Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
|
Professor-o`qituvchi va talaba o`rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.
|
|
|
МУНДАРИЖА
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ:
а) маърузалар мавзулари ва матни
б) амалий ва семинар машғулотлари мавзулари
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ МАШҒУЛОТЛАРИ
ГЛОССАРИЙ
ИЛОВАЛАР
а) намунавий фан дастури;
б) ишчи фан дастури;
в) тарқатма материаллар;
г) тестлар;
Ma`ruza matnlari
YANGI O`ZBEK ADABIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Reja:
Yangi adabiyotning vujudga kelishi.
Yangi adabiyotning asosiy xususiyatlari.
Davrlashtirish haqida.
Tayanch tushunchalar: XX asr o‘zbek adabiyoti, hikoyachilik, qissachilik, romannuvislik, yangi o ‘zbek adabiyoti
Adabiyot — xalq mulki. U inson hayotida alohida ahamiyatga ega. Inson bor ekan, adabiyot ham bo'Iadi. Adabiyotning o ‘Imasligini ta ’minlovchi ikkita qudratli omil bor. Ulaming biri adabiyotning g ‘oyat buyuk tarbiyaviy-ma 'rifiy ahamiyati bo 'Isa, ikkinchisi, uning insonlarga zavq-shavq berish xususiyatiga egaligidir. Zero, inson bar qanday davrda, har qanday sharoitda ham busiz yasholmaydi: i — doimo tarbiyaga, doimo ta 'rifatga va badiiy zavq olishgamuhtoj. Ana shunga ko 'ra, tarbiyaviy-estetik ahamiyatga ega bo ‘Igan yetuk asarlarga aslo zavol yo ‘q. Bunga qarama-qarshi holda quruq zamonasozlik ruhida yozilgan hamda hukmron nuifkura va siyosatning istagi bilan maydonga kelgan, badiiyati bo ‘sh asarlarning umri qisqa bo ‘ladi. Bunday asarlar davr sinovlariga bardosh berobnav, tezda unutiladi. Afsuski, XX asrda yaratilgan asarlar orasida ana shunday «mahsulot»lar oz emas.
Xayriyatki, adabiyotimizda davr sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o'tgan, inchunin, hozirgi kunlarda ham kitobxonlar tomonidan sevib o 'qilib kelinayotgan ajoyib asarlar ko ‘p. Sodda qilib aytganda, XX asrda yaratilgan o'zbek adabiyoti namunalarining nuqsonidan yutug ‘i, yomonidan yaxshisi ko ‘p.
Professor Naim Karimov bu haqda fikr yuritib, haqli ravishda quyidagilarni yozgan edi: «XX asr — insoniyat tarixidagi eng ulug' asrlardan biri. Bu asrda qanchalik ko'p qon to‘kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar ro ‘y bergan bo ‘Imasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari katta qadam tashladi... Bu asrda sodir bo ‘Igan barcha voqealar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ulaming bizlarga maqbul bo imagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o'chirishga urinish bema’nilikdir... XX asr o‘zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o'rnatdi. Bunday aloqa adabiyotimizning avvulgi bosqichlarida bo ‘Imagan. XX asr o ‘zbek adabiyoti xalq vajamiyatni o ‘z ortidan yetaklab, ularni hurriyat va milliy taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga erishdi»1.
Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov: «XX asrda bizda jahonning har qanday yuksak talablariga Javob bera oladigan yuksak adabiyot yaratildi, deb baralla aytishimiz mumkin. Hikoyachilik, qissachilik, romannuvislikda ham, she riyatda ham, dramaturgiyada ham buning isbotini o ‘nlab uchratish mumkin»2,
deb yozgan edi. XX asr adabiyotiga berilgan bunday adolatli bahoni Umarali Normatovning quyidagi so ‘zlari ham tasdiqlaydi: «Hech qaysi soha XX asrda adabiyotchalik millat taqdiri, ijtimoiy adolat, inson erki, sha ’ni, himoyasi yo ‘lida izchil, muntazam kurash olib borgan emas. «0 ‘tkan kunlar» romani, Cho'lpon she'riyati, Fitrat dramalaridan tortib, Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asari, Shavkat Rahmonning mar dona iga qadar engyetuk badiiyat namunalarini ko ‘z oldingizga keltiring
el-yurt qayg ‘usi, millat erki, ozodligi, mustaqilligi g ‘oyalarini bu qadar yonib aks ettirilgan boshqa biror sohani topolmaysiz! Mustaqillik g ‘oyasini, mafkurasini birinchi galda XX asr buyuk so‘z us talari tayyorladi, degan qarashga to'la qo'shilaman. XX asr adabiyotining millat badiiy zavqi, go ‘zallik tuyg ‘usini shakllantirishdagi xizmatlari esa beqiyosdir»3.
XX asrda so ‘z san ’ati sohasida erishilgan ana shunday yutuqlarni avaylab-asrash, bu davrda yaratilgan asarlarni tanqidiy o ‘rganib, keng targ ‘ib etish, ularni tom ta ’noda xalq mulkiga aylantirish hozirgi kunning eng muhim vazifasidir. Biror yozuvchi ijodi yoki muayyan bir badiiy asarga baho berganda, o ‘sha adib yashagan yoki o‘sha asar yozilgan davrning talabi bilan izohlanadigan ayrim nuqsonlarga qarab emas, balki badiiy saviyaga qarab hukm chiqarish, xulosaga kelish kerak. Chunki, adabiyot ham, yozuvchi ham o 'zi yashagan jamiyatdan chetdan turishi mumkin emas. Afsuski, sho'rolar davrida adabiyotning maqsad va vazifalari tor tushunilib, bir tomonlama talqin etildi. Badiiy asarni baholashda; adabiyotning o ‘ziga xos xususiyatlari, ayniqsa, badiiy mahoratga taalluqli tomonlari, adabiyot so ‘z san ’ati ekanligi ko ‘pincha inobatga olinmadi. Natijada, so ‘z san ’atining sifatiga jiddiy putur yetdi. Badiiy yuksak asarlar ozayib, «o ‘rtamiyona», sayoz asarlar ko 'payib ketdi.
Mustaqillik davrida adabiyotimiz so ‘z san 'atining gullab - yashnashiga g ‘ov bo 'luvchi turli to 'siqlardan, birinchi navbatda, kommunistik mafkura va sotsrealizm tazyiqidan qutildi. Adabiyotning erkin rivojlanishi, yangi-yangi badiiy ufqlarni zabt etishi uchun yo'llur ochildi. Ana shuning uchun ham adabiyotimizning kelajagi vanada porloq, badiiy at xazinasi yangi- yangi ajoyib asarlar bilan boyishi aniq, deb baralla aytish mumkin.
XX asr o 'zbek adabiyoti yangi o ‘zbek adabiyoti, deb ataladi. Chunki, bu davrga kelib odamlarning dunyoni tushunish tarzi, badiiy didi, olamni estetik idrok etish yo'sini o'zgardi. Adabiyotning obrazlar tizimi ham, ifoda tarzi ham, qahramonlar galereyasi ham o ‘zgardi. Oldinlari badiiy adabiyot inson ruhiyati tebranishlarinigina aks ettirgan bo 'Isa, endilikda xalq turmushining ichiga chuqurroq kirib borib, hayotdagi ijtimoiy, siyosiy, ta ’naviy muammolarni hal etishga urina boshladi. Avvallari badiiy asarlarga, asosan, hukmdorlar, favqulodda sifatlarga ega kishilar qahramon qilib olingan bo'lsalar, XX asrga kelib, adabiy personajlar, ko ‘proq, oddiy kishilar orasidan qidiriladigan bo ‘Idi. Ayni vaqtda, yangi o 'zbek adabiyoti ko ‘p asr/ik tarixga ega bo ‘Igan mumtoz adabiyotimizning qonuniy merosxo ‘ridir. Shu bilan birga, lining yangi zamondagi davomi bo ‘lib, o ‘ziga xos xususiyatlari, shakllanish va rivojlanish yo 'llari, taraqqiyot bosqichlari bilan avvalgi adabiyotimizdanfarq qilib, ajralib turadi.
Yangi o ‘zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayotining o 'ziga xos badiiy tarixi — yilnomasidir. Uning asosiy tasvir obyekti borliq liayot — yangi voqelikdir. Binobarin, bu adabiyotning mavzu va mundarijasi yangidir. U bevosita yangi hayotni aks ettiradi. Bu adabiyot hayotdagi barcha muhim voqealarga faol aralashadi va ular haqida o 'z fikrini obrazli qilib aytadi. Ko 'p qirrali hayotning hech bir muhim voqea-hodisasi yo ‘qki, i adabiyotimizda o ‘z ifodasini topmagan bo ‘Isin. Yangi o ‘zbek adabiyotining mavzular doirasi va g ‘oyaviy mazmuni yangi bo ‘Igani singari uning asosiy qahramonlari ham yangidir. Bu adabiyotning asosiy qahramonlari, ko ‘p hollarda, ishchilar, dehqonlar, ziyolilardir. Bu qahramonlar orqali adabiyotda xalqimizning oliyjanob fazilatlari, uning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati, jamiyatni rivojlantirish yo ‘lida olib borgan kurashlari ochib beriladi. Bu to ‘g ‘rida umurniy o'rta ta’lim maktablarining 11-sinfi uchun chop etilgan «Adabiyot» darsligida ham to ‘g ‘ri qaydetilgan: «0 ‘zbek adabiyoti minglab yillar mobaynida amal qilib kelgan yo ‘nalish o 'zgargan edi. U ijod osmonidan tirikchilik yeriga tushdi, saroydan kulbalarga kirib keldi. Endi adabiyot azbaroyi san ’atning o ‘zi uchun, so ‘znirtg go'zal jilvalanishini ko'rish va ko'rsatish uchun mavjud bo‘la olmasdi. Bu adabiyot yangi davrning xususiyatlarini o ‘zida aks ettirgan yangi adabiyot edi.
Shuning uchun ham XIX asrning yetmishinchi yillaridan boshlab o ‘zbek adabiyotida ilk bar asrlar mobaynida amal qilib kelingan estetik an 'analar buzildi. Badiiy ijod Alloh bilan sirlashish, ruhiyat injaliklarini aks ettirfsh, komil inson fidoyiliklarini ulug'lash, ta ’shuqaning azoblaridan yozg ‘irish, illatli kimsaning kirdikorlarini tanqid qilishdangina iborat emasligi anglab yetildi. AIIoh bilan ijodkor shaxs muloqoti ifodasi bo ‘Igan adabiyot avomning tirikchiligiga aralasha boshladi. Bu hol uning tabiatida ham bir qator o ‘zgarishlar bo ‘lishiga olib keldi»4.
Shunisi muhimki, yangi o'zbek adabiyoti taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi turdagi qahramon — zamon kishisi obrazini yaratish yozuvchilarning diqqat markazida turdi. Zotan, bu adabiyotda turli yillavda yaratilgan asosiy qahramonlar o ‘z davrining farzandlari bo ‘lib, jamiyat tarixining turli davrlaridagi hayot va insoniy munosabatlarni aks ettiradi.
Xullas, yangi o ‘zbek adabiyoti voqelikni haqqoniy ko ‘rsatish orqali kishilarni ezgulik ruhida, vatanparvar, xalqparvar.
mehnatsevar, yuksak axloq-odobli qilib tarbiyalash, ularga estetik zavq berishga harakat qilib keldi. To'g'ri, adabiyotimizning taraqqiyoti silliq kechgani yo ‘q. Yangi o ‘zbek adabiyoti o 'z yuksalish tarixining hozirgi bosqichiga yetib kelguncha ancha murakkab ijodiy yo 'Ini bosib o ‘tdi. Turli to 'siq-g ‘ovlarga duch keldi. Natijada, adabiyotda madhiyabozlik, voqelikni bo'yab- bezab aks ettirish, o ‘tmishni nuqul qora bo 'yoqlarda tasvirlash singari xato va nuqsonlarga ham yo 7 qo ‘yildi.
Qo ‘lingizdagi kitobda yangi o ‘zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari, fazilatlari, shakllanish yo ‘llari, taraqqiyot bosqichlari, bu adabiyotning asoschilari va yetakchi namoyandalari ijodini ilmiy xolislik bilan tadqiq etishga harakat qilindi. Bunda o 'zbek adabiyotshunosligi so ‘nggi yillarda erishgan yutuqlar, to'plagan tajribalarga tayanildi va ulardan ijodiy foydalanildi. Aytish kerakki, endigina paydo bo ‘lib qo ‘llanila boshlagan yangi o ‘zbek adabiyoti atamasini tushunish borasida ham adabiyotshunoslik ilmida bir xillikka erishilgan emas. Chunonchi, o'rta maktabning 11-sinflari uchun tayyorlangan «Adabiyot» darsligida yangi o'zbek adabiyotining chegarasi ancha keng belgilanadi: «Alohida estetik hodisa sifatida XIX asrning 70- yillaridan e’tiboran paydo bo'lgan yangi o'zbek adabiyoti hozirgacha bo'lgan vaqt mobaynida o‘z taraqqiyotida quyidagi bosqichlarni bosib o ‘tdi:
ta 'rifatchilik adabiyoti;
jadid adabiyoti;
sho'rolar adabiyoti;
mustaqillik davri adabiyoti.
Bu bosqichlarning har birida yangi o ‘zbek adabiyoti o ‘ziga xos sifat va xususiyatlarga ega bo ‘Igan»5.
Biz darslik mualliflarining o‘ziga xos qarashlarini inkor etmagan holda yangi o 'zbek adabiyoti chegarasini XXasr boshidan olish va uning taraqqiyot bosqichlarini belgilashda shu vaqtga qadar qo 'llanilib kelingan yo ‘Idan borishni ta ’qul ko ‘rdik. XX asr o ‘zbek adabiyoti tarixi hozirgi kip talablari asosida, bir butun holda, har tomonlama tahlil etilgan virik ilmiy asarlar kam. N. Karimov, S. Mamajonov, B. Nazarov, U. Normatov, O. Sharofiddinov singari yetakchi mutaxassislar tomonidan shu mavzuda yaratilgan kitoblar esayetarli emas. V i olimlarning «XX asr o ‘zbek adabiyoti tarixi» deb atalmish darsligi («0 ‘qituvchi» nashriyoti, 1999-yil) atigi 3000 nusxada chop etilgan, xolos. Holbuki, bunday kitoblarga talab juda katta.
Darhaqiqat, XX asr o'zbek adabiyotida erishilgan olamshumul yutuq va tajribalarni, shuningdek, yo 7 qo ‘yilgan ba ’zi xato va kamchiliklarni ilmiy asosda maxsus o ‘rganib umumlaslitirish va keng targ'ib etish yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga molik. Bizni oliy maktab talabalariga, yosh o‘ qituvchilarga va umuman, adabiyot ixlosmandlariga mo ‘Ijallangan ushbu kitobni tayyorlashga undagan asosiy sabab ham ana shudir.
Shuni ham tan olish kerakki, bu kitobda XXasr o 'zbek adabiyoti qo 'Iga kiritgan hamma yutuqlarni, barcha asarlarni har tomonlama keng va to ‘la-to ‘kis, teran va bekamu ko 'st tahlil etish maqsad qilib qo ‘yilmagan. Balki, unda XX asr o ‘zbek adabiyotining asosiy nuqtalarini, bu boy xazinaning yaratilishiga salmoqli hissa qo shgan yoxud so ‘z san ’ati rivojiga hozirgi kunda ham qimmatli ulush qo ‘shayotgan atoqli yozuvchilar ijodini qisqa tarzda bo ‘lsa-da, bayon etish orqali yangi adabiyotimizning muvaffaqiyatlarini ko ‘rsatishga, ibratli an ’ana va novatorlik tamoyillarini aniqlashga, tajriba va saboqlarini umumlashtirishga harakat qilingan.
Qisqasi, mazkur kitobning maqsadi va vazifasi XX asr o 'zbek adabiyoti tarixini istiqlol mafkurasi talablari asosida yoritishdan, bu adabiyotning badiiy-estetik xususiyatlari haqidagi kuzatishlar bilan o 'rtoqlashishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |