Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan


Do ‘st bilan obod uying, gar bo ‘Isa i vayrona ham



Download 1,18 Mb.
bet36/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

Do ‘st bilan obod uying, gar bo ‘Isa i vayrona ham,
Do'si qadam qo'ymas esa, vayronadir koshona ham...
Do ‘st qidir, do ‘st top jahonda, do ‘st yuz ming bo ‘Isa oz,
Ko ‘p erur bisyor dushman bo ‘Isa i bir dona ham.
Erkin Vohidov g‘azallarining tili-sun’iy jimjimadorlikdan xoli. Shoir misralari g‘oyat tabiiy va ravon oqadi. Ana shu sababli Erkin Vohidov g'azallarining deyarli hammasi bastakorlar va hofizlar tomonidan kuyga solinib, qo‘shiq qilib aytiladi.
Erkin Vohidovning 70-80-yillardagi she’riyatida ijtimoiy motivlar kuchaydi. Bu xususiyat shoirning «Nido» (1965), «Hozirgi yoshlar» (1974), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirg‘oq» (1981), «Bedorlik» (1985), «Muhabbatnoma», «Sadoqatnoma» (1986) kabi to'plamlariga kirgan «Zangori shu’lalar», «Biz ishlayapmiz», «Manfaat falsafasi», «Unutish qo‘shig‘i», «Temirtan daholar» kabi she’rlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shoir ijtimoiy hodisa va ijtimoiy motivlarni ifodalashda o‘zbek xalqi moddiy va ma’naviy hayotining turli sohalariga murojaat etadi. 0‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, xususan, hozirgi turmush tarzidan realistik manzaralar chizadi. Xalqning milliy xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini yorqin aks ettiradi. Ayniqsa, o‘zbek xalqining mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, tantilik, mehribonlik, oqibatlilik, bag‘rikenglik singari ajoyib fazilatlarini maftim bo'lib tasvirlaydi. Shu bilan birga, xalqning shodligu quvonchlari, dardu alamlari, tashvishu iztiroblari, orzu va istaklarini g‘oyat ta’sirli va jozibali qilib aks ettiradi.
Erkin Vohidov «0‘zbegim» she’rida zahmatkash o‘zbek xalqi/obrazini yaratib, 0‘zbekning qadr-qimmatini haqli ravishda baland ko‘tardi. 0‘zbekning boy va qadimiy tarixga ega xalq ekanini she’riy tilda ta’kidlab, quyidagi xulosaga keldi:
Tarixing bitmakka xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak.
Chunki bir bor chekkan ohing,
Mingta doston, o ‘zbegim.
Shoir Erkin Vohidov o'zbek xalqining boy tarixini, milliy qadriyatlarini va ajoyib fazilatlarini tasvirlaganida boshqa xalq va millatlami aslo kamsitmaydi. U chin baynalmilalchi ijodkor sifatida bu muhim va nozik mavzuga doimo xalqlar do‘stligi nuqtai nazaridan yondashadi. Rus xalqi haqida yozganida ham («Buyuk hayot tongi»), Kavkaz xalqlari haqida kuylaganida ham («Fuzuliy haykali qoshida», «Azganush»), O'rta Osiyodagi qardoshlar hayotidan she’riy lavhalar bitganida ham («Tojik birodarimga», «Abay», «Qozoq oqinlariga»), hatto, chet el mavzuini qalamga olganida ham («Kanada turkumidan») Erkin Vohidov serqirra mavzuni o‘zga xalqlarga samimiy hurmat asosida yoritadi. Shu orqali do'stlik, birodarlik, tenglik va do'stlik his-tuyg‘ularini dil-dildan izhor etadi.
Erkin Vohidov she’riyatida zamonamizning xalq ommasini qiziqtiradigan, tashvishlantiradigan rang-barang masalalari, xilma-xil mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi va ular hayot haqiqatiga mos holda ezgu niyat bilan sodda va ravon tilda aks ettiriladi. Bir she’rida Erkin Vohidov o'zining shoirona mushohadalarini: «Olam aytar: hech qachon ona tilim o‘lmaydi», — deb xulosalaydi. Shoir asarlarida hayotdagi ibratli tomonlami, porloq tamoyillami, ijobiy holatlami tasvirlash bilan birga, salbiy jihatlami, turli illatlarni ochib tashlaydi. Shoir: «Rubobim tori ikkidur: biri quvnoq, biri mahzun. Ki baytim satri ikkidur: biri dilxush, biri dilxun», — deb yozganida xuddi ana shu holni nazarda tutgan. Darhaqiqat, shoir zamonamizning ko‘zi va qulog‘i sifatida yutuqlarimizni faxrlanib kuylasa, o‘zi yashayotgan davrning dardu alamlarini kuyinchaklik bilan ko'rsatib beradi.
Erkin Vohidov ba’zi she’rlarida qadimiy urf-odatlaru milliy qadriyatlarga darz ketayotganidan tashvishlanadi va bunga chek qo‘yish masalasini ko'tarib chiqadi. Shoirning «Siyosiy saboq yoki Bek Bekovning g‘aroyib sarguzashti» sujetli she’rida
tasvirlanishicha, katta boshqarmaning boshligbi Bek Bekov kunlardan bir kun idoradan uyiga xizmat mashinasida emas, piyoda qaytadi. Yo'lda u turli «g‘aroyib sarguzashtlar»ga duch keladi. Natijada, uning ko‘zi ochilib, xatolarini anglab oladi. Darhaqiqat, Bek Bekovning uyiga piyoda qaytishi u yashayotgan mahallada har xil gumon va mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Birov: «Ishdan ketgan. u, tayin», — deb taxmin qilsa, boshqa birov: «Chaquv bolgan yo boshqa biror ko'rgulik. Ha, ish tushgan sho'r boshga», — deya vahima ko'taradi. Choyxonachi Shokirvoy esa unga bo'lar-bo'lmas so‘zlar aytib, «nasihat» qiladi. Aslida, Bek — kamtar, sodda, halol, beg‘araz odam. U butun umri davomida ish bilan band bo‘lgan; ishga erta ketib, kech qaytgan. «Majlis, saylov, nutq, yakun... Ertadan to kech. 0‘zi uchun biror kun yashamabdi hech». Oxir-oqibatda Bek Bekov ish-ish deb hayotdan — mahalla ahlidan uzoqlashib qolganligini anglaydi va bundan qattiq pushaymon bo'ladi:

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish