg asar konfliktini keng va teran aks ettirgan. Binobarin, asar konflikti yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan adolatsizlik, insof bilan insofsizlik, poklik bilan nopoklik, mardlik bilan qo'rqoqlik, sadoqat bilan xoinlik o'rtasidagi tafoviit va kurash asosiga qurilgan. Drama tili sodda va xalqchil, qisqa va lo‘nda. Unda chuqur mazmunli va obrazli baytlar ko‘p va ular ma’lum bir maqsadni ko‘zlab joy-joyida ishlatilgan.
Shunday qilib, Abdulla Oripov asarlari chuqur hayotiyligi, falsafiy teranligi, jozibadorligi, shoirona fikr-mushohadalarga boyligi bilan ibratlidir. Shoir she’rlari va dostonlari til va badiiy mahorat jihatidan ham namunalidir. Shoir asarlarining tili boy, ixcham, serjilo va ravon. Ular mavhumlikdan, noaniqlikdan, yaltiroqlik va «qizil so‘z»likdan xoli bo‘lib. jonli xalq tili boyliklari, hikmatlar bilan bezalgan. Binobarin, xalqona soddalik va chuqur mazmundorlik Abdulla Oripov she’riyatining asosiy xususiyatini tashkil etadi.
Abdulla Oripov o‘z asarlarining badiiy mukammalligini ta’minlashda qofiya vazn imkoniyatlaridan mohirona
foydalanadi. Barmoq, aruz va sarbast vaznlarida yetuk asarlar yozib, rang-barang she’riy ohanglar yuzaga keltiradi.
Abdulla Oripov — mohir tarjimon. U Pushkin, Shevchenko. Nizomiy Ganjaviy, Qaysin Quliyev singari shoirlarning bir qancha she’rlarini yuqori saviyada tarjima qilgan. Ayniqsa, Dantening mashhur «Ilohiy komediya» asarini o'zbek tiliga o‘girib, xayrli ishni muvaffaqiyat bilan bajargan. Abdulla Oripov - buyuk shoir. Uning asarlari xalqimizning milliy boyligidir.
Abdulla Oripovning mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U1990-yili «0‘zbekiston Xalq shoiri», 1998-yili esa «0‘zbekiston Qahramoni» unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |